Texnik-iqtisodiy hisoblar usuli qanday va qaysi holda ishlatiladi?
Bezararlik nuqtasi qanday aniqlanadi?
Elastiklik koeffitsientini mohiyatini yoriting.
Savdoda samaradorlikni mohiyatini yoritib bering.
Testlar 1. Chakana savdo tarmoqlariga tovarlarni yetkazib berish qanday usullarda amalga oshiriladi? a) markashlashtirilgan va markazlashtirilmagan usullarda; b) ombor va tranzit usullarida;
c) mayatnik va halqa usullarida;
d) talabnoma va buyurtmalar asosiga.
2. Chakana savdo tarmoqlarini tovar bilan ta’minlashning qanday usullari mavjud? a) ombor va tranzit usullari;
b) markashlashtirilgan va markazlashtirilmagan usullari;
c) mayatnik va halqa usullarida;
d) talabnoma va buyurtmalar asosiga.
3. Chakana tovar oboroti deganda nima tushuniladi? a) tovarlarni iste’molchilarga, asosan aholiga bevosita shaxsiy iste’moli uchun sotish tushuniladi; b) tovarlarning muomala doirasidan chiqib, o’zining tovarlik xususiyatini yo’qotishi tushuniladi;
c) iqtisodiy munosabatlar tizimining yakunlovchi bosqichi tushuniladi;
d) iste’molchilar talabini qondirish tushuniladi.
4. Bozor kon’yunkturasi nima? a) ma’lum davrga bo’lgan talab bilan taklif o’rtasidagi holat; b) bozorning tovar bilan to’yinganlik darajasi;
c) aholining to’lovga qodir talabining qondirilish darajasi;
d) hali ishlab chiqarilmagan va aholiga noma’lum bo’lgan talabning shakllanishi.