Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

ADABIYOTLAR 
 
1.
Kenjaboev A.T.,Jumaniyazova M. Elektron biznes asoslari. Toshkent
2007-281 bet. 
2.
Summer A., Dunkan Gr. E-Commerce. Elektronnaya kommertsiya. 
Marketing: Pyataya volna, M., 1999. 
3.
Uilson T. Tsentri elektronnoy torgovli: ne mojet bit legkix resheniy// 
Seti i sistemi svyazi. 2000, 

5, s.102-107. 
4.
Ot elektronnoy torgovli k elektronnoy ekonomike//Ekspert-Algoritm. 
1999. 

6. 
5.
Borba s nalogovimi tenetami vo vsemirnoy pautine// Itogi, 1999. 
6.
Bolshoy Internet//Ekspert. 1999, 

48. 
7.
Rossiyskiy Internet stoit na poroge novogo buma. Analitilcheskiy 
obzor//Itogi, 1999. 
8.
Valet kurera// Dengi. 2000, 30avg. 

34. 
 
 
336


Asosiy atamalar, kategoriyalar va tushunchalar. 
 
“Elektron biznes” fanining paydo bo’lishi muomalaga yangi atamalar, 
kategoriyalar va tushunchalar kiritilishi bilan bog’liqdir. Hozirda tushunchalar 
paydo bo’ldi: elektron magazin, elektron vitrina, elektron pullar, elektron to’lov 
tizimlari, elektron raqamli imzo va h. k. 
Bugo`ngi kunda “Elektron biznes”, “Internet-biznes”, shuningdek “elektron 
savdo” kabi asosiy tushunchalarning turlicha ta’riflari ma’lum. Har bir muallif 
o’zining kasbiy tayyorgarligi va olgan tajribasiga ko’ra mazkur tushunchaga aniq 
ma’no kiritadi. “Elektron biznes” va “elektron savdo” tushunchalarining 
klassifikatsiyasi 1-jadvalda keltirilgan. 
1- jadval
«Elektron biznes», «elektron savdo» tushunchalari ta’rifining tasnifi* 
T/

Tushunchaning taklif 
etilayotgan ta’rifi 
Muallif 
Manba 
1 Elektron biznes – bu
su’ektlar o’rtasidagi
munosabat elektron tarzda
(Internet texnologiyalarni
qo’llagan holda) amalga
oshadigan biznes
jarayonning ixtiyoriy
shaklidir 
A. Summer, Gr. 
Dunkan 
Summer A, Dunkan Gr. E-
COMMERCE. Elektronnaya 
kommertsiya. Marketing: 
Pyataya 
volna. M., 1997 
2 Elektron savdo – biznes
tranzaktsiyasining butun
sikli yoki uning bir qismi
elektron tarzda amalga
oshadigan tovar yoki
xizmatlarni harid qilish-
sotish jarayonidir.
A Summer, 
Gr.Dunkan 
Summer A, Dunkan Gr. E-
COMMERCE. Elektronnaya 
kommertsiya. Marketing: 
Pyataya volna. M., 1999 
3 Elektron biznes deb
ishbilarmon tashkilot bir-
biri bilan tarmoq orqali
bog’langan kompyuterlar
vositasida amalga
oshiradigan har qanday
jarayongan aytiladi 
L.Novomlinskiy http://www.int.kiev.ua/citforum
/im99/ 
im99a/32_novomlinsky.shtml 
4 Elektron biznes - bu 
sub’ektlar o’rtasidagi 
munosabat elektron 
shaklda amalda oshadigan 
biznes jarayonning istalgan 
shaklidir. 
L.Novomlinskiy Doklad na RIF 1998 g. na 
sektsii «Elektronnaya 
kommertsiya v Internete» 
337


Yuqorida keltirilgan “elektron biznes” hamda “Internet-biznes” 
tushunchalarining ta’rifi elektron biznesni zamonaviy tizimining barcha 
elementlarini to’liq aks ettirmaydi. Ularda mazkur tizimni amal qilishning 
maqsadli yo’nalishi mavjud emas, shuningdek biznesni amalga oshirishdagi 
printsipial o’zgarishlar aks ettirilmagan. “Internet-biznes” tushunchasi faoliyat 
turlarini faqatgina savdo va reklama bilan cheklab qoladi. Bir vaqtning o’zida 
tadbirkorlik faoliyatidagi operatsiyalarining katta hajmi mazkur tushunchaga 
kiritilmagan (mahsulotni taqsimlash haqidagi bitim, savdo vakolati, faktoring
lizing, loyihalashtirish, konsalting, investitsiya bitimlari, foydalanish va 
kontsessiya haqidagi kelishuv, birgalikdagi faoliyat va boshqalar). “Elektron 
biznes” tushunchasiga eng ma’qul ta’rifni N.Solovyanenko bergan. 
Elektron biznes 
– bu biznesni an’anaviy turlariga nisbatan yuqori iqtisodiy 
samaradorlikni ta’minlash maqsadida eng ilg’or axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir. 
Ushbu ta’rifga ko’ra, elektron biznes – bu faqatgina elektron savdo emas. 
Elektron biznes – bu Internet tarmog’ida yangi axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo’llashga asoslangan savdogina emas. Uning tarkibiga turli 
biznes – operatsiyalarining katta miqdori kiradi. Elektron biznes yordamida firma 
asosiy maqsadida ifodalangan iqtisodiy va moliyaviy maqsadlarga erishish 
ta’minlanadi. 
“Elektron biznes” atamasi har xil texnologiyalarni o’z ichiga oladi, ular: EDI 
(Electronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashinuvi), elektron 
pochtasi, Internet, intranet (kompaniya ichida ma’lumot almashish), ekstranet 
(tashqi dunyo bilan ma’lumot almashish). 
Elektron savdo 
elektron biznesni alohida turi hisoblanadi. Bu savdoga ko’ra, 
tovar yoki xizmatlarni etkazib beruvchi ularni ma’lum to’lov evaziga taqdim etadi. 
“Elektron savdo chegaralari” kitobi mualliflari quyidagi umumiy ta’rifni 
tavsiya etadilar: “Elektron biznes – biznesning zamonaviy uslubiyati bo’lib, u 
tashkilotlar, ulgurji savdogarlar hamda iste’molchilarga tovarlar va xizmatlar 
sifatini oshirgan holda sarf-harajatlarni qisqartirish hamda etkazib berish tezligini 
oshirishga yordam beradi”. “Ko’rinib turganidek, mualliflar elektron biznes va 
umuman biznes o’rtasida hech qanday farqni e’tirof etmayaptilar. Bundan tashqari, 
“elektron savdo” tushunchasining ushbu ta’rifi an’anaviy savdo uchun xos bo’lgan 
tushunchadan hech qanday farq qilmaydi. 
Ikkalasida ham sarf-harajatlarni qisqartirish, tovarlar va xizmatlar sifatini 
oshirish, shuningdek buyurtmalarni bajarish tezligini oshirish kerak. 
Elektron biznes 
– bu elektron usulda amalga oshiriladigan ishbilarmonlik 
operatsiyalarining har qanday shakllarini o’z ichiga oladigan umumiy 
kontseptsiyadir.
Elektron biznes tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• harid uchun elektron to’lov (pullarni elektron o’tkazmasi, kredit 
kartochkalari, elektron pullar, elektron cheklardan foydalangan holda); 
• haridorga mahsulotni etkazib berish, jumladan jismoniy shaxslarga
tovarlar etkazib berishni boshqaruvi hamda uni nazorati, shuningdek elektron 
usulda tarqatilishi mumkin bo’lgan tovarlarni bevosita etkazib berish; 
338


• mustaqil amal qiladigan firmalar uchun qulay bo’lmagan mahsulot va 
xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini olish uchun mustaqil kompaniyalar
guruhidan iborat virtual korxonani tashkil qilish; 
• ishlab chiqaruvchi – firma va uning savdo hamkorlari bilan birgalikda 
amalga oshiriladigan mustaqil biznes-jarayonlar realizatsiyasi.
Biznes-jarayon – 
bu ma’lum bir tashkiliy to`zilma doirasida 
kompaniyaning aniq biznes (tadbirkorlik) maqsadi amalga oshirishga yordam
beradigan o’zaro bog’langan operatsiyalar yig’indisidir. Bunda to`zilmaviy 
bo’linmalar funktsiyalari hamda ularning o’zaro aloqalari oldindan aniq
belgilangan va qat’iy tasdiqlangan. 
Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo’lgan faoliyat sohalari ham 
turlicha. 
Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo’lgan

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin