ma’lumot Internet tarmog’ida e’lon qilinadi. Sho`nga ko’ra,
har qanday kompaniya
o’z takliflarini elektron ko’rinishda jo’natishi mumkin. E’longa qo’shimcha
ravishda, boshqaruv organlari bo’ladigan savdo-sotiq jarayoni uchun qo’shimcha
qiymat solig’ini sotuvchiga qaytarish kabi imkoniyatlarni ham taklif qilishlari
mumkin. Elektron biznes tashkil qilishning ushbu modeli hozirda boshlang’ich
rivojlanish davrida turibdi.
Elektron biznes tizimini qo’llashni tashkil qilishning keyingi modeli
iste’molchi-administratsiya bo’lib, u hozirgi kunda ishlab chiqilmoqda va bo`nga
ijtimoiy ta’minot sohasi yaqqol misol bo’la oladi.
Qo’shimcha, iste’molchi-iste’molchi modeli (Consumer-to-Consumer, C2C)
bir veb-saytga tashrif buyurishlari
umumiylashgan holda, iste’molchilarning bir-
biri bilan bo’ladigan muomalalarini o’zida aks ettiruvchi bo’limdir. Elektron
biznesning bu sohasiga har qanday elektron magazinlarni kiritish mumkin.
Biror veb-sayt doirasida qiziqishlari bir xil bo’lgan foydalanuvchilar
jamiyati vujudga keladi. Misol tariqasida bunday barqaror
jamiyatlar sarasiga
elektron kim oshdi savdolarini kiritishimiz mumkin. Ular sifat va son tarkibi
bo’yicha oldindan aniq bo’lgan juda yaxshi reklama maydoniga aylanib bormoqda.
Bundan tashqari tashrif buyuruvchilar, odatda, o’z qiziqishlariga ko’ra aniq
guruhlarga ajraladilar; kimdir
avtomobil kim oshdi savdosiga, kimdir esa
kitoblarning kim oshdi savdolariga ko’proq qiziqadilar. Elektron biznes soha
mutaxassislari fikrlariga ko’ra aniq va doimiy salohiyatli haridorlarni o’z
atrofida
jamlagan saytlardagi reklamlar samaradorligi boshqalarga nisbatan ancha yuqori.
Elektron
savdo
faoliyati
jarayonida davlat (Government)ning ishtiroki
natijasida yangi Biznes-davlat (Business-to-Government (B2G)), Davlat-fuqaro
(Government-to-Citizens (G2C)) va davlat-davlat (Government-to-Government
(G2G)) kabi yangi modellar vujudga keldi.
Biznes-davlat (Business-to-Government (B2G))
modelini amalga oshirish
orqali davlat apparati faoliyatini saqlab turish va moliyalashtirish uchun soliq
to’lovchilarning harajatlarini ozaytirish va mablag`’larini tejash ta’minlanadi.
AQSh federal hukumatining 1999 yil 1 dekabrdagi farmonida quyidagilar alohida
ta’kidlab o’tiladi: “...Departament boshliqlari federal xizmatlarni
zaruriy tovar va
mahsulotlar bilan ancha arzon va tez ta’minlashning qaerda imkoni bo’lsa, shu
erda elektron biznesdan foydalanishni targ’ib qilishlari kerak, chunki bunda soliq
to’lovchilar harajatlari ancha kamayadi”. AQSh
hukumati har yili zaruriy
tovarlarni sotib olish uchun 225 mlrd AQSh dollaridan ko’proq mablag`’ sarflaydi.
Dostları ilə paylaş: