Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 161,5 Kb.
səhifə3/12
tarix02.01.2022
ölçüsü161,5 Kb.
#1422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Yumashev G.S. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Medistina» 1990. – 575s.

  2. Musalatov X.A. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Medistina» 1995. –530s.

  3. Musalatov X., Yumashev G., Silin L. «Travmatologiya va ortopediya» T., «Iqtisod-Moliya» 2007. –530s.

4. WWW.ejbjs.org WWW.jbjs org.uk WWW.traumatic.ru WWW.trauma.bd.ru

Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:

Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo’lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti bemorlarga yo’naltirilgandir. Bu tashkiliy institustional keys bo’lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha, tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan o’quv mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.

Ushbu keysdan “Travmatologiya-ortopediya, anezteziologiya-reanimastiya va umumiy jarroxlik” fanlarida foydalanish mumkin.
KEYS: Suyaklar va bo’imlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari.

Kirish. Ortopedo-travmatologik kasallarni tekshirish usullari bir qancha o’ziga xosdir. Tekshirish qat’iy belgilangan usullar klinik, rentgenologik, laborator va asbob uskunalar bilan olib boriladi: bemor shikoyati va anamnezini to’plash, ko’rik, pal’pasiya, bo’imlar harakat hajmini aniqlash, mushak funksiyasi va kuchini aniqlash, o’lchash va h.k. Shunday ketma ketlikda tekshirish tayanch harakat sistemasi jarohatlangan va kasallangan bemorlarga nafaqat to’ri tashxis qo’yish balki shu tashxisni qo’yishda yengillik yaratadi. Shuni ta’kidlash joizki bunda hal qiluvchi tekshirish klinik tekshirishdir. Klinik shifokor har gal ushbu tekshirishlarni qaysi birini qo’llash eng samarali va bu tekshirish tashxis qo’yishda qanday o’rin tutishi haqidagi masalalarni hal etishi kerak. Klinik tekshirishlarni rentgenologik, laborator va asbob uskunalar bilan tekshirish to’ldiradi. Aynan ana shu muammolarni oldini olish yo’llarini ishlab chiqish “Keys stadi”ga asoslanagan o’qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko’nikmalarini egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.

Quyidagi keysUASh shifokorlari uchun shikastlangan bemorlarda oddiy ogriksiz tekshirishdarni, birlamchi tibbiy yordamni malakali ko’rsatib berishga, va samarali ravishda ketma-ketlikni bajarishga imkon yaratadi. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo’yicha xozirgi zamon davolash tamoyillarini va klinik - instrumental tekshirish usullari haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish zarur.

Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:



  • o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qayta topshirish;

  • mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;

  • o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.




Yüklə 161,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin