kelishi mumkinligini va ularga qarshi kurashish uchun nima qilish lozimligini
puxta bilib olish zarur bo`ladi. Hozirgi paytda virus va antiviruslarning turlari shu
qadar k
qaratilg
o`p, hamda ularni xosil qilishda shunchalik ko`p programmistlar bandki,
agar masalaning
mohiyatini tushunmasangiz, bu g`oyalar to`fonida g`arq bo`lib
ketishingiz ham mumkin. Bunda "Ahmoqqa qarshi osongina kurashish mumkin,
lekin topqir ahmoqqa qarshi kurashish juda ham qiyin", - degan iboraning
to`g`riligi yana bir karra isbot bo`ladi, desak xech ham yanglishmagan bo`lar edik.
Kompyuter virusi iborasi 1984 yilda paydo bo`lib, u ommaviy axborot
vositalari, seminarlar va konferentsiyalarda har tomonlama yoritilib borilayapti. Ilk
kompyuter virusi Amerikalik Fred Koen tomonidan yozilgan programma bo`lib,
uning asosiy vazifasi programmalarni noqonuniy ko`chirib olishga qarshi
an edi. Ya’ni, biror-bir programma noqonuniy ko`chirib olib ketilsa, ushbu
yaratilgan programmacha ham unga qo`shilib ko`chiriladi va o`sha
ishlatilgan
kompyuterdagi qimmatli axborotlarni diskdan o`chirishi, fayllarni yo`qotishi va
shunga o`xshash noma’qul ishlarni amalga oshirishi mumkin. Koenning bu ishi
kompyuterlar xavfsizligini ta’minlash bo`yicha anjumanda e’lon qilingandan
so`ng, "XX asr kompyuter vabosi", ya’ni kompyuter viruslari ko`payib, G`arbiy
Yevropa va AQSH bo`ylab tarqaldi. Obrazli qilib aytganda, «Jaxon bo`ylab bir
sharpa kezib yuribdi – u xam bo`lsa kompyuter virusi sharpasidir» . Ular juda
ko`plab
firmalar, davlat tashkilotlari, ilmiy laboratoriyalar kompyuter tizimlarini
ishdan chiqardi yoki ularga jiddiy zarar yetkazdi. Hozirgi paytga qadar
kompyuterlarni viruslar xujumidan asrash dolzarb vazifalardan biri bo`lib
qolmoqda. Bizga ma’lum bo`lgan kompyuter viruslari asosan bir xil tuzilishga ega.
Ular to`rt qismdan iborat bo`lib, uning birinchi qismi virusning kompyuter
xotirasiga kirishini ta’minlaydi, ikkinchi qismi virusni qattiq yoki egiluvchan
diskka nushalashga xizmat qiladi. Bunda virus fayllarga qo`shilib
olishi yoki
diskning ishga tushirish sektoriga joylashib olishi mumkin. Uchinchi qismda virus
o`z faoliyatini qanday sharoitlarda boshlashi zarurligi ko`rsatilsa, to`rtinchi qismda
uning algoritmi bayon etiladi.
Agar kompyuter virusi kompyuteringizga tushib kolsa, u uzini kuyidagicha
namoyon kiladi:
•
Ba’zi bir programmalar ishlamaydi
yoki yomon ishlay boshlaydi
•
Ekranga boshkacha xabarlar yoki simvollar chika boshlaydi
•
Kompyuterning ishlash tezligi ancha sekinlashadi
•
Ba’zi bir fayllar buziladi, uzgaradi yoki kattalashadi
•
Operativ xotiraning
bush joyi kiskaradi
•
Programmalarni yuklash sekinlashadi.
Kompyuter virusining o`z faoliyatini qanday bajarishini
Dostları ilə paylaş: