Hozirgi kunda CyberPlat tizimida har qanday bank-emitentning bank kredit
kartochkasi bo’yicha Haridorning «Platina» bankida ochilgan
hisob raqami orqali
tovar yoki xizmatni harid qilish ko’zda tutilgan.
Bank hisob raqamidagi mablag`’lar yoki joriy to’lov limitning holatini
Haridor «Platina» bankdan rasmiy ravishda olingan yoki
bank kredit kartochkasi
yordamida amalga oshirgan transaktsiyalari haqidagi ko’chirmalar orqali nazorat
qilishi mumkin (
http://www.webmoney.ru/rospay/cyberod.asp
– top).
CyberPlat tizimining afzalliklari
quyidagilarda namoyon bo’ladi.
O’zaro to’lovlarni o’tkazish tezligi: Haridor, Magazin va Bank ishtirok etuvchi
barcha operatsiyalarning onlayn shaklida o’tkazilishi.
Soddaligi:
1)
tizimga ulanishning
etarlicha soddaligi;
2)
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyasining muayyan
soddaligi;
Mijoz hisob raqamining xavfsizligi va konfidentsialligi
quyidagilarga asosan
ta’minlanadi:
1) o’zaro munosabatda bo’lgan tomonlar Elektron-raqam imzolardan
foydalanadi (ERI);
2) mijoz xavfsizligining tegishli darajasi 512-bitli yopiq kalitni qo’llash orqali
ta’minlanadi;
3) operatsiyani o’tkazuvchi tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi tizimning
mukammalligi
Real vaqtda amalga oshirilayotgan to’lovlar bilan bog’liq
operatsiyalar va
ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash ustidan nazorat quyidagilarga asosan
ta’minlanadi:
1) to’lov operatsiyalarining har bir bosqichi rasmiy
hujjatlar bilan
tasdiqlangan;
2) hujjatlar ERI bilan imzolanadi.
Hisob raqamni Internet orqali boshqarishdagi qulaylik CyberPlat tizimida
ochilgan hisob raqami orqali to’lovni tashqi to’lov
tizimlar orqali har qanday
bankning har qanday hisob raqamiga o’tkazish imkoniyatining mavjudligi bilan
kafolatlanadi.
CyberPlat tizimining kamchiliklari boshqa qator to’lov tizimlari singari o’z
mijoziga tegishli axborot va tranzaktsiyalari xavfsizligini mutlaq tarzda ta’minlab
bera olmasligidir.
Dostları ilə paylaş: