Asosiy atamalar, kategoriyalar va tushunchalar.
“Elektron biznes” fanining paydo bo’lishi muomalaga yangi atamalar,
kategoriyalar va tushunchalar kiritilishi bilan bog’liqdir. Hozirda tushunchalar
paydo bo’ldi: elektron magazin, elektron vitrina,
elektron pullar, elektron to’lov
tizimlari, elektron raqamli imzo va h. k.
Bugo`ngi kunda “Elektron biznes”, “Internet-biznes”, shuningdek “elektron
savdo” kabi asosiy tushunchalarning turlicha ta’riflari ma’lum. Har bir muallif
o’zining kasbiy tayyorgarligi va olgan tajribasiga ko’ra mazkur tushunchaga aniq
ma’no kiritadi. “Elektron biznes” va “elektron savdo” tushunchalarining
klassifikatsiyasi 1-jadvalda keltirilgan.
1- jadval
«Elektron biznes», «elektron savdo» tushunchalari ta’rifining tasnifi*
T/
r
Tushunchaning taklif
etilayotgan ta’rifi
Muallif
Manba
1 Elektron biznes – bu
su’ektlar o’rtasidagi
munosabat elektron tarzda
(Internet texnologiyalarni
qo’llagan holda) amalga
oshadigan
biznes
jarayonning ixtiyoriy
shaklidir
A. Summer, Gr.
Dunkan
Summer A, Dunkan Gr. E-
COMMERCE. Elektronnaya
kommertsiya. Marketing:
Pyataya
volna. M., 1997
2 Elektron savdo – biznes
tranzaktsiyasining butun
sikli yoki uning bir qismi
elektron tarzda amalga
oshadigan tovar yoki
xizmatlarni harid qilish-
sotish jarayonidir.
A Summer,
Gr.Dunkan
Summer A, Dunkan Gr. E-
COMMERCE. Elektronnaya
kommertsiya. Marketing:
Pyataya volna. M., 1999
3 Elektron biznes deb
ishbilarmon tashkilot bir-
biri
bilan tarmoq orqali
bog’langan kompyuterlar
vositasida amalga
oshiradigan har qanday
jarayongan aytiladi
L.Novomlinskiy http://www.int.kiev.ua/citforum
/im99/
im99a/32_novomlinsky.shtml
4 Elektron biznes - bu
sub’ektlar o’rtasidagi
munosabat elektron
shaklda amalda oshadigan
biznes jarayonning istalgan
shaklidir.
L.Novomlinskiy Doklad na RIF 1998 g. na
sektsii «Elektronnaya
kommertsiya v Internete»
337
Yuqorida keltirilgan “elektron biznes” hamda “Internet-biznes”
tushunchalarining ta’rifi elektron biznesni
zamonaviy tizimining barcha
elementlarini to’liq aks ettirmaydi. Ularda mazkur tizimni amal qilishning
maqsadli yo’nalishi mavjud emas, shuningdek biznesni amalga oshirishdagi
printsipial o’zgarishlar aks ettirilmagan. “Internet-biznes” tushunchasi faoliyat
turlarini faqatgina savdo va reklama bilan cheklab qoladi. Bir vaqtning o’zida
tadbirkorlik faoliyatidagi operatsiyalarining katta hajmi mazkur tushunchaga
kiritilmagan (mahsulotni taqsimlash haqidagi bitim, savdo vakolati,
faktoring,
lizing, loyihalashtirish, konsalting, investitsiya bitimlari, foydalanish va
kontsessiya haqidagi kelishuv, birgalikdagi faoliyat va boshqalar). “Elektron
biznes” tushunchasiga eng ma’qul ta’rifni N.Solovyanenko bergan.
Elektron biznes
– bu biznesni an’anaviy turlariga nisbatan yuqori iqtisodiy
samaradorlikni ta’minlash maqsadida eng ilg’or axborot texnologiyalari va
kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir.
Ushbu ta’rifga ko’ra, elektron biznes – bu faqatgina elektron savdo emas.
Elektron biznes – bu Internet tarmog’ida yangi axborot va kommunikatsiya
texnologiyalarini qo’llashga asoslangan savdogina emas.
Uning tarkibiga turli
biznes – operatsiyalarining katta miqdori kiradi. Elektron biznes yordamida firma
asosiy maqsadida ifodalangan iqtisodiy va moliyaviy maqsadlarga erishish
ta’minlanadi.
“Elektron biznes” atamasi har xil texnologiyalarni o’z ichiga oladi, ular: EDI
(Electronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashinuvi), elektron
pochtasi, Internet, intranet (kompaniya ichida ma’lumot almashish), ekstranet
(tashqi dunyo bilan ma’lumot almashish).
Elektron savdo
elektron biznesni alohida turi hisoblanadi. Bu savdoga ko’ra,
tovar yoki xizmatlarni etkazib beruvchi ularni ma’lum to’lov evaziga taqdim etadi.
“Elektron savdo chegaralari” kitobi mualliflari quyidagi umumiy ta’rifni
tavsiya etadilar: “Elektron biznes – biznesning zamonaviy uslubiyati bo’lib, u
tashkilotlar, ulgurji savdogarlar hamda iste’molchilarga tovarlar va xizmatlar
sifatini oshirgan holda sarf-harajatlarni qisqartirish hamda
etkazib berish tezligini
oshirishga yordam beradi”. “Ko’rinib turganidek, mualliflar elektron biznes va
umuman biznes o’rtasida hech qanday farqni e’tirof etmayaptilar. Bundan tashqari,
“elektron savdo” tushunchasining ushbu ta’rifi an’anaviy savdo uchun xos bo’lgan
tushunchadan hech qanday farq qilmaydi.
Ikkalasida ham sarf-harajatlarni qisqartirish, tovarlar va xizmatlar sifatini
oshirish, shuningdek buyurtmalarni bajarish tezligini oshirish kerak.
Elektron biznes
– bu elektron usulda amalga oshiriladigan ishbilarmonlik
operatsiyalarining har qanday shakllarini o’z ichiga oladigan umumiy
kontseptsiyadir.
Elektron biznes tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi:
• harid uchun elektron to’lov (pullarni elektron o’tkazmasi,
kredit
kartochkalari, elektron pullar, elektron cheklardan foydalangan holda);
• haridorga mahsulotni etkazib berish, jumladan jismoniy shaxslarga
tovarlar etkazib berishni boshqaruvi hamda uni nazorati, shuningdek elektron
usulda tarqatilishi mumkin bo’lgan tovarlarni bevosita etkazib berish;
338
• mustaqil amal qiladigan firmalar uchun qulay bo’lmagan mahsulot va
xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini olish
uchun mustaqil kompaniyalar
guruhidan iborat virtual korxonani tashkil qilish;
• ishlab chiqaruvchi – firma va uning savdo hamkorlari bilan birgalikda
amalga oshiriladigan mustaqil biznes-jarayonlar realizatsiyasi.
Biznes-jarayon –
bu ma’lum bir tashkiliy to`zilma doirasida
kompaniyaning aniq biznes (tadbirkorlik) maqsadi amalga oshirishga yordam
beradigan o’zaro bog’langan operatsiyalar yig’indisidir. Bunda to`zilmaviy
bo’linmalar funktsiyalari hamda ularning o’zaro aloqalari oldindan aniq
belgilangan va qat’iy tasdiqlangan.
Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo’lgan faoliyat sohalari ham
turlicha.
Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo’lgan
Dostları ilə paylaş: