emas. To’lovlarni himoya qilishning eng yaxshi vositasini muayyan vaziyatda
mutaxassislar tanlashlari kerak.
Yuridik ta’minot.
Elektron biznes va savdoni tashkil qilish birinchidan,
an’anaviy yuridik me’yorlar va qoidalarni qo’llashga asoslanishi, ikkinchidan,
yangi ixtisoslashgan huquqiy institutlar va taomillarni ishlab chiqishni ko’zda
tutmog’i lozim. Bundan tashqari, qonunchilikni muvofiqlashtirish, shuningdek turli
mamlakatlarda qo’llanadigan qoidalar va taomillarni soddalashtirish dolzarb
hisoblanadi. Bular biznes va davlat hokimiyatining tegishli to`zilmalarini nafaqat
bitta mamlakat doirasida, balki jahon miqyosida yaqin hamkorlik olib borishini
ko’zda tutadi.
Eng muhim tamoyillardan biriga ko’ra, shartnomani imzolagan tomonlar
(masalan, oldi-sotdi bitimini) bu shartnoma elektron usulda tuzilgani ucho`ngina
uning qonuniyligi va ishonchliligini shubha ostiga qo’yishga haqli emaslar. Ushbu
tamoyilni hamma vaqt ham qo’llash imkoni bo’lmaydi. Xususan, bunday
bitimning qoidalari sud muhokamasida har doim ham yuridik kuchga ega
bo’lmaydilar.
Buning sababi shundaki, mazkur vaziyatda barcha mavjud shartlarni o’z
ichiga olgan, qog’ozda tuzilgan va tomonlarning imzolari bilan tasdiqlangan,
an’anaviy yozma shartnoma talab etiladi. Natijada elektron biznes ko’pincha milliy
qonunning umum majburiy qoidalari oqibatida paydo bo’ladigan huquqiy
to’siqlarni bosib o’tolmaydi. Mazkur to’siqni engish maqsadida va elektron
biznesni normal faoliyat ko’rsatishi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining
huquq va halqaro savdo bo’yicha komissiyasi (YuNISTRAL) tomonidan 1996
yilda qoidalarni majmui – “Elektron biznes haqida”gi Namunaviy qonun ishlab
chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: