2. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning asosiy tamoyillari. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik demokratik, adolatli jamiyat qurishning eng muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Barqarorlik - tinchlik, osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qat'iy, uzil-kesil hamda mustahkam o‘rnatilgan muhim shart. Barqarorlik, tinchlik, totuvlik - bular davlatchiligimizning yangi binosi barpo qilinadigan poydevoridir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigan yo‘ldir.29 Barqarorlik, avvalo, har qanday taraqqiyot, bunyodkorlik faoliyatining zaruriy sharti va zamini hisoblanadi.
Ijtimoiy barqarorlik30: 1) jamiyat hayotining osoyishtaligi; 2) ij-timoiy tuzum elementlarining uyg‘unligi; 3) jamiyatdagi ijtimoiy birlik-lar (millatlar, turli ijtimoiy qatlamlar va boshqa) vakillarining ham-korligi va hamjihatligi.
Barqarorlik insoniyat tarixida yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyati uchun asos bo‘lgan. Qadimgi mashhur faylasuf Konfutsiy: «Farovonlik- maqsad, islohotlar - unga erishish yo‘li, barqarorlik esa shart-sharoitdir» deb bejiz aytmagan. Ana shu sababdan ham jamiyat hayotida barqarorlikka intilib kelingan, barqarorlik, boshboshdoqlik bo‘lmasligi uchun harakat qilingan.
4.5-chizma.
«Biz mavjud real xavf-xatarlarga jiddiy qaraymiz. Ayni vaqtda imkoniyatlarimizni, jozibali jihatlarimiz va afzal tomonlarimizni ham bilamiz. Bizning mineral xomashyo, insoniy va ishlab chiqarish zahiralarimiz ichki barqarorligimizning va xalqaro nufuzimizning mustahkam kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz XX1 asrda jahon iqtisodiyoti, madaniyati va siyosatida munosib o‘rin olish uchun tarixiy imkoniyatlarga ega». Islom Karimov.