Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə57/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

10.2. Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar
Foyda xo‘jalik faoliyatining samarasi hisoblanganligi sababli uni nisbiy samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida rentabellik ko‘rsatkichi ishlatiladi.
Rentabellik foydani xo‘jalik faoliyatiga aloqador tovar aylanishi, xarajatlar, daromad hamda resurslarga nisbatan foizda yoki koeffitsientda aniqlanadigan nisbiy ko‘rsatkichdir.
Amaliyotda asosan faoliyatni samarasini baholashda, uni tahlil qilishda va rejalashtirishda tovarlarni sotish rentabelligi ko‘rsatkichi ishlatiladi. Ushbu ko‘rsatkich amalda sof foydani 100,0 ga ko‘paytirib tovar aylanish summasiga (TA) bulish orqali aniqlanadi.
Bizning fikrimizcha, foydani shakllanishini yangi tartibidan kelib chiqqan holda, «Tovarlarni sotish rentabelligi» yoki «Tovar oboroti rentabelligi» (Rta) (bu ikkala ma’noni sinonim sifatida ishlatmoqdamiz) quyidagicha aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Rentabellikni boshqa ko‘rsatkichlarini pastda izohlaymiz.
Rentabellikni tahlili jarayonida ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • tovar oboroti hajmi (TA) va tarkibi (TAi-n), so‘mda;

  • sotishdan olingan yalpi daromad (YaD), so‘mda;

  • tovarlarni sotishdan olingan yalpi foyda (TSYaF), so‘mda;

  • asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda (AFF), so‘mda;

  • umumxo‘jalik faoliyatdan olingan foyda (UF), so‘mda;

  • soliq to‘languncha olingan foyda (STF), so‘mda;

  • sof foyda (SF), so‘mda;

  • muomala xarajatlari (Mx), so‘mda;

  • muomala xarajatlarini darajasi (Umx), %;

  • asosiy fondlarni ishlatilishi rentabelligi (AFir) va daromadliligi (AF id), %. Bu ko‘rsatkichlar quyidagicha aniklanishini tavsiya qilamiz.

;
Bu yerda: A – asosiy fondlar amortizatsiyasi summasi.

  • aylanma mablag‘larni rentabelligi (Ray.m) va ularni daromadlikligi (Ray.d), %. Bu ko‘rsatkichlar quyidagicha aniqlanishi mumkin:

;
Bu yerda: Ay.M - o‘rtacha aylanma mablag‘lar summasi;
- o‘rtacha tovar zaxiralari summasi.

  • ishchi-xodimlarni rentabelligi (Ri.x) va daromadliligi (Ri.d), koeffitsientlarda. Ushbu ko‘rsatkichlarni quyidagicha aniqlash tavsiya qilinadi:

;
Bu yerda: - xodimlarni yillik o‘rtacha soni, kishi.

  • muomala xarajatlarini rentabelliligi (Mx.r):

; Bu yerda: Mx- muomala xarajatlari summasi.

  • ish xaqi fondini rentabelliligi (Ix.f.r.) koeffitsientda yoki %. Bular tegishlicha quyidagicha hisoblanadi:

;
Foyda korxonaning natijaviy ko‘rsatkichi bo‘lganligi sababli unga ko‘p sonli tashqi (savdoga bog‘liq bo‘lmagan) va ichki omillar ta’sir qiladi.
Tashki omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • siyosiy barqarorlik;

  • iqtisodiyotning holati;

  • demografik holat;

  • bozor kon’yunkturasi, jumladan iste’mol tovarlari bozori;

  • inflyatsiya darajasi;

  • kredit bo‘yicha bank foizlar;

  • bahoni miqdori;

  • tariflar, to‘lovlar va badallar miqdorlari.

Ichki omillarga quyidagilar kiradi:

  • savdo ustamalar miqdori (sotishdan olingan daromad);

  • muomala xarajatlari miqdori;

  • tovarlarni siljitish kanallari;

  • mehnat unumdorligi;

  • tovar ayriboshlash tezligi (kunlar va marotabalarda);

  • o‘z mablag‘larining miqdori;

  • asosiy fondlardan va aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish va boshqalar.




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin