Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə61/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Tarixiy qonuniyat: bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish dav-rida g‘oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Buni chizma shaklida quyidagicha izohlash mumkin.
4.3-chizma.



Umrini o‘tab bo‘lgan jamiyatning g‘oyasi, aqida
yoki mafkurasi




Yangi jamiyatning yangi bir g‘oyasi, ilg‘or bir fikrning shakllanishiga ehtiyoj















M a m l a k a t













Ijtimoiy ong va tafakkurning o‘zgarishi, yangicha dunyoqarash shakllanishi uchun zarur


bo‘lgan o‘tish davri




Aynan shu sharoitda xalq va davlatning ezgu maqsadlariga yot va zararli bo‘lgan, jamiyat hayotiga o‘z ta'sirini o‘tkazishga harakat qilishi muqarrar bo‘lgan begona g‘oyalar

Ular asosida hozirda jamiyatimiz hayotiga jiddiy


xavf tug‘diradigan mafkuraviy tahdidlar:



  • islom xalifaligini tiklab, uning bayrog‘i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar;

  • yosh mustaqil davlatlarni sobiq ittifoqqa birlashtirish g‘oyasi;

  • tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini soxtalashtirishga urinishlar;

  • axloqsizlik g‘oyalarini yoyib, xalqni ma'naviy jihatdan buzishga intilishlar;

  • turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar.

Bu chizma shaklida quyidagicha izohlash mumkin:
4.4-chizma.



Mintaqaviy
mojarolar










Etnik va millat-
lararo ziddiyatlar
















Diniy ekstremizm


va fundamentalizm




O‘zbekistonning xavfsizligiga tahdidlar




Korrupsiya va


jinoyatchilik
















Ekologiya
muammolar










Mahalliychilik va
urug‘-aymoqchilik

Mamlakatimizdagi barqarorlik va mustaqillikni mustahkamlashga halaqit beruvchilarning niyati istiqlol yo‘lidan borayotgan O‘zbekistondagi g‘oyaviy bo‘shliqni o‘z g‘oyalari bilan to‘ldirib, mamlakatimiz hududidagi beqiyos boyliklarga egalik qilish, xalqimizni o‘z siyosati, o‘z hukmronligiga bo‘ysundirishni, eng yomoni, mana shu muhim geopolitik maydonni o‘z ta'sir doirasiga olishdan iboratdir.
Mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizda eski mafkura asoratlariga, quruq safsatabozlikka, xalqimiz manfaatlariga zid bo‘lgan sobiq siyosiy va mafkuraviy tuzilmalarga barham berildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy muhofaza, millati, dini va e'tiqodidan qat'iy nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini, qonunning ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Jamiyatdagi sog‘lom ijtimoiy-siyosiy muhitni buzadigan, odamlar fikrini chalg‘itadigan noxush holatlarga barham berildi. Mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, hamjihat bo‘lish, barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga berilmay, aql-idrok bilan foydalanish yo‘li tutildi.
Aslida «fundamentalizm» va «ekstremizm» g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko‘zlangan maqsad - dinning qadriyatlarini qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‘oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, oxir - oqibat esa hokimiyatni qo‘lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib bo‘lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash g‘oyasiga ham zo‘r berilishi bilan bog‘liq. Bugun diniy ekstremizm va fundamentalizm oqimlari tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo‘poruvchilik va terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad, yo‘l va uslublarga tayanmoqda.
O‘zlarini islom dinining «himoyachilari» deb ko‘rsatishga urinayotgan terroristlarning asl niyati chinakam islomiy qadriyatlarni tiklash emas, balki hokimiyatni qo‘lga kiritish, Markaziy Osiyodagi mamlakatlarni o‘zlari tanlagan yo‘ldan qaytarish va butun mintaqada o‘z hukmronligini o‘rnatishdir.
Umuman, XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ‘ibotlar kurashi davri, deb tavsiflash mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo‘lib ko‘rinsada, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ‘iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‘oya, maqsad shakli o‘zgargan. Masalan, ana shunday g‘oyalardan biri «Xalifalik davlatini tuzish» g‘oyasidir. «Xalifa» so‘zining lug‘aviy ma'nosi - «o‘rinbosar», terminologik ma'nosi «musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig‘i» deb talqin etiladi. Xalifalik davlati mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo‘lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatining boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut-tahrir» da'vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so‘ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo‘ladi». Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni to‘kilsa-da, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da'vat etmoqdalar.
«Hizbut-tahrir» - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bo‘lib, 1952 yilda Quddus shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (1909-1978) tomonidan, «Al-Ixvon al musliman» rahbari Sayid Qutb bilan kelisha olmay qolganlaridan keyin tashkil etilgan. «Hizbut-tahrir» (Ozodlik) partiyasi g‘oyasiga ko‘ra musulmon davlatlarida mavjud bo‘lgan tuzumni o‘zgartirib, «xalifalik» davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik uchun «Islom dini» niqobi ostida «Ozodlik» partiyasiga asos solinib, bu «Hizbut-tahrir» partiya-sining idoraviy to‘plamlari va boshqa qonunlari ishlab chiqilgan25...



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin