- individual kalitlarga qarab ikki bank orasida avtomatik ma’lumot
almashinish;
- qabul qiluvchi - bank tomonida axborotlarni avtomatik tekshirish.
SWIFT aloqa liniyalari va operatsion markazlarini ruhsatsiz tashriflardan
muhofaza qilish maxsus kodirovka qilish moslamalari (tasodifiy sonlar generatori
printsipida) tomonidan ta’minlanadi.
4.
SWIFTning asosiy yo’nalishi moliyaviy axborotlarni bir tizimga,
sistemaga keltirishdir.
Xabarlarni chop etuvchi standart mashinalarning formati shunday tashkil
qilinganki, u har bir davlat bankining milliy xususiyatlariga bog’liq bo’lmaydi, bu
axborot tizimini SWIFT tarmog’ida axborot tarqatish uchun ishlatish mumkin.
SWIFT andozasi moliyaviy xabarlar uchun andoza bo’lib, bu andoza asosida
bir nechta davlatlar o’ziga xos sistemalarni ishlab chiqqan. Masalan: Angliya
Chaps, Frantsiya Sagritter. Mashina o’quvchi sistemalarning formati axborotlarni
yuborish holati ustidagi nazoratni engillashtiradi. Hamda tasodifiy xatolar
bo’lmasligini ta’minlaydi, shuningdek, to’g’ri natijaga kelgan axborotni o’tkazish
sistemasi faoliyatini ko’taradi. Axborotni tayyorlash va qayta ishlash faoliyati
to’liq avtomatlasha oladi, bu esa bank faoliyatining rentabelligini oshiradi. Hozirgi
kunda 11 ta kategoriyadan foydalaniladi. Bu kategoriyalar o’z ichiga 130-turli
xabarlarni oladi va ular moliyaviy operatsiyalarni to’liq bajarishni ta’minlaydi.
Xabarlar qono`nga ko’ra, bir mijozdan ikkinchi mijozga o’tadi, lekin sistemali
xaqbar kategoriyasi mavjud bo’lib, u ishlatuvchilarga tarmoqda birga ishlash
imkonini beradi. Bu 0 kategoriyalardir.
Sistemali xabarning 3 asosiy turi mavjud: (1) LOG-IN/OUT – kirish uchun
sistemali xabarlar sistemasiga kirish/chiqish.
Dostları ilə paylaş: