Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Mafkuraning falsafiy ildizlari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə10/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Mafkuraning falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga Farbdagi Uyg‘onish davrini hamda o‘rta asrlarda o‘z milliy davlatchiligini tiklay boshlagan yevropa xalqlarining har biri o‘ziga xos mafkurasini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur mafkuralar Rim imperiyasi parchalanganidan keyin o‘z davlatchiligiga ega bo‘lgan xalqlarning o‘ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalari asosida shakllandi. Shu bois o‘sha davrdagi italyan, ingliz, fransuz falsafasi o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta'limotlar, ma'rifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. Kant, Gegel, Feyerbax kabi mutafakkirlar nomi bilan shuhrat topgan nemis falsafasi xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Jumladan, haqiqiy milliy xususiyatlarga ega bo‘lgan Gegel falsafasi Avstriya imperiyasidan ajralib, mustaqillik yo‘lini tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan edi.
Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma'rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume'tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi xususiyat-lar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo‘li bilan kafolatlanadi. Ana shunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tamoyil asosida rivojlanadi, ya'ni dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini aslo inkor etmaydi.
Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog‘liq ekani va shu bois uning g‘oyaviy ildizlari diniy ta'limotlarga borib taqalishi tushuniladi. Ya'ni, ko‘pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «Qur'on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g‘oyalar muayyan darajada o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz.
Xitoy xalqining taraqqiyot yo‘lini asoslab bergan Kon-fu-siy va Lao-szining ta'limotlari ham diniy qarashlarga asoslangan edi. Bu ta'limotlar asrlar mobaynida Xitoy xalqining milliy mafkurasi bo‘lib kelgan.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin