10.3. Foyda va rentabellikni rejalashtirish va prognozlash Foyda har qanday xo‘jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar, jumladan bozor raqobati sharoitida muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik faoliyatini samaradorligini ko‘rsatkichi bo‘lishi bilan bir qatorda korxonalarni, jamiyatni iqtisodiy tarakkiyotiga asos soladi va innovatsiya jarayonini moliyalashtirishni ham ta’minlaydi.
Foyda xo‘jalik faoliyatini natijasi bulish bilan birga uni rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Chunki foyda barcha xo‘jalik faoliyati taraqqiyotini ta’minlovchi yangiliklar, ixtirolarni joriy qilishga imkoniyat yaratadigan manbadir.
Jamiyatni barcha xo‘jalik sub’ektlari kabi savdo ham o‘z mulklarini to‘ldirish, asosiy fondlarga kapital mablag‘larini moliyalashtirish, doimo yangiliklar, ixtirolarni joriy qilish masalasini qisqa muddatda hal qila olmaydi. Mablag‘larni jamg‘arish uchun vaqt kerak, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoit yaratilishi zarur.
Ushbu holat korxonalarni, barcha turdagi xo‘jalik sub’ektlarini, qolaversa hududni va jamiyatni moliyaviy imkoniyatlarini joriy va strategik rejalashtirilishini talab qiladi. Savdo korxona (shahobcha)lari uchun ham yuqorida keltirilagn holatlardan kelib chiqib, foydasini kiska muddatlarga rejalashtirishi va kelajakka prognozlashtirishi obyektiv zaruriyatdir.
Foyda to‘g‘risidagi ma’lumotlar korxonalar uchun xo‘jalik faoliyati kelajagini belgilash uchun muhim manba bo‘lib hisoblanadi.
Foydani rejalashtirish va prognozlashtirishda quyidagi ma’lumotlar asos bo‘lib hisoblanadi:
Birinchidan, korxonani daromadini, muomala xarajatlarini umumiy hajmi va moddalari bo‘yicha; foydasini va tegishli bo‘lgan boshqa ko‘rsatkichlarini o‘tgan davrga tahlili natijalari.
Ikkinchidan, daromadlarni barcha turlarini, muomala xarajatini hajmi va moddalarini, rentabellikni barcha ko‘rsatkichlarini o‘zgarish sur’atlari (tendensiyalari)ni o‘rganish natijalari.
Uchinchidan, tovar oboroti hajmi va assortimenti, tovar ta’minoti tovar guruhlari va manbalari bo‘yicha rejalar va prognoz ma’lumotlari.