Ish bosqichlari
|
Maslahatlar va tavsiyanomalar.
|
1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avvalo keys bilan tanishing. “Uzun suyaklar shikastlarida birlamchi tibbiy yordam, Tizza bo’imi shikastida konservativ davolash usullarini tanlash” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqish lozim. O’qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
|
2.Berilgan vaziyat bilan tanishish
|
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o’qib chiqing. Siz uchun muhim bo’lgan satrlarni belgilang, uni ikki uch marotaba o’qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo’ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Xozirgi vaqtda Suyaklar va bo’imlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullarini sanab o’ting va qaysisi aniqlashtirilishi lozimligini aniqlang
|
3.Muammoli vaziyatni tahlil qilish
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
Asosiy muammo: Uzun suyaklar shikastlarida bemorlarga ozor bermagan xolda va bo’lishi mumkin bulgan asoratlarni oldini olgan xolda birlamchi tibbiy yordamni tashkil etishdir.
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
-
Bemor umumiy axvoli va shikastni ogirlik darajasini aniqlash?
-
Birlamchi tibbiy yordamni nimadan boshlamok zarur?
-
Yogli va tromboemboliya profilaktisida kanday chora tadbirlar utkaziladi?
Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling. Shikastlangan bemorlarda UASh oldida kanday vazifalar bilan boliq ekanligini ko’rsatib bering
|
4.Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
|
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko’rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq echimini toping. Jadvalni to’ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting
|