5.3-chizma.
Iqtisodiy sohadagi vazifalari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish:
1. Iqtisodiyo hayotni erkinlashtirish
2. Xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish
3. Iqtisodiyotga xorij sarmoyasini jalb etish
4. Mamlakat iqtisodiyotining jahon tizimiga integratsiyalashuvi
5. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish va ularni amalga joriy qilishning tayyor andozasi yo‘q. Bizning mamlakatimiz iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, qazilma boyliklari va iqlim sharoiti, tabiiy resurslari, xalqimizning mentaliteti, aholi tarkibi va o‘sishi biror mamlakatnikiga aynan o‘xshamaydi. Boshqa davlatlarda yaxshigina samara beradigan taraqqiyot modeli bizda hyech qanday natija bermasligi ham mumkin edi. Tanlab olingan bu yo‘l hamda unga xos milliy istiqlol g‘oyasining strategik maqsadlari jamiyat hayotining iqtisodiy sohasidagi jarayonlarni o‘zida aks ettiradi.
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini mustahkamlash istagi-umumiy taqdir va kelajak, O‘zbekistonda yashaydigan barcha fuqarolarning ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlashni nazarda tutadi. Bu sohada ham hayotni yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarilishga da'vat etadi. Bugungi hayotiy, zarurat ana shuni taqozo etmoqda. Har bir kishining farovonligi xalq farovonligi va faoliyatining asosidir.
Jamiyatimiz ijtimoiy munosabatlar xarakteriga, davlat va ijtimoiy institutlar jamoat tashkilotlarining o‘zaro ta'siriga ko‘ra, fuqarolik mamlakatiga aylanmoqda. Unda ijtimoiy guruhlar, qatlamlar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik, barcha millat va elatlararo o‘rtasida tinch-totuvlik, umummilliy mushtaraklik yanada mustahkamlanmoqda.
5.4-chizma.
Ijtimoiy sohadagi vazifalari
Bozor munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish:
1. Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, aholining yordamga
muhtoj qatlamlarini muhofazalash
2. Ma'naviyat beshigi - oilaning jamiyatdagi mavqyeini oshirish
3. Fuqarolarning huquqiy tengligi, qonun ustuvorligini ta'minlash
4. Komil insonni tarbiyalash
Ijtimoiy taraqqiyotga intilayotgan, siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yo‘lidan borayotgan har qanday jamiyat huquqiy madaniyati yuksak, ozod va erkin shaxsni tarbiyalashga intiladi. Zero, shundagina demokratiya, fikr va vijdon erkinligi, plyuralizm va inson huquqlarini ta'minlash, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga amal qilib yashash tamoyili jamiyat hayotining asosiy mezoniga aylanadi. Chunki demokra-tiyaning ijodkori, amalga oshiruvchisi, rivojlantiruvchisi - insondir. Demokratiya - faqat xalq hokimiyati bo‘lib, qolmay, u ayni paytda har bir inson, har bir jamoa va butun xalqning o‘z mamlakati kelajagi, o‘z taqdiri oldidagi mas'uliyati hamdir.
O‘z navbatida demokratiya, siyosiy hayotni erkinlashtirish orqali fuqarolardan o‘z manfaatlarini davlat va jamiyat manfaati bilan uyg‘unlashtirishni, yuksak siyosiy madaniyatga ega bo‘lishni talab qiladi.
Partiyalarning jamiyat siyosiy hayotida faol ishtirok etishi, eng avvalo, parlament Qonunchilik palatasi ishida o‘z vakillari orqali ishtirok etuvchi partiyalarning demokratik qonunlar qabul qilish va ularni hayotga tatbiq etish borasida faollik ko‘rsatishi, parlament orqali ijroiya hokimiyat faoliyatini nazorat qilib borishi turli manfaatlar, kuchlar o‘rtasidagi muvozanatni vujudga keltiruvchi asosiy omildir. Shu boisdan ham Prezident Islom Karimov 2005 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining birinchi yig‘ilishida «Parlament - jamiyat hayotining ko‘zgusi» mavzuidagi nutqida ta'kidlaganidek, «bugungi Qonunchilik palatasida qonunlarni ishlab chiqish partiyalar vakolatiga topshirildi va barchamiz buni yaxshi anglashimiz lozim»37. Bugungi kunda mamlakatimizda parlamenti o‘z fraksiyalariga ega bo‘lgan quyidagi 5 ta partiyaga ega:
O‘zbekiston xalq demokratik (O‘zXDP) partiyasi (1991 yil 1 noyabr).
O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi (1995 yil 18 fevral).
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (1995 yil 3 iyun).
O‘zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (1998 yil 29 dekabr, 2000 yil 14 aprelda unga «Vatan taraqqiyoti» partiyasi qo‘shilib qayta nomlandi).
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (2003 yil 15 noyabr).
Dostları ilə paylaş: |