logiyasining hayot sikli
arini rivojlantirish asosan biznes ta’siri
ostida
a oid axboro
lingan axborotlar bank
tomonidan mijozlarga x
axsiy maqsadlar uchun
foydalanilishi mumkin.
huningdek banklarga faoliyat risklilik darajasi haqida doimiy axborot ham
arur. iskni baholash – zamonaviy texnologiyalar yordamida tubdan o’zgartirish
umkin bo’lgan jarayon. O`nga kredit stavkalari, valyutalar kursi, mijozlarning
reditga qobilligini baholay oladigan «intellektual» tizimlar jalb etilishi mumkin.
unda ehtimoliy ta’sirlar va ularning natijalariga nisbatan tavsiyalar berib boriladi.
Kompyuter tizimi hajmi va murakkabligidan qat’iy nazar uchta
omponentdan tashkil topadi – texnik ta’minot, dasturiy ta’minot, axborot
ta’minoti. Bu uch komponent majmuaviy tarzda axborot texnologiyasini belgilab
beradi.
Axborot texnologiyasi deganda hisoblash texnikasi vositalarini qo’llash
asosida axborotni qayta ishlash, qidirish, to’plash, saqlashning metod a usullari
tushuniladi. Axborot texnologiyasi birdaniga emas, balki bo’lib-bo’lib iste’mol
qilinuvchi ixtiyoriy tovar yoki hayotiy omil singari o’ziga tegishli hayot sikliga
ega.
Axborot texnologiyalari hayot sikli rasmda tasvirlangan.
eksperiment o’tkazish muammolari yo`zaga kelishi mumkin, shuning uchun
matematik modellashtirish metodlaridan foydalanish tavsiya qilinishi
mumkin.
ritik elementlarni rezervlash (bank elektron, tizimda juda keng
qo’llanadi).Rezervlash “i
lelmentdan boshqasiga o’tish amalda lahzada sodir
rogressiv o’sishi bi
htimoliy moddiy ziyon bilan muntazam taqqoslash lozim
Axborot texno
Zamonaviy axborot texnologiyal
va biznes uchun amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa muhim narsa
shuki, axborot texnologiyalari iqtisodiyot bilan o`zviy aloqada rivojlanadi. Axborot
texnologiyalari olinayotgan daromadlar miqdoriga, ular qanday joylashtirilishi va
taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Axborot texnologiyalardan foydalanish strategiyasini metodlar belgilaydi,
ular yordamida zamonaviy biznes va bu o’zgarishlarni boshqarish yo’llari
o’zgartiriladi. Zamonaviy bank faoliyatining foydaliligi ko’p jihatdan yuqori
boshqaruvning o’z vaqtida va to’liq axborot bilan ta’minlanishiga bog’liq. Axborot
boshqaruvi tizimi bankning o’z faoliyatidagi haqiqiy yordamchilari bo’lib,
bozordagi holat bank operatsiyalari foydaliligi, mijozlar hisobi holati va
boshqalarg
tlarni ta’minlaydi. Ular yordamida o
izmat ko’rsatishni yaxshilash va sh
S
R
z
m
k
B
k
313
Sav
Vaqt
Rasm. Axborot texnologiyalarining hayot sikli.
Rasmda ko’rinib turibdiki, hayot sikli davomida texnologiyalardan
foydalanish hajmi va o`nga talab o’zgarmaydi. Odatda hayot siklining besh davri
ajratiladi.
Birinchi davr – berilgan texnologiyaning tug’ilishi. uning tarqalishi katta
emas, lekin samaradorlik ma’lum, shuning uchun foydalanish ko’lami ortib boradi.
Ikkinchi davrda – texnologiyaga talab barqaror va taklifdan o’zib ketadi. Bu
o’sish tezlashuvi fazasi.
Uchinchi davr – o’sish sekinlashuvi davri, chunki taklif asta-sekin talabni
ortda qoldiradi.
To’rtinchi davr – Etuklik davri, talab to’yinganligiga erishiladi.
Beshinchi davr – bu davrda pasayish yo`zaga kelib, berilgan texnologiyaga
talab pasayadi va uning o’rniga boshqa, yanada samarali, jamoatchilik ehtiyojini
yaxshiroq qondiruvchi texnologiya keladi.
Shunday qilib, muayyan texnologiyaga talab to’yinishi va pasayishi –
iqtisodiy rivojlanishning qonuniyati. Bu fazalarda berilgan texnologiyadan
foydalanayotgan ishlab chiqaruvchilar muhim qaror qabul qilishi kerak: yangi
texnologiyaga o’tish yoki eskiiga butun imkoniyatlaridan foydalanib, keng qamrab
olishga erishish masalasi hal etiladi. Bank elektron tizimi yaratuvchilari
texnologiyalarining haridorlari sifatida gavdalanadi va EHM hamda boshqa
jihozlar turlari va modellarini tanlaydilar. Keng miqyosli tizim yaratishda
foydalanayotgan texnologiya istiqbolliligi vaqtincha o’rinlardan birini egallash
lozim.
Texnologiyalar hayot sikli qisqaroq hayot sikli qisqaroq hayot sikliga ega
bo’lgan mahsulot (tovar)lar bilan tutib turiladi. Masalan, foydalanuvchining ish
joyida axborot-hisoblash xizmatlari taqdim etish texnologiyasini qator mahsulotlar
– IBM AT-3865 X IDX, IBM AT 486 sxIDX, Pentium, lokal hisoblash tarmoqlari
ishchi stantsiyalari, mini EHM terminallari va boshqalar tutib turadi
(qo’llabg’quvvatlaydi).
Ko’rib chiqilgan siklik qonuniyatlar kompyuter tizimining barcha
komponentlari uchun adolatli. Ularning loyihalashda, xususan hozirgi hisoblash
texnikasi vositalari amalda to’liq xorijdan keltirilayotgan paytda ularni nazarda
to`tish zarur.
do hajmi
314
Doimiy ravishda ortda qolmaslik uchun tizimga o’rnatilishi taxmin
qilinayotgan kompyuter yoki dasturiy paketi hayot siklining qaysi bosqichida
ekanligini bilish zarur. Ishlab chiqaruvchi uchun texnologiyaning foydali umri
texnologik taraqqiyot pastroq darajada bo’lgan boshqa mamlakat bozoriga
o’tkazish hisobiga o`zaytirilishi mumkin. Bu bizning davrimizda shaxsiy
EHMlarmiqyosida to’la namoyon bo’ladi. Sir emaski, texnologiyalar bozoridagi
yirik ishlab chiqaruvchilar 1992 yilda i286 tipdagi, 1993 yilda esa i386 tipdagi
mikroprotsessorlar bazasida shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishni to’xtatgan
bo’lsa, bu mahsulotlardan Rossiya va O’zbekistonda professional shk sifatida
yuqori talab bilan ko’p vaqt foydalanilgan. Bu bilan jahon bozorida pasayish
fazasida bo’lgan texnologiyalar arzonlashuv evaziga hayot sikli va foydaliligini
yaratishda uning uchun ko’rib chiqilayotgan texnologiyalar, texnik vositalar va
dasturiy ta’minot hayot siklining qanday fazasida ekanini bilish zarur.
4. Bank elektron tizimining axborot ta’minoti bank elektron tizimi
kompaniyalari tahlilini axborot ta’minotidan boshlaymiz.
Axborot ta’minoti – foydalanuvchilar samarali ishlashi uchun zarur va etarli
barcha axborotlarning tizimda saqlanishi hamda taqdim etilishidir.
Ko’rsatilgan axborotni ko’plab usullarda sinflarga bo’lish mumkin,
jumladan:
- asosiy va qo’shimcha;
- matn va raqamli.
Asosiy axborot predmeti sohadagi ob’ektlarni tavsiflaydi, unda kompyuter
tizimidan foydalaniladi (bizning holatda, bank sohasi).
Tizimda asosiy axborotni yoki uni qayta ishlash algoritmlarini tasvirlovchi
qo’shimcha axborot ham mavjud bo’ladi. Predmetli sohadagi ob’ektlar turli usullar
bilan tavsiflanishi mumkin. Iqtisodchilarni qoida bo’yicha ob’ektlarning miqdoriy
tavsifi, ya’ni raqamli axborot qiziqtiradiyu Ayni vaqta iqtisodiy makondagi o’zaro
aloqalar va munosabatlar matn bilan – boshqaruv ta’siri hisoblanuvchi qonunlar,
hukumat qarorlari, yo’riqnomalar bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, tizim
foydalanuvchilari o’zaro erkin matn xabarlari, so’rovnomalar va o’z faoliyatiga
taalluqli xatlar almashtirishlari mumkin.
Bankni muvaffaqiyatli axborotlashtirish uchun bank axborot modelini qurish
va uning tahlilini bajarish zarur.
Hatto tayyor dasturiy mahsulot sotib olganda ham muayyan bank
xususiyatini tushunish lozim. Bu bilan harid qilinayotgan tizim imkoniyatini to’g’ri
baholash mumkin bo’ladi.
Axborot modeli tarkibida quyidagi mohiyatlar tavsifi mavjud:
- boshqaruv tizimining real ob’ektlari
- ob’ektlar o’rtasida va tashqi muhit bilan axborot aloqasi;
- axborot aloqalariga mos ravishda uzatilayotgan hujjat yoki massivlar;
- uzatilayotgan axborot hajmi va almashuv seanslari chastotasi.
Axborot modelini taqdim etishning shakli bo’lib graf. xizmat qiladi.
Ularning yuqori nuqtasi axborot bloki hisoblanib, tizim ob’ektlariga mos keladi va
qora quti sifatida, ya’ni axborotni qayta ishlash jarayonlar tavsifisiz ko’rib
chiqiladi.
315
Grafikning yuqori nuqtalari axborot almashish tartibiga mos yo’nalgan
kuchlar bilan o’zaro bog’langan. Graf ….. larida yoki ilova qilingan
spetsifikatsiyada uzatilayotgan hujjatlar va massiflar nomlanishi ko’rsatiladi.
Bundan tashqari, hujjatlar shakli yoki ularda mavjud axborotlar tavsifi,
shuningdek, massivlar tarkibi ilova qilinishi lozim.
Dasturiy boshqaruv apparat qarori tanlashda muayyan bank bilan ishlash
qo’llanilayotgan ishlash texnologiyasi bilan tanishuvdan boshlanadi. Bank
o’tkazadigan operatsiyalar ro’yxati, bankda aylanayotgan hujjatlar ro’yxati
bankning ma’muriy chizmasi, bo’linmalar bo’yicha operatsiyalar taqsimoti
boshlang’ich axborot hisoblanadi.
Bankning axborot modelini tashkil etishda avvalo tizim ob’ektlari va
ularning munosabati, axborot oqimlari yo’nalishi va harakteri (shuningdek, bu
axborotlarni tashuvchilar shakli va harakteri – qog’oz hujjatlar, telefon yoki
elektron habarlar va h.k.z), axborot oqimlari ustidan amlaga oshiriluvchi
operatsiyalarsha e’tibor qaratish lozim.
Boshqa loyiha materiallari kabi axborot modeli ham ishlab chiqarishning bir
necha bosqichidan qatadi. Birinchi bosqichda tizim ob’ektlari va ular o’rtasida
hamda tashqi muhit bilan aylanishi lozim bo’lgan axborotlash hajmi
aniqlashtirilishi muhim. Bu texnik vositalar va ma’lumot o’tkazish tarmoqlarini
tanlashga kirishishga imkon beradi. Keyingi bosqichlarda axborot modeli
detallashuvi darajasi ortadi: unifikatsiya va kodlash (ma’lumotlarning tashqi
tasavvuri) qoidalari hisobiga olingan holda hujjatlar shakli bayon qilinadi, axborot
bazasi strukturasi ishlab chiqariladi (ma’lumotlarning ichki tasavvuri), axborot
bazasiga tipik so’rovnomalar aniqlanadi.
Bankning axborot tizimi – murakkab va o’zgaruvchan struktura. Sho`nga
bog’liq ravishda yaratilayotgan axborot modeli qisman noaniqlik sharoitida
to`ziladi. Shuning uchun u egiluvchan bo’lishi, bank tizimining o’zgaruvchan
talablariga mos ravishda oson o’zgarishi lozim. Lekin bir vaqtning o’zida model
real hayotning ayrim sohalariga adekvat (mos) bo’lishi darkor. Nomuvofiqlik
sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:
- to’g’ri xabarlar mavjudligi, axborot eskirishi ( miqdoriy kriteriy – noto’g’ri
xabar berish chastotasi);
- axborot to’liq emasligi (miqdoriy kriteriy – rad etishlar chastotasi);
- sukut (tizimda axborot real mavjudligida rad etish);
- axborot tizimi shovqini (tizimda to’g’ri axborot mavjudligi noto’g’ri
javoblar).
Tizimdagi axborot oqimlari tahlili «tor joylar» (axborotni qayta ishlashda
eng ko’p yo`qlama tushadigan jabhalar) va «tinch zavodlar» (personal ortiqchaligi
va axborot kam talab etiladigan tarmoqlar (jabhalar))ni aniqlashga imkon beradi.
Bunday tahlil asosida operatsion xodimlarni ishga jalb etish, texnik jihozlash va
hujjat aylanmasini optimallashtirish bo’yicha tavsiyalar berish, axborot
tashuvchilar shaklini o’zgartirishni taklif etish mumkin.
Zamonaviy texnik vositalar axborotni qayta ishlashning «qog’ozsiz»
texnologiyasiga o’tishga imkon beradi. Ma’lumotlarni qayta ishlashda elektron
ko’rinishda taqdim etilgan ma’lumotlarga asosiy urg’u berilgan. axborotni qog’oz
316
tashuvchilari ham, albatta, saqlab qolinadi. Ular auditorlar va nazoratchi
tashkilotlar, bank ichki aylanmasini hujjatda aks ettirish va hamkorlar bilan ishlash
uchun zarur. Faqat alohida, ya’ni elektron hujjatning yuridik maqomi hujjat
maqomiga tenglashtirilganda, qog’oz hujjatlar aylanmasidan to’laligicha voz
kechiladi.
Qog’ozsiz texnologiyalar afzalligiga quyidagilar kiritiladi:
- ma’lumotlarni bir zumda jo’natilishi;
- saqlash mukammalligi;
- yaxshilangan himoya;
- hujjatni qayta ishlashga mehnat sarfining keskin pasayishi.
Biroq qog’ozsiz texnologiyaga o’tish muayyan muammolarga bog’liq.
Birinchi navbatda bu ma’lumotlar avtorizatsiyasi va ularning haqiqiyligini
isbotlash muammosi.
Qog’ozsiz texnologiyaga o’tish axborot bilan ishlashning ommaviy
madaniyatini talab etadi. ba’zan esa bank tashkiliy strukturasini ham qayta tuzishga
olib keladi. ikkinchi muammo axborotning qog’oz va elektron tashuvchilar
o’rtasida optimal taqsimlash bilan bog’liq.
Shu nuqtai nazardan bank axboroti uch toifaga ajratiladi:
1. Hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi ma’lumotlar (majburiy ravishda elektron
ko’rinishda bo’lishi lozim);
2. Tez-tez foydalanuvchi va shaklga solinadigan qo’shimcha axborot (uni
ham elektron ko’rinishda saqlagan ma’qul);
3. Batafsil va shaklga solish murakkab, xususan, matnli axborot (qog’oz
tashuvchida saqlash, lekin elektron tarzda ro’yxatga olgan yaxshi).
Axborot modelini ishlab chiqishda nafaqat istiqbolni ko’rish, balki qanday
qaror minimal zarurligini tasavvur qilish ham muhim.
Kompyuter tizimi ichida axborot ma’lumotlar bazasi ko’rinishida saqlanadi.
Bunda aloyuida ish joylarida bajarilgan hisob-kitoblar o’zaro axborot bog’lanishi
taqozo etiladi.
Ma’lumotlar bazasi EHMda axborot saqlashning boshqa usullaridan
farqlanadi.
•
Ma’lumotlar bazasida ko’plab ilovalarning axborotlari integratsiyalanadi
va undan ko’p maqsadli birgalikda foydlanish ta’minlanadi;
•
Aniq amaliy dasturlardan mustaqil ravishda ma’lumotlar bazasi mavjud;
•
Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar ortiqchaligining minimal zaruriy
darajasini o’rnatishga imkon beradi; ya’ni turli foydalanuvchilar foydalanishida
ma’lumotlar ikkilanmaydi;
•
Malumotlar bazasida ma’lumot taqdim etishning standartlariga riyao etish
ta’minlanadi. Bu uni yaratish va xizmat ko’rsatishni soddalashtiradi.
•
Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni, jumladan, so’rov yuborish tili va
himoya vositalarini markazlashgan boshqaruvi ta’minlanadi.
Ma’lumotlar bazasining sanab o’tilgan barcha xususiyatlarining amalga
oshirilishini ta’minlaydigan dasturlar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga
317
birlashtirilgan. (MBBT). Ular kirishni boshqaruvi va ma’lumotlar yaxlitligi ham
amalga oshiradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlarning muayyan modeli
va struktalariga yo’naltirilgan. Oldingi tizimlar ierarxik modelga yo’naltirilgan
bo’lib, unda yuqoriroq darajadagi ob’ektlar quyi darajadagi ob’ektlarni ishga
tushirgan. Real predmetli sohada shunday ob’ektlar mavjudki, ularda bo’ysunuvchi
element yuqoriroq darajadagi bir nechta element bilan bog’langan. Bunday
aloqalar ma’lumotlar tarmoq modeliga mos keladi. So’nggi yillarda yaxshi nazariy
bazasi nisbatlar algebrasi va ularni shaxsiy EHMlarda realizatsiyasi tufayli
ma’lumotlarning relyatsion modellari jadal rivojlandi. Ma’luotlar relyatsion
modelda jadvallar to’plami sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Jadvallar bilan ularni
birlashtirish, ularning ayrim shartlarga mos satr va ustunlarini tanlashga imkon
beruvchi operatsiyalarni hosil qilish mumkin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 1960 - yillarda tijoriy tarqaldi va
kompyuter tizimlari hamda dasturiy vositalarning yirik ishlab chiqaruvchilari
tomonidan etkazib berildi. Tizimlarning har biri qoida bo’yicha bir platformada
operatsion tizim bilan birga EHM turi ishlaydi. O’sha vaqtlar MBBTsiga
ADABAS, MARK-IV, SPECTRA kabilar kiradi.
Biroq 1980 yillargacha MBBT katta loyihalar uchun instrument va
qaramliligicha qoldi, chunki ular yuqori malakali personal, kuchli EHM talab
qilgan, ishlanmalar qimmatlashib, ularning muddati o`zaygan. Hozirgi ma’lumotlar
bazasi g’oyasi mamlakatlarda 1980 yilning ikkinchi yarmidan, shaxsiy EHMlar
miqdori sezilarli ko’payib, ularga mos dasturlar paydo bo’lgandan so’ng tadbiq
etila boshlandi. Bu paketlar relyatsion turdagi individual ma’lumotlar bazasidan
foydalanish va loyihalashtirishga imkon beradi. Do’stona interfeysga ega,
foydalanish va o’zlashtirish oson, buning ustiga nisbatan arzon. Ularning eng
mashhurlari dunyoda minglab instalyatsiyaga ega.
Bunday turdagi keng tarqalgan tizimlardan quyidagi turli variant va
versiyalarni tilga olish mumkin:
* d BASE, Ashton-Tate Cotp. Firmasiga tegishli (PARADOX ishlab
chiqaruvchi Borland firmasiga 1991 yilda qo’shilib ketgan);
* R: BASE, Microrim Inc firmasiga tegishli;
* PARADOX, Borland International firmasiga tegishli;
* FoxBase va FoxPro, FoxSoftware Inc firmalariga tegishli;
* Slipper, Nuntacket Corp. firmasiga tegishli;
* Clarion, Clarion Software Corp. firmasiga tegishli va b.
Bu tizimlar orasidan yaxshisini ajratish qiyin. Ixtirochilar iloji boricha tez-
tez qo’shimcha imkoniyatlarga va texnologik qarorlarga ega Yangi versiyalar
chiqarib, raqobatdoshlaridan o’zib ketishga intiladilar. Shuning uchun aynan bir xil
MBBT larning turli vaqtdagi oxirgi versiyalarini qiyosiy bahosi farqlanadi.
O’zbekiston banklari uchun sanab o’tilgan MBBT asosida Amaliy bank
tizimlaridan foydalanish harakterli hisoblanadi. Biroq bunday dasturlar faqat uncha
katta bo’lmagan banklar uchun samarali bo’lib, ularda har kuni 5000dan ortiq
bo’lmagan hujjat qayta ishlanadi. Bankning asosiy mijozlari yuridik shaxslar
318
bo’lib, ularga tor doiradagi xizmatlar to’plami ko’rsatilgan vaqt o’tib bormoqda.
Hozirda banklar e’tibori mayda ommaviy omonatchilar bilan ishlashga qaratilgan.
Lekin mijozlarni jalb etishning asosiy vositasi yuqori fondlar bo’lgan davr
ham o’tib bormoqda. Xizmat ko’rsatish sifati va xizmatlar to’plami birinchi
darajaga chiqmoqda. Bank tizimlari uchun bu o’n yoki yo`z minglab hujjatlarni har
kuni real vaqt rejimida qayta ishlashni, ma’lumotlar bazasida konfidentsialligi
kafolatlangan axborotlarni ta’minlashni, ma’lumotlar bazasining yuqori darajali
xavfsizligi va ishonchliligini anglatadi. Bu shartlarni bajarish uchun «mijoz-
server» texnologiyasi qo’llanilishi zarur. O`nga esa maxsus MBBTlar kerak,
chunki yuqorida sanab o’tilgan MBBTlar keng ko’lamli ma’lumotlar bazasi ishlab
chiqaruvchilarni to’liq qanoatlantira olmaydi.
* Ma’lumotlar bazasining sezilarli hajmida amaliy dasturlari tezkorligi
pasayadi.
* Uskuna to’xtab qolganda yoki personal harakatiga bog’liq ravishda
axborotlar saqlanganligini ta’minlash vositalari yo’q yokim kam rivojlangan.
* Noqonuniy kirish va ta’sirdan himoya vositasi etarlicha samarador emas.
* Bir nechta foydalanuvchi ishlaganda axborot yaxlitligini ta’minlash
vositalari rivojlantirilmagan. MB bilan ishlashda «mijoz-server» texnologiyasini
amalga oshiruvchi zamonaviy MBTTlar murakkab va qimmat dasturiy mahsulotlar
hisoblanadi, shuning uchun bank uchun aniq MBBTlar tanlovi yaxshi asoslangan
bo’lishi lozim. MBBTlarning jahon bozori etakchilarni - «katta to’rtlik»ni
aniqlanadi: Bular - Oracle, Sybase, Informix, Ingres. Bizda qo’llash mumkin
bo’lganlar sirasiga Progres, Coptaba Interbase ni ham kiritish mumkin. Bu
MBBTlar keng tarqalgan ko’plab kompyuterlarda ishlatiladi, chunki MBBT ishlab
chiqaruvchilar o’z tizimlarini, turli platformalarga o’tkazuvchanligini ta’minlaydi.
O’zining texnik tavsifiga ko’ra ular taxminan bir xil, shuning uchun tanlashda
texnik tavsifiga emas, boshqa masalalarga e’tibor qaratiladi.
* Rasmiy texnik qo’llab-quvvatlashni kim amalga oshiradi (Moskvada
yoki Nyu-Yorkda)?
* Ushbu MBBTlar bo’yicha mutaxassislar bormi? (aks holda o’z hisobidan
ularni tayyorlash zarur)?
* MBBTning tarqalganligi qay darajada va uning uchun qancha dasturiy
ta’minot yaratilgan?
Turli MBBTlarda amalga oshirilgan ma’lumotlar bazasining o’zaro ta’siri
kuzatiladi. Bo`nga AQShda 1986 yilda qabul qilingan ma’lumotlar bazasiga
so’rovnoma jo’natish tili standarti SQS (Structured Qvery Language) imkon berdi.
MBBTning asosiy ishlab chiqaruvchilari o’z tizimlarida SQL orqali tashqi
interfeysni ta’minlaydilar.
5. Bank elektron tizimlarining texnik ta’minoti
Bank faoliyatini avtomatlashtirishning mavjud tizimlarini to’rt avloddan
biriga kiritish mumkin.
1. Lokka tarmoqqa ulanmagan IBM PC turidagi shaxsiy EHM asosida
qurilgan tizimlar. Ma’lumotlar alohida fayllarda saqlanadi, ma’lumot ayirboshlash
disket darajasida amalga oshiriladi.
319
2. Lokal tarmoqqa ulangan, «intellektual ishchi stantsiyalar - fayl-server»
sxemasi bo’yicha tashkil etilgan. IBM PC rusumli shaxsiy EHM Lar tizimi.
Intellektual terminal rejimidagi ShEHMlar oddiy terminalning barcha
funktsiyalarini ta’minlaydi, lekin axborotni joyida qayta ishlash qobiliyatini saqlab
qoladi va hatto ishlashning avtomat rejimiga chiqadi (ya’ni o’z resurslariga ega
avtomatlashtirilgan ishlash joylari (AIJ)).
3. Ixtisoslashtirilgan ilovalar serveri asosiga qurilgan tizimlar, ya’ni ko’p
vazifalari, ko’p foydalanuvchili tizimlar ta’siri ostida ishlab, «mijoz-server»
rejimida ishchi stantsiyalarga xizmat qiluvchi yuqori mahsuldor EHMlar.
4.
Taqsimlangan
ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchi tizimlar, ularda,
masalan, Asosiy idora va filial EHMdagi axborotlarni qayta ishlash yagona faylda
olib boriladi.
Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanishning boshlang’ich davrida
ularning ishi bu mashinalarni qo’llagan mutaxassislar vaqtidan sezilarli qimmat
bo’lgan. Shuning uchun hisoblash jarayonini tashkil etishda EHM bo’sh turib
qolmasligiga katta e’tibor qaratilgan. Topshiriqlarni bajarish uchun mashina
tashuvchilarida paketlar shakllantirilgan, ular o’z ichiga dasturlarni yoki ularning
tashqi xotiraga oluvchi qurilmadan chaqirib olishni, shuningdek, bu dasturlarga
boshlang’ich ma’lumotlar va masalani bajarishda ishtirok etuvchi EHM qurilmalari
bo’yicha ko’rsatmalarni olgan.
Bunday topshiriqlar birin-ketin minimal ehtimoliy vaqt yo’qotish bilan
bajarilgan. Ularni ishga tushirish va ijrosi murakkab tizim dasturlarini talab
qilmagan, EHM pultidagi zaruriy manipulyatsiya esa dasturchi yoki operator
tomonidan amalga oshirilgan. Vaqtning har bir lahzasida EHMda faqat bir vazifa
(dastur) bajarilgan, operatsiyaga mutanosib faqat bir qurilma ishlagan, qolganlari
esa mos dastur komandasini kutib turib qolgan. Natijada topshiriqlar birin-ketin
pao`zasiz ijro uchun qo’yilsada, apparaturadan foydalanish darajasi pastligicha
qolgan. Ishlashning bunday tartibi bir dasturli deb yuritiladi.
Uskunalar yo`qlamasini oshirishga intilish, o’z navbatida, axborotni qayta
ishlashni arzonlashtirish EHM arxitekturasida muayyan o’zgarishlarga olib keldi.
Buning evaziga unda bir vtning o’izda bir nechta dastur bilan ishlash imkoni paydo
bo’ldi. Kompyuter qurilmalariga kiruvchi - kiritish, chiqarish, xotira
prtsessorlarning har bir vaqtning har bir momentida faqat bir dastur komondalarini
bajargan. Mashina yaxlit olganda bir necha dastur bajarilishi uchun yo`qlangan.
Bir dastur ma’lumot kiritish bilan band bo’lganda, bu ma’lumotlarni qayta ishlash
komandalari bajarilishi mumkin bo’lmagan. Protsessor boshqa dastur bajarilishi
bilan chop etish qurilmasi esa uchinchi dastur bo’yicha hisob-kitoblar natijasini
chiqarish bilan band bo’lishi mumkin edi. Bunday ishlash tartibi multidasturli deb
nom oldi.
EHM ishonchliligi ortishi bilan ular nafaqat muhandislik va ilmiy hisob-
kitoblarda, balki texnologik uskunalarni, ob’ektlar harakati va boshqa jarayonlarni
boshqarish uchun qo’llanila boshladi. Bunday qo’llash axborot kiritish, qayta
ishlash va chiqarish jarayonlari mos jarayoni sur’atida sodir bo’lishini talab qildi.
Vaqtning real masshtabi rejimida ishlash ehtiyoji yo`zaga keldi.
320
Apparatura qiymati pasayishi, EHM arxitekturasi taraqqiyoti va ularning
operatsion tizimi takomillashuvi foydalanuvchining dastur bilan uning bajarilishi
jarayonida o’zaro munosabatlashuvi uchun manba hosil qildi. Dastur bajarilishi
jarayonida foydalanuvchining EHM bilan (dastur bilan) muloqot qilishi uchun
imkoniyat paydo bo’ldi. U o’z terminali klaviaturasidan boshlang’ich
ma’lumotlarni kiritib, shu terminaldan hisob-kitoblar natijasini olishi, dastur bilan
kelgusida ishlash haqida qaror qabul qilishi mumkin bo’ldi. Foydalanuvchilar
mehnat samaradorligi, xususan, dasturlar ishlab chiqarishda tartibotdan kam
bo’lmagan darajada o’sdi.
Muloqot rejimi texnologiyasi shaxsiy EHMlar yaratish va foydalanish
uchun manba (asos) bo’ldi.
Tabiiyki, multidasturli rejimda ishlovchi EHM resurslari bir foydalanuvchi
bilan muloqot rejmini ushlab turish uchun ortiqchalik qilardi va uning uchun juda
qimmatga tushardi. Shuning uchun ko’p foydalanuvchili rejim qo’llanilib, unda
hisoblash tizimi resurslari ko’plab foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlanadi.
Foydalanuvchining masalani echish jarayonida ishtirok etish-etmasligiga
nisbatan EHM ishlash rejimini paket va muloqot turlariga ajartish mumkin.
Paket rejimida echiladigan iqtisodiy masalalar quyidagi xususiyatlari bilan
tavsiflanadi:
•
masala echish algoritmi shaklga solingan, uni echish jarayoni inson
aralashuvini talab qilmaydi;
•
kirish-chiqish ma’lumotlarining ulkan hajmi mavjud, ularning salmoqli
qismi magnit tashuvchilarda saqlanadi;
•
hisoblash kirish fayllarining ko’pchiligi uchun bajariladi;
•
masala echishning ko’p vaqt olish ma’lumotlarning katta hajmliligi bilan
shartlangan;
•
reglamentlilik, ya’ni masalalar berilgan davriylik bilan bajariladi.
Muloqot rejimi paket rejimi muqobili emas, balki uning taraqqiysi
hisoblanadi. Agar paket rejimini qo’llash masala echish jarayonida foydalanuvchi
aralashuvini kamaytirishga imkon bersa, muloqot rejimi ma’lumotlarni qayta
ishlash operatsiyalarining qat’iy belgilangan ketma-ketligi yo’q bo’lishini taqazo
etadi.
Foydalanuvchilar o’rtasida EHM resurslarini taqsimlash usullaridan biri vaqt
bo’linishi rejimi sanalib, unda o’ta kritik resurs – protsessor vaqti kvantlarga
bo’linadi va har bir foydalanuvchiga protsessor vaqti kvanti beriladi. Vaqt kvanti
kattaligi, kompyuter tezkorligi, tizimda ishlaydigan foydalanuvchilar miqdori va
dasturlar murakkabligi har bir foydalanuvchi uchun o’z vazifasi tezkologini
sub’ektiv his qilishga imkon beradi. Ayni vaqtda foydalanuvchi tizimning barcha
resurslariga kirish imkoniga ega bo’lib, boshqa foydalanuvchilar ishini kuzatadi.
Vaqt bo’linishiga ega tizimlar on-line tizimlarning toifalaridan biri sanaladi.
Unda foydalanuvchi EHMga (markaziy protsessorga) to’g’ridan-to’g’ri kira oladi
va dastur bajarilishi jarayonini boshqarishi, ma’lumotlar hamda ularga javob olishi
mumkin.
321
On-line rejmini ko’pincha axborotlarni markazlashgan qayta ishlashga ega
tizimlarda amalga oshirish oson. Bu holatda foydalanuvchilar bir operatsion tizim
boshqaruvi ostida bo’lgan va bir EHM singari ishlayotgan hisoblash majmuasiga
yoki EHMning o’ziga bevosita kirishga ega bo’ladi. Bunda foydalanuvchilarning
umumiy baza bilan ishlashni tashkil etish kifoya. Ma’lumotlar bir butunligini
nazorat qilish, ularni majmua personali tomonidan amalga oshiriladigan saqlanishi
va tiklanishi soddalashadi. Ayni vaqtda markazlashgan qayta ishlash har bir
foydalanuvchi bilan aloqaning real va virtual kanalini, agar o`ngacha masofa
minglab kilometrni tashkil etsa ham, ta’minlovchi sifatli kommunikatsiya tizimini
talab etadi.
Boshqa, teskari variant taqsimlangan qayta ishlash sanalib, unda bir-biridan
o`zoqlikda joylashgan EHMlardan iborat taqsimlangan hisoblash texnikasida
amalga oshiriluvchi ma’lumotlar qayta ishlanadi. Ular turli operatsion tizimlar va
bir OTning turli nushalari boshqaruvida bo’lib, o’zaro aloqa ma’lumot uzatish
tarmog’i bo’yicha xabarlar almashish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday tizim
foydalanuvchilarini bir ma’lumotlar bazasiga kirishini tashkil etish va bu baza
dolzarbligini ta’minlash markazlashgan qayta ishlash holatiga qaraganda
murakkabroq muammoni o’zida aks ettiradi. Ikkala turdagi tizimlar uchun
transaktsiya tushunchasi dolzarb. Transaktsiya qisman bajarilishi kerak bo’lmagan
bir yoki bir nechta ma’lumotlar bazasidagi o’zgarishlar bilan bog’liq jarayon. Agar
jarayonni bajarilishi borishida uskunaning ishdan chiqishi yoki boshqa sabablar
tufayli o’zgarishlar to’liq hajmda kiritila olinmasa, u holda ma’lumotlar bazasi
boshlang’ich holatga qaytarilishi lozim. Ma’lumotlar bazasining ixtiyoriy oraliq
holati zid bo’ladi.
Transaktsiya tushunchasi moliyaviy axborotni qayta ishlashda ayniqsa
muhim. Masalan, bank tizimida muayyan summani biridan boshqa hisobga
ko’chirish transaktsiya hisoblanadi. Mijoz bilan do’konda plastik karta bo’yicha
hisob-kitobda kompyuter avtorizatsiyasi jarayoni ham transaktsiyaga misol bo’la
oladi. Bank va boshqa sho`nga o’xshash tizimlar mahsuldorligi ko’pincha vaqt
birligida transaktsiyalar miqdori bilan o’lchanadi. Zamonaviy operatsion tizimlar
transaktsiyalarni qayta ishlash mexanizmini ham o’z ichiga oladi.
So’nggi vaqtlarda mukammal va kuchliroq bo’lgan “mijoz-server”
texnologiyasi “fayl-server” texnologiyasini almashtirdi. U bir foydalanuvchili
tizim afzalligini (muloqot dialogi qo’llab-quvvatlanishining yuqori darjasi,
do’stona interfeys, past narx) yirikroq kompyuter tizimlari afzalligi bilan
(ma’lumotlar yaxlitligini saqlash, ularning himoyasi, ko’p vazifalik) qo’shimcha
imkon berdi.
“Mijoz-server” texnologiyasining asosiy g’oyasi shundan iboratki, serverlar
kuchli mashinalarga, mijozlar ilovalari esa uncha kuchli bo’lmagan mashinalarga
joylashtiriladi. Bazaga murojaat ma’lumotlarni jismoniy bo’linishi emas, balki
mantiqiy bo’linishiga asoslangan. Ya’ni server mijozlarga bazaning to’liq
nusxasini emas, balki mantiqan zaruriy portsiyalarni jo’natadi va bu bilan tarmoq
trafigini qisqartiradi. Texnik platformaga bog’liqlikda “mijoz-server”
texnologiyasini amalga oshirishning turli variantlarini ko’rib chiqamiz.
322
1. Avtonom kompyuterga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiyasi, ya’ni
mijoz va server bir EHMga joylashtirilgan. Funktsional imkoniyatlari bo’yicha
bunday tizim markazlashtirilganga o’xshash. Na taqsimlangan ish, na taqsimlangan
MBBT qo’llab-quvvatlanmaydi.
2. “Mijoz-server” texnologiyasi markazlashgan taqsimotga yo’naltiriladi. Bu
texnologiyadan foydalanganda mijoz berilgan yagona masofadagi serverga kirish
uchun ruxsat oladi. Ma’lumotlarni faqat o’qish mumkin, ma’lumotlarga dinamik
kirish masofaviy transaktsiya va so’rovnomalar vositasida amalga oshadi. Ularning
soni tizim samaradorligi pasaymasligi uchun katta bo’lmasligi lozim.
3. Lokal hisoblash tarmog’iga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiya. Bu
texnologiya quyidagi xususiyatlar bilan harakterlanadi: bazaga kirishni yagona
server ta’minlaydi; mijoz ma’lumotlarni mazmuniy qayta ishlashga javob beruvchi
jarayonni, ularning taqdimoti va bazaga mantiqiy kirishni shakllantiradi; mijoz va
server lokal tarmoq orqali bog’langani uchun ma’lumotlar bazasiga kirish
sekinlashadi.
4. “Mijoz-server” texnologiyasi ma’lumotlarni bir joyda o’zgartirishga
yo’naltirilgan. Bu texnologiya qo’llanilgan holatda taqsimlangan transaktsiya qayta
ishlanishi amalga oshadi; masofaviy server EHM tarmog’i bilan o’zaro
bog’lanmagan, ya’ni server koordinator yo’q; mijoz ma’lumotlarni faqat o’zining
lokal bazasida o’zgartirishi mumkin; 1) “ajal og’ushi” xavfi yo`zaga keladi, ya’ni
shunday vaziyat keladiki, A masala V masala tomonidan blokirovkalangan
yozuvni kutadi. V masala esa A masala tomonidan blokirovkalangan yozuvni
kutadi. Shuning uchun taqsimlangan MBBT zid so’rovnomalar ustma-ust
tushishini nazorat qiluvchi vositaga ega bo’lishi lozim. Ma’lumotlar taqsimoti
bo’laklash metodi bilan amalga oshadi.
5. Bir necha joyda ma’lumotlar o’zgarishiga yo’naltirilgan “mijoz-server”
texnologiyasi. Oldingi texnologiyalardan farqli ravishda bu erda server-koordinator
mavjud bo’lib, turli serverlar o’rtasida ma’lumot uzatilishi protokolini yuritadi.
Turli masofaviy serverlarda taqsimlangan transaktsiyalarni qayta ishlash mumkin.
Bu taqsimlangan MBBT ishlab chiqishga manbalar hosil qiladi. MBBT yordamida
nushalarni uzatish yo’li bilan aralash taqsimlash strategiyasi amalga oshadi.
6. Taqismlangan MBBTga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiyasi. U
qayta urish va ikkilantirish strategiyasini ta’minlaydi, ma’lumotlarga yanada tezkor
kirishga imkon beradi. Taqsimlangan MBBT mijozning server joylashuvidan,
musatqilligini, global optimallashtirish, baza yaxlitligining taqsimlangan nazorati,
taqsimlangan ma’muriy boshqaruvni ta’minlaydi.
Bank elektron tizimi uchun texnik platforma tanlashda quyidagi
parametrlarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
•
standart testlar bilan mutanosiblikda EHM mahsuldorligi;
•
operativ va disk xotirasi resurslari;
•
texnik platforma darajasida rezervlash imkoniyati;
•
yagona protsessorga asoslangan shu EHM oilasi mavjudligi;
•
joriy yilda EHMning ushbu modelini xorijiy va Rossiya banklari
tomonidan sotib olinganligi haqida axborot mavjudligi;
323
•
“narxlar mahsuldorlik” va sekundiga transaktsiyalar miqdori nisbatiga oid
ma’lumot mavjudligi;
•
harid qilib bo’lingan dasturiy ta’minot bilan apparat va dasturiy ta’minot
darajasida mutanosibligi;
•
ishlab chiqaruvchi firmada servis-markaz va unda xizmat ko’rsatish
sharoitlari mavjudligi;
•
o’qitish markazlari mavjudligi va ularning tashkiliy va moliyaviy nuqtai
nazardan ommabopligi;
•
ishlab chiqaruvchi firmaning barqaror texnik va moliyaviy holati.
Bank elektron tizimlari super EHMini EHM platformasiga yoki lokal
tarmoqlarni qo’llagan holda EHMga joylashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |