5.2 Ta’lim dasturlari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarga qo’yiladigan talablar 5.2.1.Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo’yicha talablar Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blok bo’yicha talablar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki bo’yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yilgan talablar» asosida belgilanadi.
5.2.2 Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bo’yicha talablar Bakalavr: Matematik kommunikativ kurs Bakalavr:
dunyoni bilishning maxsus usuli bo’lgan matematika, uning tushunchalari va tasavvurlarining yaxlitligi;
axborot texnologiyasining jamiyatni rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati;
yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim sohasida foydalanish formalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
matematik analiz, analitik geometriya va matematik statistikaning asosiy tushunchalari va metodlari;
pedagogik dasturlash vositalari;
matnlarni va grafik axborotlarni tayyorlash, tahlil qilish va ishlov berish, axborot texnologiyalarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi;
obyektlarni sifat va miqdor munosabatlarini ifodalashda matematik belgilardan foydalanish;
pedagogik dasturlash vositalarini ishlab chiqish;
yangi axborot texnologiyalari vositalari bilan ishlash;
tarmoq texnologiyalari (internet, elektron pochta va boshqalar) vositalari bilan ishlash;
axborot texnologiyasining dasturiy vositalaridan foydalanib, turli hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.
Tabiiy-ilmiy kurs
koinotning yaxlit fizik obyekt ekanligi va uning evolyusiyasi;
tabiiy fanlarning fundamental (negiz birligi) tabiatni bilishning tugallanmasligi, uning yanadataraqqiy etishi;
tabiatda diskretlik va davomiylik;
tabiatdagi tartiblilik va tartibsizlik orasidagi nisbat haqida, obyektlar tuzilishining tartibga solinganligi, ularning tartibsizlik holatiga o’tishi va aksincha holatlar;
tabiatning dinamik va statistik qonunlari;
tabiiy tizimning obyektiv tavsifi bo’lgan ehtimollik;
tabiatshunoslikning turli bo’limlaridagi o’lchamlar va o’ziga xoslik;
tabiatshunoslikning fundamental konstantalari;
muvofiqlik (simmetriya) tamoyili va tabiatni asrash qonunlari;
tabiatdagi holatlar va uning vaqt o’tishi bilan o’zgarib turishi;
tabiatdagi obyektlarning individual va kollektiv munosabatlari;
tabiatshunoslikda zamon;
materiya tuzilishining biologik shakli xususiyati, tirik sistemalarni qayta tiklash va rivojlantirish tamoyillari;
biosfera va uning evolyusion yo’nalishi;
tirik sistemalar yaxlitligi va gomeostazi;
organizm va atrof-muhitning o’zaro ta’siri, organizmlar hamjamoasi, ekotizimlar;
tabiatni muhofaza qilishning ekologik tamoyillari, tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni asrashga qaratilgan texnologiyalar yaratish istiqboli;
tabiatshunoslikdagi eng yangi kashfiyotlar, ulardan texnik qurilmalar yaratishda foydalanish istiqbollari;
fizik va biologik modellashtirish;
odam biosferasi va ijtimoiy biologiyasi birligi tabiati nuqtai nazardan ularning kasbiy faoliyatidagi oqibatlari;
O’rta Osiyo mamlakatlarining geografik joylashishi, tabiiy-iqtisodiy va aholi potensiali;
yosh fiziologiyasi va gigiyenasining asosiy tamoyillari to’g’risidatasavvurga ega bo’lishi;
regionning tabiiy-demografik potensiali;
regiondagi zamonaviy, siyosiy va iqtisodiy holat;
O’rta Osiyo mamlakatlarining geografik tavsifnomasi, muammolari va rivojlanish istiqbollari;
O’zbekistonning jonli tabiiy va o’simlik dunyosi;
Yerning tuzilishi va harakatlanishi;
Yer kurrasida suv aylanishi va uning ahamiyati;
O’zbekistonning «Qizil kitob»i;
bola organizmining yosh xususiyatlari, organlari va tizimlarining turli vazifalari;
organizmning atrof-muhit bilan o’zaro aloqasi;
bola organizmining o’sishi va rivojlanish xususiyatlari;
shaxsiy gigiyena talablari va normalarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi;
sodda fizik, kimyoviy va biologik tizim modellaridan o’quv jarayonida foydalanish;
tabiatshunoslik fanlarining turli bo’limlari uchun xarakteri bo’lgan kattaliklarning tartib raqamlarini o’lchash va baholash;
atrof-muhit va odamni zaharli moddalardan muhofaza qilish;
gigiyena talablariga rioya qilish ko’nikmalariga ega bo’lishilozim.