Tabiiyki, kompaniya rahbarlari tartib o’rnatib, hujjat aylanishlardagi u yoki
bu muammolarning tashkiliy echimlarini topadilar. Ko’p hollarda, bu hujjatlarni
tez topishga sharoit yaratish uchun serverda fayllarni joylashtirish sxemasini
tashkil
qilib, hujjatlarni muhokama qilish qo’yish uchun jo’natish
va ijroning bajarilishini
nazorat qilish uchun elektron pochtadan asosiy vosita sifatida foydalandilar. Ammo
bu ko’rilgan choralar faqat ma’lum vaqtgacha samarali ishlashi mumkin.
So’ngra, kompaniya o’z oldiga yanada murakkab vazifalarni qo’yganda va ustiga-
ustak bu hujjatlar qo’shimcha ravishda hajm jihatdan kattalashganda axborotlarni
saqlashdagi bunday vositalarning hamkorlikni ta’minlashdagi qobiliyatsizligi
ko’rinib qoladi. Hujjat aylanish tizimining asosiy
vazifasi aynan shunday
muammolarni echishga qaratilgan bo’ladi.
Yaqin vaqtlargacha bu masalalar klassik ycyl bo’lgan qog’ozli hujjat aylanish
tizimi yordamida echilar edi. Elektron xabarlardan keng foydalanish inson
faoliyatining hamma sohalariga kirib borayotgan hozirgi kunda hujjat aylanishlar
elektron tizimini joriy qilish imkoniyati paydo bo’ldi.
Korxonani boshqarish faoliyatida ko’p uchraydigan ikki «ish yuritish» va
«hujjat aylanish» atamalari o’rtasidagi farqlarni bilib olish zarurdir.
Har bir korxonada o’ziga xos hujjat aylanish tizimi mavjud bo’ladi. Bu
hujjatlar nafaqat qarorlar, topshiriqlar yoki buyruqlardan iborat bo’lib qolmay, bu
qaror, topshiriq yoki bo’yruqlarning mazmunini ifoda qiluvchi hujjatlardan tashkil
topadi: tashkilotdagi barcha boshqaruv jarayonlari hujjatlar orqali amalga
oshiriladi. Bit o’lchovi kibernetikada axborotlarni o’lchash birligi bo’lgani kabi,
hujjat aylanish tizimida axborot o’lchov birligi hujjat hisoblanadi.
An’anaviy texnologiyaning asosiy muammosi - bu texnologiya operativ
axborotlarni olishda ko’plab miqdordagi jurnal va kartotekalar yuritilishini
talab
qilishidan hujjatlar harakatini har daqiqada markazlashtirilgan holda kuzatib
borishdan iborat bo’lib, ish yuritish amaliy jihatdan aynan hujjatlarni o’zi bilan
ishlashdan tashqarida bo’ladi: rahbar va ijrochilar bevosita hujjatlar bilan
iishaydilar (yoki ularni nusxasi bilan), ish yuritish xodimi ro’yxatga olish
va nazorat
kartochkalari yordamida ular harakatini kuzatib boradi.
379