2. Panislomizm - X1X asr oxirida O‘rta Sharqdagi musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan diniy - siyosiy oqim. Asoschisi - Jamol ad-din al-Afg‘oniy. Panislomizm tarafdorlari musulmonlarnipng «birligi» va ularni xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirish zarurligi g‘oyasini ilgari surgan. Ayni vaqtda panislomizm tarafdorlari diniy islohotchilik pozitsiyasida turib, islom dinini davr talablariga muvofiq isloh qilishga intilganlar.
XX asr boshlarida Turkiya sultonlari bu nazariyadan foydalanib, musulmon xalqlarini o‘z qo‘l ostida birlashtirishga uringan. Bu oqim Vah-hobiylar, «Hizbut-tahrir» kabi diniy oqimlarda bugungi kunda O‘zbekis-tonda xalifalik davlatini tiklash uchun urinish bo‘ldi.
«Panislomizm» g‘oyasida hozirgi kunda turli xristian konfessiyalari ham targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.
XX asr boshlarida quyidagi oqimlar ham mavjud bo‘lgan.
3. Panturkizm- bolshevizmning ashaddiy dushmani edi. I jahon urushi arafasida «Yosh turklar partiyasi», Rossiyaga qarshi urush ochishda yagona tashviqot-targ‘ibot quroli vazifasini o‘tadi, jadidchilik harakatini avj oldirishda bosh rolni o‘ynadi. Panturkizm oqimi, uning siyosati Tatariston va Boshqiriston o‘lkalariga 1912 yilarda kirib keldi. Bolshevizm XX asr 20-30 yillarda ularni «millatchilik»da ayblab, «Sho‘roga qarshi» sifatida bosh liderlarini qirib tashladi.
Panturkistlar - oq va qizil imperiya istibdodiga, adolatsizlik va tengsizlikka qarshi kurashgan, ozodlik va mustaqillik yo‘lida jon fido qilganlar sifatida tarixda qolishdi. Ular qonxo‘rlik, hunrezlik va zulmga qarshi adolat uchun kurashuvchi xalqparvarlar edi.17 1) Rossiyada bolsheviklar tomonidan «mushtumzo‘r - pomeshnik» hisoblangan Kondratev guruhi «Sanoat partiyasi» yuzaga kelgan.
2) Tataristonda panislomizm va panturkizm oqimlari sifatida «Sulton Alievchilik» qaror topgan edi.
3) Qirimda «Ibrahimovchilik».
4) Ozarbayjonda «Milliy partiya».
5) O‘zbekistonda «Munavarqorichilik» - «Milliy istiqlol» mahfiy partiyasi faoliyat ko‘rsatgan.
4. Pansovetizm. Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansove-tizm bilan o‘ziga xos tarzda qo‘shilib ketgan. Pansovetizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muayyan yaqinlik, o‘xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog‘liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan.
Ammo, Prezidentimiz o‘rinli ta'kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-ko‘zini aylantirib, o‘z umrini yashab bo‘lgan g‘oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo‘l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir so‘z bilan aytganda, milliy o‘zligimizni yo‘qotishga qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur.