Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Ijobiy teskari aloqa tamoyili



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

Ijobiy teskari aloqa tamoyili. 
Internet-iqtisodiyotni paydo bo’lishi ikkita 
asosiy jarayonni o’zaro harakati va bir-biriga ta’sirini ta’minlash bilan bog’lik, 
ya’ni chiplarni kattaligini kamaytirish (va tegishlicha narxni pasaytirish) hamda 
ular o’rtasida aloqalar sonini ko’p marotaba o’sishi bilan. “Telekosmos” 
yordamida neyron tarmoqqa bog’langan shaxsiy kompyuterlar jahon o’rimchak 
to’rini tashkil qildilar.
 
340


341
Tarmoq – bu optik tolalar va havo orqali trillionlab ob’ektlarni 
birlashtiruvchi ko’p sonli shaxsiy kompyuterlarning jamoaviy o’zaro harakatidir. 
Paydo bo’lgan tarmoq Internet-iqtisodiyot yaratilishga asos bo’lib xizmat qildi. 
Internet tarmog’i va uning tarkibiga kiruvchi lokal tarmoqlarni yaratish 
tamoyillarining o’zaro ierarxik bog’liqligi rasmda ko’rsatilgan. 
Elektron biznes har xil darajada amalga oshirilishi mumkin: milliy va 
halqaro miqyosda. Mazkur darajalarda ishbilarmonlik operatsiyalarini amalga 
oshirishda farqining asosini texnik-texnologik ko’rsatkichlar emas (chunki elektron 
biznes global harakterga ega), qonunchilik me’yorlari tashkil qiladi. Halqaro 
miqyosda (ichki milliydan farqli o’laroq) elektron biznes tizimini amalga oshirish 
jiddiy murakkablashadi. Bu quyidagi omillarga bog’lik: soliq solishni, bojxona 
yig’imlarining har xil tizimlarini qo’llash, har xil mamlakatlar o’rtasida o’ziga xos 
va bir-biriga o’xshamagan bitimlarni imzolash, bank operatsiyalarini amalga 
oshirishda qo’llanadigan qoidalardagi farqlar. 
2- rasm.
Internet tarmog’i va uning tarkibiga kiruvchi lokal
tarmoqlarni yaratilish tamoyillarining o’zaro ierarxik bog’liqligi
Internet iqtisodiyot yaratish tamoyillari 
Elektron biznes tizimni yaratish 
tamoyillari 
Elektron savdo tizimni yaratish 
tamoyillari 
- to’g’ri aloqa
eskari aloqa 
Milliy darajada elektron biznes tizimlarini amal qilishi asosan tarmoqda 
firmani taqdimoti, reklama, shuningdek sotuvdan oldin va sotuvdan keyingi 
qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq. 
Internet tarmog’ida to’liq biznes operatsiyasi odatda elektron usulda 
o’tkaziladi. O`nga tovarni buyurtma qilish, tashish, qabul qilish, hisoblarni yozish 
va to’lovni amalga oshirish kiradi. Bunda bojxona va soliq majburiyatlarini 
bajarish maqsadida muallif markazlari bilan kerakli o’zaro aloqalar ta’minlanadi. 
Tranzaktsiya 
– bu ishbilarmonlik operatsiyasidir. 
Tranzaktsiya qiymatiga mahsulot (hizmat)ni izlash bo’yicha harajatlar, 
etkazib berish rejasini tuzish, manfaatdor tomonlar bilan kerakli mo`zokaralar olib 
borish, bitim shartlarini asoslash, bitimni imzolash, shuningdek bitimni bajarish 
hamda nizom masalalarni hal qilish kiradi. Nizolarni hal qilinishi mo`zokaralar, 
sud amaliyoti yoki hakamlik sudi orqali amalga oshiriladi. Bank to`zilmalari uchun 
tranzaktsiyaning mohiyati tegishlicha o’zgaradi. 
- t


Autentifikatsiya
– bu etkazilayotgan tovarlar sifati va tavsifini aniqlash, 
bitimda qatnashayotgan tomonlarning haqiqiyligini aniqlash hamda ularning 
harakatini imzolangan shartnomaga mosligini tekshirish jarayonidir. 
Elektron biznes Internet-iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin