Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Globallashuv jarayonida milliy g‘oyaga ehtiyoj



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə41/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

2. Globallashuv jarayonida milliy g‘oyaga ehtiyoj
Globallashuv jarayonida milliy istiqlol g‘oyasining eng muhim funksiyasi, ya'ni milliy va ma'naviy o‘zlikni himoyalash alohida ahamiyat kasb etadi. Aslida milliy g‘oyaning 1) bilish; 2) tarbiyaviy; 3) regulyativ; 4) kommunikativ; 5) normativ, qadriyatli; 6) safarbar etish, yo‘naltirish; 7) himoya; 8) g‘oyaviy bandlik kabi funksiyalarni bajarishi uchun yoshlar va aholi ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e'tiqod sifatida shakllanishi lozim.
Milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishda ma'naviyatni rivojlantirishda asosiy yondashuv ma'rifiy yondashuv bo‘lsa ham bu jarayon milliy istiqlol g‘oyasining xususiyatlari bilan bog‘liq. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g‘oyaga bo‘lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi. Aslini olganda, globallashuv jarayoni bo‘lmasa, milliy g‘oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. Chunki globallashuv bo‘lmaganda har bir xalq va millatning ma'naviyati o‘zicha mavjud bo‘lar va imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta'sir va tahdidning yo‘qligi esa milliy g‘oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi.
Milliy istiqlol g‘oyasining mohiyati shundaki, u odamlar ongida, xotirasida g‘oyaligicha qolmay, amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy istiqlol g‘oyasi bo‘lishi mumkin. Shundagina u globallashuv sharoitida milliy ma'naviyatni va ma'naviy o‘zlikni tashqi nosog‘lom g‘oyaviy tahdidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi19.
Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e'tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta'minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o‘ziga qaram qilishga bo‘layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin.
Diniy aqidaparastlik ham shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat'iy nazar, barcha musulmonlarning ma'naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib, ularni yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g‘oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu ideologiya diniy asosda birlashuv g‘oyasini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Ammo, jiddiy e'tibor beriladigan bo‘lsa, birinchidan, ular milliy suverenitetdan voz kechish hisobiga yagona davlat tuzishni ko‘zlayotganliklari ma'lum bo‘ladi. Ikkinchidan, xalifalikni tiklashga, uning to‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu hol aynan millat sifatida o‘zligimizni anglashga yo‘l qo‘ymasligini yashiradilar.
Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e'tiqod qilishimizga alohida urg‘u beradilar. Bundan tashqari, bu oqim tarafdorlari xalifalik bayrog‘i ostida birlashishni noislomiy dunyoga qarshi turish maqsadi bilan bog‘lashlarini ham ta'kidlash zarur.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin