“Ekonom” terminalining texnik harakteri
370
O’lchami: Eni- 620 mm
balandligi-1390 mm
Og’irligi-125 kg ishlash
temperaturasi +15 dan +45 gacha;
Foydalanish quvvati 100-300 Vt
Elektr iste’moli 220V/50 Gts
Korpusi 2-3 mm qalinlikdagi
po’lat
MKBS
Seriya T-3 terminali
Monitor 17"( TFT 17" LCD)
Modem Siemens MC39i
T-3 terminali
74900 rub.*
T-3 Biznes terminali
64900
rub.*
T-3 Ekonom
terminali
54900
rub.*
Alniko terminali
O’lchami: 630 x 1390 x 400 mm,
Og’irligi: 93,5 kg.
Monitor: 17 dyumli General
Touch, 6 mm
Operativ xotira: 256 / 512Mb
DDR-2 PC5300, videokarta: ATI
Radeon Sapphire x550 256 mb
DMD TEXNOLOJI TERMINALI
O’lchami: 630 x 1390 x 400
Og’irligi: 93,5 kg
Operativ xotira: 512 Mb DDR
PC3200
Monitor: 17 dyumli General
Touch, 6 mm
ISKRA 1 TERMINALI
O’lchami: 1125×425 × 370 mm,
Og’irligi: 65 kg
Elektr sarfi: 220 V / 50 Gts
GPRS-modem
Siemens MC35i
371
ISKRA 2 TERMINALI
O’lchami: 630 x 1390 x 400
Og’irligi: 93,5 kg
Operativ xotira: 512 Mb DDR
PC3200
Monitor: 17 dyumli General
Touch, 6 mm
Yangi Treyd
O’lchami: 1495 x 510 x 385
Og’irligi: 85 kg.
GPRS-modem
:
Siemens MC35i
Monitor:
LCD TFT 17
Termoprinterlar
Citizen CBM 1000
(Yaponiya)
Citizen CT-S2000 (Yaponiya)
Citizen PPU 700
(Yaponiya)
372
Star Micronix TUP 992
(Yaponiya)
Fujitsu FTP 629
Epson EU-T422
Custom VKP 80
Shtrix-M Shtrix-mini-FR-K
Sysfuture AV-268
373
3. Naqd elektron pullardan foydalanadigan to’lov tizimlari
Kundalik hayotda banknot va qog’oz ko’rinishidagi naqd pullar kredit
kartochkasi yoki mijoz-bank tizimi turidagi naqd bo’lmagan to’lov vositalaridan
ikkita muhim xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, o’rnatilgan tartibga ko’ra
naqd bo’lgan to’lovlar anonimdir, ikkinchidan esa, naqd pul egasi ulardan yakka
holda foydalanadi. To’lovlarda anonimlik tushunchasi haridorni identifikatsiya
qiluvchi har qanday yozuvlarni hech qaerda qolmasligini bildiradi. Yakka holda
foydalanish naqd pullar egasi ularni o’z ehtiyojlariga ko’ra sarflashini hech kim
taqiqlay olmasligini bildiradi.
Naqd bo’lgan pullarni mavjud ustunliklari bilan birga uning ba’zi bir
kamchiliklari ham kelib chiqadi. Birinchidan, naqd pullarni beixtiyor yo’qotib
qo’yish mumkin. Ikkinchidan, naqd pullarga hech kim foyda keltiruvchi ustama
foiz to’lamaydi.
Agarda qandaydir elsktron to’lov tizimi har bir mijozga to’lovlar anonimligi
va to’lov vositalaridan yakka holda foydalanishni ta’minlasa, u holda bu tizim
mijoz ixtiyoriga
elektron naqd pullarni taqdim etadi
deb aytish mumkin. Bunda
to’lovlar anonimligi va foydalanish erkinligini ta’minlash to’lov tizimidagi
kompaniya-operatorining xohish-irodasi emas, balki tizimni ichki xususiyati
bo’lishi lozim. Elektron naqd pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi to’lov
tizimida mijozlar to’lovlarni o’tkazishdagi o’rnatilgan tartiblaridan kelib chiqib,
o’z huquqlarini o’zlari belgilaydilar, shuning uchun ular kompaniya-operatorlarga
ishonishlariga majbur emaslar.
Oddiy pullar kabi, agarda foydalanuvchi tomonidan moliyaviy ma’lumotlar
va ularni zahira nushalari yo’qotib qo’yilgan taqdirda elektron naqd pullarni ham
yo’qotib qo’yish mumkin. Shu bilan birga, elektron naqd pullarga ham foyda
foizlari hisob-kitob qilinmaydi.
Mavjud kredit kartochkalardan foydalanuvchi to’lov tizimlari ularni naqd
pullardan farqlovchi va internetda qo’llash doirasini chegaralab qo’yuvchi bir qator
kamchiliklarga ega:
1.
Mumkin bo’lgan to’lovlar summasi bir dollardan bir necha ming
dollargacha bo’lgan etarlicha tor diapazonda bo’ladi, shuning uchun mikro
to’lovlar uchun (tsent ulushidan bar necha dollargacha) boshqa turdagi
vositalar talab qilinadi.
2.
To’lovlarni olib borish (avtorlashtirish) uchun talab
qilinadigan vaqt ba’zan juda ham kattalashib ketadi.
3.
Kartochka tizimida sotuvchi va haridor teng huquqli emas.
Xususan, kartochkalarning oddiy foydalanuvchilari o’z kartochka hisob-
raqamidagi pullarni olishiga imkon yo’q. Bu o’z mijozlariga yutuqlarini to’lashi
lozim bo’ladigan virtual xazina, lotoreya va shu kabilarni tashkil qilishda
qiyinchiliklarni yo`zaga keltiradi.
Elektron naqd pullar bunday kamchiliklardan holidir va shuning uchun
plastik kartochkalar asosidagi to’lov tizimlariga nisbatan tabiiy raqobatchilikni
vujudga keltirishi mumkin.
374
WebMoney Transfer - raqamli naqd pullardan foydalanuvchi to’lov
tizimidir. WebMoney tizimi internet tarmog’idagi har qanday
foydalanuvchiga real vaqtda xavfsiz bo’lgan naqd to’lovlar va hisob kitoblarni
WebMoney (WM) deb nomlanuvchi elektron naqd pullardan foydalanish orqali
amalga oshirishni taqdim etadi.
Tizimning mijozlari mahsulot va xizmatlarni sotuvchilar, haridorlardan
iborat. Bu bir tomondan, internet-do’konlar, ikkinchi tomondan, hisob-kitoblar
an’anaviy usullari, masalan, internetning kredit kartochkalaridan foydalanishga
imkoniyati yo’q yoki xohlamaydigan har qanday foydalanuvchisi bo’lishi
mumkin.
Tizim doirasida AQSh dollari asosida hisob-kitob qililadigan WM-shartli
pul birligidan kreditlash va to’lovlarning universal vositasi sifatida
foydalaniladi. WM-pul birligi internetdagi hisob kitoblar uchun foydalaniladigan
AQSh dollari va boshqa valyutalarga nisbatan to’liq konvertatsiya qilingan
bo’ladi. WebMoney Keeper mijoz dasturiy ta’minoti tizimga mijoz sifatida a’zo
bo’lishga imkon beradi.
WebMoney Keeper dasturi yordamida anonim holda tizimning boshqa
mijozlari bilan hisob-kitoblarni WMda bir lahzada amalga oshirish, WMni
o’zining bankdagi hisob-raqamiga o’tkazish, internet tarmog’ida mahsulot va
xizmatlarga to’lash, shuningdek, Web-Money Keeper dasturiga qurilgan xabarlar
ayirboshlashning himoyalangan tizimi orqali ehtimol qilinayotgan hamkorlar bilan
savdo bitimlarini muhokama qilish mumkin.
WebMoney tizimi ishtirokchisi bo’lish uchun qo’yidagilar etarlidir:
1.
Hamma foydalanuvchilar uchun: WebMoney Keeper dasturini
chiqarib olish va installyatsiya qilish.
2.
Haridor uchun: ixtiyoriy bank hisob raqamidagi pul
mablag`’larini WMra konvertatsiya qilib, o’z navbatida uni «Hamyonlar»
tizimidagi maxsus hisob raqamiga o’tkazish.
3.
Sotuvchilar uchun: sotilayotgan mahsulot va xizmachlar hisobiga WMlap
kelib tushadigan manzilda maxsus «Hamyon» hisob-raqamlarini bepul ochish.
Internet-do’konlarni WMda hisob-kitob yuritishlar uchun sozlash.
WebMoney Transfer tizimi doirasida WM pullarni xizmat va mahsulotlarga
to’lov sifatida qabul qiladigan ixtiyoriy do’konda sarflash mumkin. Buning uchun
unda avvaldan o’zining maxsus hisob-raqamlarini ochish yoki kredit kartochka
raqamini uzatish shart emas. WM to’laqonli va ekvivalent pul qiymatiga ega
bo’lganligidan to’lovlar amalga oshirilishi bilan WebMoney Transfer tizimidagi
internet-do’konlar shu zahotiyoq mahsulotlar va xizmatlarni etkazib berishni
ta’miilaydi.
WM pullar ixtiyoriy lahzada naqd bo’lmagan to’lovlar yo’li bilan har
qanday ko’rsatilgan hisob-raqamiga AQSh dollari yoki har qanday valyutaga
almashtirilgan holda kelib tushadi.
Xavfsizlikni ta’minlashning WebMoney Transferda qo’llanilgan ba’zi bir
usullarini batafsil ko’rib chiqamiz:
1.
WebMoney Keeper dasturiga kirish uchun foydalanuvchining
unikal 13-qiymatli identifikatsiya raqami, uning shaxsiy paroli,
375
shuningdek, kompyuter xotirasidagi mahfiy kalitlar va hamyonlar bo’lgan fayllarni
joylashgan joyini bilish zarur bo’ladi.
2.
Tizimdagi barcha axborotlar axborotlarni himoya qilshning
kalit o`zunligi 1024 bit bo’lgan, RSAra o’xshash algoritmdan foydalanilgan holda
kodlashtirilgan ko’rinishda uzatiladi. Har bir seans uchun unikal seans kalitidan
foydalaniladi. Shuning uchun seans vaqtida (transaktsiyalarni amalga oshirish
vaqti) foydalanuvchining o’zidan boshqa hech kim to’lovni nimaga tayinlanganligi
va uning summasini bilish imkoniyatiga ega emas.
To’lov tizimlari orasida internet-banking vazifalarini bajaruvchi, ya’ni,
internet tarmog’i orqali bank operatsiyalarini olib borishga imkon beradigan
tizimlar alohida guruhni tashkil qiladi. Ular orqali amalga oshirish mumkin
bo’lgan operatsiyalar o’z ichiga amaliy jihatdan amalga oshirilgan
operatsiyalardan ko’chirma olish bilan bank hisob raqamlarini boshqarishda to’liq
xizmatlar to’plamini oladi.
«Uy banki» tizimi xususiy shaxslarni real bankdagi hisob-raqamlarini
internet tarmog’i orqali boshqarish uchun mo’ljallangan «Uy banki» o’z
foydalanuvchilariga real vaqt tartibida va planetaning ixtiyoriy nuqtasidan tunu-kun
to’laqonli bank servis xizmatlarini taqdim etiladi. «Uy banki» real vaqt tartibida
internet tarmoqi orqali bir qancha operatsiyalarni amalga oshirishga imkon
beradi.
Adapter kompyuterga LPT yoki COM portlari orqali ulanadi. Xotira
kaliti elementi (Touch memory) foydalanuvchining unikal kalitlarini ifoda
qiladi va «Uy banki» tizimida mijozni ro’yxatga olish raqami hisoblanadi.
Tizimda har qanday operatsiyani amalga oshirish vaqtida bu jarayonni xotira
kaliti elementi va parol bilan tasdiqlash lozim bo’ladi. «Uy banki» dasturiy
komponenti Microsoft Internet Explorer 5 uchun modul ko’rinishida bajarilgan
bo’lib, qurilma bilan birga taqdim etiladi.
Internet-banking vazifalarini bajaruvchi ikkinchi tizim «Telebank»
deb nomlanib, bu tizim xususiy shaxslarga masofadan turib bank xizmatlarini
ko’rsatilishiga imkon beradi. Operatsiyalar o`zluksiz va internet yoki telefon orqali
ixtiyoriy joydan amalga oshiriladi.
Mijoz to’lovni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi chiptani, shuningdek,
hisob-raqami bo’yicha barcha ko’chirmalarni internet orqali avtomatlashtirilgan
tartibda faks yordamida yoki bevosita bankning ofisidan olish mumkin.
Rossiyaning «Rapida» to’lov tizimi 2001 yil ssntyabrda bozorga kirib
kelgan bo’lib, moliyaviy institutlarning naqd bo’lmagan masofaviy hisob
kitoblari an’anaviy amaliyotini oxirgi yuqori texnologik yutuqlar bilan birgalikda
olib boradigan yangi avlodi hisoblanadi.
O’zining hisob-raqamlarini masofadan turib boshqarish g’oyasi
foydalanish uchun etarlicha jozibalidir - o’z mablag`’larini kafolatlangan xavfsiz
joyda saqlash va shu bilan bir vaqtda saqlanish joyidan qanchalik o`zoq bo’lmasin
xohlagan vaqtda undan foydalanish mumkin.
Avtomatlashtirilgan masofaviy hisob-kitoblar g’oyasini
O’zbekistonda qo’llanishi bir muncha kechiqmoqda. Buni iqtisodiyotni tubdan
qayta qurilayotganligi, aholi asosiy qismining daromadlarini past darajadaligi va
376
bank tizimiga bo’lgan ishonchsizlik bilan izohlash mumkim. Sho`nga qaramay,
keyingi vaqtlarda masofaviy hisob-kitoblarning plastik kartochkalar kabi
instrumentlarini keng ommalashib borayotganligi kuzatilmoqda. Ularga
bo’lgan ob’ektiv talab yuqori bo’lsada, undan aholining juda ham kichiq qismi
foydalanmoqda - kimlargadir kartochka tizimi murakkab tuyulsa, boshqalarini
o`nga ko’rsatiladigan xizmatlap bahosi cho’chitadi.
«Rapida» to’lov tizimidagi barcha hisob-kitoblar nobank kredit tashkilot
bo’lgan «Banklararo elektron hisob-kitoblar palatasi»ning (BEHP NKT) hisob-
kitob markazi orqali amalga oshirilib, bu tashkilot chet el valyutalarida hisob-
kitoblarni olib boorish litsenziyasiga ham ega. Bundan tashqari hisob-kitob
markazining vazifalariga tizimining to’lov instrumentlari - «Rapida» plastik
kartochkalarining emissiyasi ham kiradi.
Bank bu tizimga a’zo bo’lib kirar ekan, BEHP MKTda o’z
korrespondentlik hisob-raqamini ochadi va undan «Rapida» to’lov
tizimidagi banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda, bankning ko’rsatmasiga
asosan boshqa har qanday to’lovlarni amalga oshirish uchui ham
foydalanilib, bank
korrespondentlik hisob-raqamidagi pul mablag`’lari qoldiqlarini o’z
mijozlarining talablaridan kelib chiqib mustqil holda tartibga soladi.
To’lovchi «Rapida» to’lov tizimining o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish
interfeysidan foydalanib tizim protsessing-markazining elektron raqamli
imzosi qo’yilgan elektron hujjatga qayta shakllanadigan to’lov instruktsiyasini
shakllantiradi va bu hujjat avtorlashtirish uchun bank ABTga uzatiladi.
Protsessing markaz bilan birlashish jarayonida oddiylikni
ta’minlash maqsadida maxsus formatlangan xabarlar protokoli ishlab
chiqilgan. Formatlangan xabarlar protokoli o’z ichiga nafaqat hisob-
kitoblar uchun instruktsiyalar, agarda ABT quvvatlasa bankni xohishiga ko’ra
hisob-raqamlarini boshqarishda foydalanish mumkin bo’lgan instruktsiyalarni ham
oladi. Bunday hisob-kitoblar turining yctunligi protsessing markazga ulanishning
kam harajatliligi bo’lib, bu asosan 75 AQSh dollari bahosidagi kriptografik dasturiy
ta’minot majmualarini sotib olish bilan amalga oshiriladi. Shuning bilan birga, bu
tizim har qanday turdagi ABT bilan qo’shilib ketish qobiliyatiga ega.
Tabiiy holda, kartochka tizimi boshidanoq mablag`’larni ro’yxatdan
chiqarish so’rovlarini tezkor avtorlashtirish uchun mo’ljallanganligi muhim
omil hisoblanadi. Bunday holda, kartochka tizimini protsessini markazi bilan
birlashtirish uchun formatlangan xabarlar protokolini kartochka tizimida
foydalaniladigan protokollarga va aksincha ikki tomonlama qayta
shakllantirishlarni bajaruvchi maxsus shlyo`z-konverotdan foydalaniladi. Shlyo`z-
konvertor bank tomonida yoki tashqi protsessing markazida o’rnatiladi Bank
kartochkalaridan foydalanib, mijoz bankomatdan naqd pul mablag`’larini
olishi yoki supermarketdan mahsulot sotib olishda foydalanishi mumkin,
«Rapida» tizimi esa aynan shu hisob-raqamidan telekommunikatsiya va maishiy
xizmatlarga to’lovlar to’lashda, internet-do’kondan haridlar qilishda va ko’plab
shu turdagi to’lovlarni foydalanib amalga oshirishga imkon beradi.
«Rapida» tiziminiig asosiy xususiyati shundan iboratki, uning mijozlari
amaliy jihatdan har qanday moliyaviy risklardan holi bo’ladi. Bu esa BEHPni
377
lizenziyaga ega bo’lgan nobank kredit tashkilot ekanligi bilan bog’liqdir. Bu
uning aktiv operatsiyalar bilan shug’ullanmasligini va jismoniy shaxslarga hisob-
raqamlari ochmasligini, uning vazifalariga faqat hisob-kitoblanii amalga oshirish
kirishini bildiradi.
MAVZU 31.
Dostları ilə paylaş: |