2) O‘zbekiston polietnik davlat bo‘lganligi bois, millatlararo va hamkorlikni ta'minlash bilan bog‘liq. O‘zbekistonda 130 ga yaqin millat va elatlar yashamoqda. Bugungi kunda respublikamizda 90 dan ortiq milliy-madaniy markaz ishlab turibdi. Bu markazlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashdagi roli beqiyos.
3) Respublikada 15 ta diniy konfessiyaga mansub 1900 dan ziyod diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Mirarab madrasasi, Toshkent Islom universiteti, 14 ta madrasa, 400 ga yaqin diniy musulmon o‘quv muassasalari, boshqa dinlarga tegishli 19 o‘quv yurti ishlab turibdi. Diniy ta'limot muassasalarida 4200 dan ortiq yoshlar dinlar asoslarini hamda dunyoviy bilimlarni o‘rganmoqda32. Ana shu diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosa-batlarni doimiy ravishda yaxshilab borish va bir-birlarini hurmatlash, e'zozlash muhim tamoyillardan biri sanaladi.
4) Jamiyat a'zolarining haq-huquqlarini ta'minlash. Asosiy qonunimiz bo‘lgan O‘zbekiston Konstitutsiyasida ko‘rsatilganidek, to‘la-to‘kis amalga oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy asoslarini ta'minlab berish lozim. Xalqimizda mustaqillik - bu huquq degan aqida ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun asos sifatida xizmat qiladi. Prezidentimiz Islom Karimov «Mustaqillik so‘zining nafaqat o‘zini erkin sezish, o‘z hayotini qurish, balki o‘z hayot-mamotini hal etishda katta huquqqa egalik ham demakdir»33, degan edi.
5) Prezidentimiz Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asrga intil-moqda» asarida 2004-2005 yillargacha mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasining oltinchi ustuvor yo‘nalishi - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlashdan iborat bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab berdi34. 6) Jamiyat a'zolari barcha toifalarining turmush darajasini yuksaltirish sari yo‘lidan borish va uning farovonligini oshirish eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Bu borada davlat narx-navoni to‘la nazorat qilib, jamiyatning turli xil toifa, mutaxassis ishchi-xodimlari maoshlarini mutanosiblikda olib borish ham muhim siyosiy ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir.
7) Mamlakatda tinchlikni, osoyishtalikni ta'minlash uchun Qurolli Kuchlarni, Mudofaa qudratini harbiy-texnikaviy jihatdan qayta qurollan-tirish va yangilash, milliy armiyamiz salohiyatini oshira borish - ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashning tamoyillaridan biri.
8) Shu munosabat bilan mamlakatimiz chegaralarini qo‘riqlash, mustahkamlash maqsadida qudratli rivojlangan davlatlar bilan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ayniqsa harbiy sohalardagi aloqalarni mustahkamlash yo‘li birdan bir to‘g‘ri yo‘l va nihoyatda katta ahamiyat kasb etgan tamoyillardan biridir. Bu borada Prezident Islom Karimov 2001 yil 3-5 may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi. Shuningdek, 2005 yil 25 mayda mamlakatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldi. Tashriflar davomida savdo-iqtisodiy munosabatlar, Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalasiga, mintaqada xalqaro terrorchi-likka qarshi birgalikda kurash masalalariga katta e'tibor qaratildi. Mazkur davlatlar o‘rtasida imzo chekilgan hujjatlarning qimmati va ahamiyati benihoya kattadir.