kriptografik nazorat yig’indisini (o’zgarishlarni
payqash kodi yoki
xabarni autentifikatsiyalash kodi deb ham yuritiladi)
shakllantirishga xizmat qilishi mumkin. Bu sifatda xesh-funktsiya xabarning
yaxlitligini nazoratlashda, elektron raqamli imzoni shakllantarishda va tekshirishda
ishlatiladi.
Xesh-funktsiya foydalanuvchini autentifikatsiyalashda ham keng qo’llaniladi.
Axborot xavfsizligining qator texnologiyalarida shifrlashning o’ziga xos usuli
bir tomonlama xesh-funktsiya yordamida shifrlash ishlatiladi. Bu shifrlashning
o’ziga xosligi shundan iboratki, u mohiyati bo’yicha, bir tomonlamadir, ya’ni
teskari muolaja - qabul qiluvchi tomonda rasshifrovka qilish bilan birga olib
borilmaydi. Ikkala taraf (jo’natuvchi va qabul qiluvchi) xesh-funktsiya asosidagi bir
tomonlama shifrlash muolajasidan foydalanadi.
Eng ommabop xesh-funktsiyalar MD2, MD4, MD5 va SHA.
MD2, MD4 va MD5 - R.Rayvest tomonidan ishlab chiqilgan axborot
daydjestini hisoblovchi algoritmlar. Ularning har biri 128 bitli xesh-kodni
to`zadi. MD2 algoritmi eng sekin ishlasa, MD4 algoritmi tez ishlaydi. MD5
algoritmi MD4 algoritmining modifikatsiyasi bo`lib, Natijada,
xavfsizlikning oshirilishi evaziga tezlikdan yutkazilgan. SHA(Secure Hash
Algorithm) 160 bitli
xesh-kod ni to`zuvchi axborot daydjestini hisoblovchi
algoritm. Bu algoritm MD4 va MD5 algoritmlariga nisbatan ishonchliroq.
Elektron raqamli imzo Elektron raqamli imzo – bu berilgan hujjatning rekviziti hisoblanadi va uning
asosiy vazifasi berilgan elektron hujjatni kaalbakisidan ximoya qilishdir. ERI
an’anaviy imzodan farkli ravishda jismoniy emas mantikiy tabiatga ega. Ya’ni
ERI bu simvollar yoki kodlarning ketma-ketligi bo`lib, hujjatni egasini ERI egasi
bilan bevosita boglaydi.
Elektron hujjatlarni tarmoq orqali almashishda ularni ishlash va saqlash
harajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi. Ammo, elektron hujjat muallifini va
hujjatning o’zini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning haqiqiyligini va olingan
elektron hujjatda o’zgarishlarning yo’qligini aniqlash muammosi paydo bo`ladi.
Elektron hujjatlarni autentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo’lgan
jinoyatkorona harakatlardan himoyalashdir. Bunday harakatlarga quyidagilar
kiradi:
-