6) netto ko’chirmasi.
n umumiy guruh.
to’lov, foiz chiqim.
Bekor qilish to’g’risidagi so’rov.
So’rov va javob.
Erkin formatning xususiy xabarlari.
Xabar turlari umumiy printsip asosida tuzilgan. Ular dastlabki xabar
belgisini (Start of Message), sarlavha (Header), xabarli tekst boshlanganligi
to’g’risida belgi (Start of text), tekst xabari (text of Message) va xabar yakuni
belgisidan iborat. Dastlabki qism va yakuniy xabar konvert hosil qiladi, unda xabar
yuboriladi, u orqali xabarlarning tarmoqdagi harakati boshqariladi.
Ma’lumotlarning matni ikkilik kodi bilan belgilangan maydonchalar ketma-
ketligidan iborat.
Misol.
Mijoz jo’natmasi
– bu pulli topshiriq bo’lib, bu jo’natma boshqa
bank mijoziga berilishi kerak. Xabarda kerakli maydonchalar bo’lishi lozim.
Kerakli maydonchalar.
20: transaction Referency Number (provodka nomeri).
30: valyuta vaqti, valyuta kodi, summa.
40: mijoz to’lovchi.
50: jo’natma oluvchi mijoz.
Quyida unchalik kerak bo’lmagan maydonchalar:
52S: jo’natuvchi banki.
56S: uchinchi bank.
70: to’lov detallari.
72: bank axboroti.
Interfeys kompleksi SWIFT terminali deb ham ataladi. Uni deyarli pochta
stantsiyasi deb ham atash mumkin. U tarmoqda tanlangan protokol bilan almashish
aloqasini ko’zda tutadi. Bir vaqtning o’zida interfeys kompleksi ma’lumotlar
bazasida qayta ishlangan xabarlarni va qilingan operatsiyalarni saqlanishini
ta’minlaydi va bir qator server funktsiyalarini bajaradi.
Texnik platforma sifatida Mikro EVM va super EVMlarni ishlatish mumkin.
Interfeysning Menva (IBM), Turboswist, Safe (wang), Swift alliance kabi
turlari mavjud.
SWIFT xabarlarni himoya qilishni ta’minlaydi. Kommunikatsiya havfsizligi
SWIFT xabarlarni shifrlash orqali himoya qiladi. Bu esa xabarlarni uchinchi
shaxslar uchun yopiq qilib qo’yadi. Xabarlar shunday shifrlangan bo’ladiki,
maxsus ruxsatnomasiz bu xabarlarni o’qib bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: