Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə113/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Tayanch iboralar:
Mafkuraviy tarbiya - inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirib g‘oyaviy bilimlarini oshirish. Kosmopolitizm – dunyo fuqaroligi, o‘zini butun dunyoga mansubligini teran anglash g‘oyasi. Kommunizm – chiqarish vositalariga umumiy mulkchilik shaklini targ‘ib qilgan sinfsiz ijtimoiy tuzum haqidagi ta'limot. Milliy g‘ururi – shaxs, ijtimoiy guruhning o‘z-o‘zini anglashidagi moddiy va ma'naviy merosidan faxrlanish tuyg‘usi. Andisha – oqibatni o‘ylab, yuz- xotir qilib yuritilgan mulohaza.
Muhokama uchun savollar
1. Milliy g‘oya va yoshlarning o‘zaro bog‘liqligini bayon eting?
2. Yoshlarni milliy qadriyatlarga qanday yo‘llar bilan to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin?
3. Milliy g‘oyada qadriyatlarning yoshlarni tarbiyalashdagi o‘rni qanday?
4. O‘zbekiston yoshlarining milliy tafakkur tarzini tushuntirib bering?
5. Prezident Islom Karimov asarlarida yoshlarni g‘oyaviy tarbiyalash masalasi qanday yoritilgan?
10-MAVZU: MILLIY ISTIQLOL FOYaSINING INSON ONGI VA QALBIGA SINGIShI: YaNGIChA USLUBLAR, YoNDAShUVLAR
VA TeXNOLOGIYaLAR


Ma'ruza rejasi:
1. Milliy istiqlol g‘oyasini inson ongi va qalbiga yangicha singdirish uslub va yo‘nalishlari.
2. Aholi turli qatlamlarini g‘oyaviy qurollantirish omillari, yondashuvlar va ijtimoiy reklamalar.
3. Ommaviy axborot vositalari, g‘oyaviy ta'sir ko‘rsatish texnologiyalari asosidagi yondashuvlar hamda milliy-madaniy merosni o‘rganish.
4. Mafkuraviy tarbiya ishini samarali tashkil etish imkoniyatlari hamda haqiqat mezoni asosida baholash tamoyillari.


1. Milliy istiqlol g‘oyasini inson ongi va qalbiga yangicha
singdirish uslub va yo‘nalishlari
XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri bo‘lib kirib keldi. Ana shu asrda keng qamrovli va jadal sur'atlarda tarqalayotgan informatsiyalar insonning istaklarini, qarashlarini o‘zgartirishi, fikriga ta'sir qilishi mumkin. «Eng asosiy narsani ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi» degan qudratli targ‘ibot kuchlari kishini hamma yerda va har kuni qurshab turadi. Endilikda xilma-xil usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotning asosiy ob'ekti, maqsadi inson qalbi va ongi uchun kurash maydoniga qaratilmoqda. Bu kuchlarning maqsadi - insonni nimagadir ishontirish, nimagandir undash, nimagadir og‘dirish. Zero, “Ma'naviyg‘ma'rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari hyech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma'naviy islohotlardavlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgani, mafkuraviy tahdid va axborot hurujlar ko‘payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo‘lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabhalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma'naviy-ma'rifiy va mafkuraviy sohada hisoblandi»58.
Demakki, g‘oya faqat inson qalbini egallagan, ma'naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangan taqdirdagina harakatga da'vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, faoliyat dasturiga aylanadi. Shuning uchun ham, bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh maqsadi inson qalbini zabt etish orqali uning ongini egallash bo‘lib qolmoqda59.
Milliy istiqlol g‘oyasini O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strate-giyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan holda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo‘nalishlari mavjud. Bunda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta'lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etiladi.
Milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirishda har bir ota-ona o‘z farzandining maktabgacha tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta'lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishi nihoyatda muhim. Bunda oilaning ta'lim muassasalari tizimiga izchil uyg‘unlashuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha bevosita ta'lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollej-lari, oliy o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta'lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim:
- Vatan tuyg‘usini shakllantirish;
- ona tilimizga muhabbat uyg‘otish;
- milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;
- ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash;
- oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish;
- mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish va hokazo.
Milliy istiqlol g‘oyasini inson ongi va qalbiga singdirish targ‘ibot-tashviqot orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin