10.4. Savdo korxonalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini mohiyati va ahamiyati Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, sohalarida, jumladan savdoda ham o‘z faoliyatining samaradorligini oshirish ular taraqqiyotining asosiy omilidir.
Samaradorlik natija degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik – chegaralangan resurslardan oqilona, tejamli foydalangan holda erishilgan natijani, ya’ni savdoda aholining iste’mol darajasini yuksaltirish orqali tegishli rentabellikka erishishni anglatadi.
Savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi.
Samaradorlik umuman olganda «natijaviylik» mazmunini bildiradi. Qandaydir bir natijaga erishish ekstensiv va intensiv omillarni qo‘llash asosida erishiladi.
Savdoda ushbu yo‘nalishlarni quyidagi rasmda ifodalash mumkin.
Har kanday tarmoqda, jumladan savdo sohasida taraqqiyotni ta’minlashda yuqorida keltirilgan ekstensiv va intensiv omillardan optimal foydalanish zarur.
Savdoni strategik rivojlanishini belgilashda, uni samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini prognozlashda nazariy jihatdan quyidagi samaradorlikni oshirish modellardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
I – model Q → max; Mx → min.
II – model Q → max; Mx → const.
III – model Q = const; Mx → min.
IV – model Q → max; Mx → max, agar Q Mx bulsa
Bu yerda: Q – faoliyatni hajmiy ko‘rsatkichi (TA) yoki moliyaviy
natija – daromad yoki foyda;
Mx – muomala xarajatlari
const - o‘zgarmaslik;
- qo‘shimcha o‘zgarish miqdori.
10.2.5.1-rasm. Savdo faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari