Elektron magazin. U Internet tarmog’ida bizneschi tomonidan web-
serverni tashkil qilish asosida amalga oshirilgan vakolatni bildiradi. Bunday
korxonani tashkil qilishdan asosiy maqsad – Internetning qolgan
foydalanuvchilariga tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlashdan
iboratdir. Serverga kirgan salohiyatli haridor gipermatnli ishoralar yordamida va
ko’p sonli multimedia imkoniyatlardan foydalanib mahsulot haqida o’zini
qiziqtirgan ma’lumotni to’liq hajmda olishi mumkin. Tovar barcha talab
etilayotgan iste’mol xususiyatlariga javob bergan taqdirda haridor buyurtma
berishi mumkin. Elektron magazin faoliyat ko’rsatishini har xil variantlari mavjud.
Ba’zida bitimlar va tovar etkazishlarni Internet yordamida faqatgina kuzatib
borilishi ko’zda tutiladi: tovarni tanlash, buyurtma berish, ba’zida to’lov ham.
Biroq tovarni bevosita etkazilishi an’anaviy usulda olib boriladi (tovar – bu
avtomobillar, kompyuterlar, maishiy texnika va boshqalar). Boshqa hollarda
tarmoqni qo’llash tovarni etkazishni Internetdan foydalanish yordamida ko’zda
tutadi.
Maxsus dasturiy ta’minot. O`nga: dasturlashtirish tillari (Java, HTML,
HML va boshqalar); ma’lumotlarni kiritish va chiqishi uchun qoliplar; matnlarni
ko’p tilliligini qo’llab-quvvatlash; web-sahifalar dizayni hamda ularni tayyorlash
usullari; maxsus dasturiy ta’minot va boshqalar kiradi.
HTML (HyperText Marko`p Language) - web-hujjatlarni tashkil qilish
uchun qo’llanadigan kodlarning andozaviy to’plamidir; kompyuterda o’rnatilgan
foydalanuvchining brauzeri HTML yordamida ekranga matnni, rasmlarni hamda
multimedianing boshqa elementlarini qanday ko’rinishda olib chiqish kerakligini
aniqlaydi.
Elektron magazin yoki tizimning savdo qismini boshqarishning dasturiy
majmui – bu onlayn rejimida ishlaydigan savdo tizimini ishlab chiqish va saqlab
turishga yordam beradigan dasturiy ta’minotdir.
Web-kontentni boshqarish tizimlari – bu o’zgaruvchan axborot web-
saytlarini ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlashga yordam beradigan dasturiy
ta’minotdir.
Oldi-sotdi harakatlari xavfsizligini ta’minlaydigan tizim. To’lovlarni
o’tkazishning samarali, arzon va eng muhimi, xavfsiz vositasini ta’minlash
elektron biznes tizimidan samarali foydalanishning eng ahamiyatli shartlaridan biri
bo’lib hisoblanadi.
Internet tarmog’ida kommunikatsiyalarni himoya qilishning har xil usullari
mavjud. Elektron raqamli izmoda