Œзбекистон республикаси олий ва œрта


-mavzu: 20-30 YILLARDA SOVYeT XOKIMIYaTINING UZBYeKISTONDA YuRITGAN IKTISODIY, MADANIY SIYoSATI, UNING MUSTAMLAKACHILIK MOXIYaTI. SIYoSIY KATAGONLIK



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə13/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#119417
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
узбек т. маъруза А.А.Э. Yu Ergasheva

11-mavzu: 20-30 YILLARDA SOVYeT XOKIMIYaTINING UZBYeKISTONDA YuRITGAN IKTISODIY, MADANIY SIYoSATI, UNING MUSTAMLAKACHILIK MOXIYaTI. SIYoSIY KATAGONLIK


Reja:

  1. 20-30 yillarda ¡zbekistonning ijtimoiy-siyosiy axvoli.

  2. ¡zbekistonda agrar va sanoatlashtirish soxasidagi siyosat.

  3. ¡zbekiston madaniy hayotidagi qaramlik. Siyosiy qatag’onlik.



Adabiyotlar:
3,4,8,60,64,85,98,102

Tayanch tushunchalar: Milliy arboblar safini bўlib tashlash siyosati, «Musbyuro», «18 lar guruxi», «inagomovchilik», «kosimovchilik», «Milliy istiklol» tashkiloti, ma‘muriy buyrukbozlik tizimi, fan va madaniyat xomiylari katagoni, sovet xokimiyatining din va diniy tashkilotlarga munosabati, katagonlikning yangi tulkini.


Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan Oktyabr tuntarishi Turkiston xalklarining ozodlik va mustakillikka erishish tugrisidagi umidlarini oklamadi. Turkistonda yarim asrdan ortik davom etgan chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmi shurolar davrida xam uzgarmadi, fakatgina nikoblar almashtirildi, xolos. Shuni aloxida ta‘kidlab utish lozimki, dastlab milliy ziyolilarning ma‘lum kismi va maxalliy kommunistlar bolsheviklarning balandparvoz ishlariga katta ishonch bilan karaganlar, ijtimoiy adolat urnatishni orzu kilganlar.


Birok tez orada ularning kuz oldida shurolar xokimiyati jar solgan millatlarning uz takdirini uzi belgilash xukuki asosida tuzilgan. “Kukon muxtoriyati”ning tugatilishi, bunga javoban avj olgan milliy-ozodlik xarakatiga karshi kullanilgan keskin va shavkatsiz chora-tadbirlarTurkistonning mustakilligi aynan shu balanparvoz goyalar nikobi ostida toptalayotgani namoyon buldi. Ular maxalliy axoliga ishonchsizlik bilan karagan, ulkada deyarli bulmagan proletariat manfaati uchun, aslida esa bolsheviklar manfaati uchun urnatilgan va kuch bilan saklab turilgan bu xokimiyatning asl moxiyatini tushunib yetdilar. Lekin milliy kadrlar, adolatli tuzum xakidagi goyalarga intilib, ulkani aynan shurolar usulida boshkarib unga uz vakillarini kiritish va shu yul bilan ulka mustakilligiga erishish, ijtimoiy adolat urnatish maksadida ish olib bordilar va imkoni boricha shurolar xokimiyatining markazlashtirish, ulug-davlatchilik shovinizmi siyosatiga karshilik kursatdilar. Dastavval ochikdan-ochik olib borilgan kurash, katagonlar va ta‘kiblar okibatida yashirin tus oldi va kariyib 75 yil davom etdi. Kommunistik tuzumning xukmronligi barcha yillari aynan shu yashirin urush bilan ifodalanadi. Albatta, shurolar xokimiyati bu kurash mazmunini va axamiyatini juda yaxshi anglagan edi, shu bois davlat siyosatiga mos kelmaydigan xar bir fikr, milliylikni va ma‘naviyatimizni saklash borasidagi intilishlarni shavkatsiz bostirishga va yuk kilishga intildi. Shuro xokimiyatining uzbek xalkiga nisbatan muntazam ravishda olib borgan katagon va terrorchilik xurujlari aynan shu karama-karshilikning rivojlanish darajasini yakkol namoyon etadi.
SHuro davlati chorizm asos solgan mustamlakachilikni va milliy zulmni eng yukori boskichga kutardi. Uz targibot va tashvikotlarida sovet xokimiyati uzini eng demokratik, xukukiy va xalkparvar jamiyat deb kursatsada, amalda u totalitar davlat boshkaruv shakllaridan edi. Bu davrda nafakat kommunistik partiya kat‘iy yakka xokimligi, balki davlat organlarining jamiyat xayotining barcha soxalarida xam xukmronligi urnatildi. “Xammamizga ma‘lumki, - deb yozadi I.A. Karimov, - biz sunggi 70 yil mobaynida davlatga karamlik va siginish xolatida yashadik. Mamlakatdagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat deb xisoblab keldik. Kaysi masalani olmaylik, davlat manfaati birinchi urinda, fukaro, shaxs manfaati esa, deyarli xisobga olinmagan”. Adolatsizlik va zurovonlikka asoslangan totalitar tuzumni uzok saklash maksadida sovet xokimiyati tomonidan mustamlakachilik va ulug millatchilik siyosatini ta‘minlovchi “sitsializm tuzumini” kurish va mustaxkamlash jarayonida odamlar kattik ta‘kib, nazorat, xavf-xatar va kurkuv ostida ushlab turildi, minglab kishilar katagon kilindi. Sovet davlati avval boshdanok mustabid jamiyat barpo kilishni maksad kilgan bulib, keng xalk ommasining teran manfaatlarini tan olmaslik, xalklarning milliylik xususiyatlarini yukotish va shaxslarni yagona kommunistik mafkura andozasiga solish uning asosiy vazifasi kilib kuyilgan edi.
Ulkamiz iktisodiy-ijtimoiy xayoti Oktyabr tuntarishi arafasida ayni mustamlaka mamlakatlariga xos kurinishida bulgan bulsa, undan keyin xam yangi sovet tuzumi mafaatlari asosida olib borilgan tarakkiyot yunalishlari moxiyatan ulka xalk xujaligini karamligini saklab koldi.
20-yillirning boshida yangi iktisodiy siyosatga utish tufayli, respublikamiz iktisodiyotining lebirallashuvi natijasida ishlab chikarish soxasida sezilarli yutuklar kulga kiritildi. Birok 20 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab iktisodiyotda ma‘muriy-buyrukbozlik usullari kullanila boshlandi, erkin savdo va xususiy tadbirkorlikka chek kuyila boshlandi. Mulkiy munosabatlar tubdan uzgardi, ishlab chikarish vositalariga deyarli tulik davlat mulki urnatildi. Davlat tomonidan rejalashtirish asosida maxsulotni ishlab chikarishda va taksimlashda tulik nazorat ostiga olinishi iktisodiy siyosatda zuravonlik tomon yul olishga, iktisodiy omillar urniga ma‘muriy choralar keng kullanishga imkon berdi.
Birinchi besh yillikdan (1928-1932 y.) xujalikni industrlash, kishlok xujaligi jamoalashtirishga zur berildi. Industrlashtirish siyosati kishlok xisobiga amalga oshirildi. Natijada dexkonlar kashshoklashdi. Industrlashtirsh dastlab sekinlik bilan amalga oshdi, chunki kosibu xunarmandchilik ustivor soxa edi. 20-yillar oxiridan bu jarayon sur‘atlari tezlashtirildi. Urushdan oldingi 3 ta besh yilliklarda (1928 - 1941 yillar) Ubekistonda 500 ga yakin sanoat korxonalari, elektrostantsiyalar ishga tushirildi. Bular orasida Toshket kilok xujalik mashinasozlik zavodi, Chirchik elektr - kimyo, Toshkent tukimachilik kombinati, Samarkand, Buxoro, Margilon pillakashlik fabrikalari bor. Industrlashtirish ekstensiv usulllari bilan olib borilib, birok sanoat korxonalariga, ayniksa ogir sanoatda, malakali xodimlar va tajribali ishchilar Rossiyaning markaziy shaxarlaridan jalb etildi, natijada ularda tub axoliga mansub ishchilar ozchilikni tashkil etdi. Undan tashkari industrlashtirish sharoitida shaxarlarga kuplab ishchilarning keltirilishi uy - joy muammosini xam keskinlashtirdi. Masalan, 1928-1932 yillarda Toshkent axolisi asosan chetdan keluvchilar xisobiga 344,2 mingdan 491 ming kishiga yetdi.
Uzbekistondagi mavjud sanoatning 90 % kishlok xujalik xom ashyosini ishlashga ixtisoslashgan edi. Asosiy e‘tibor paxta bilan boglik soxalarning ravnaki, ya‘ni kishlok xujalik mashinasozligi, kimyoviy vositalar, avvalo mineral ugitlar, irrigatsiya kurilishi, metal konstruktsiyalar ishlab chikishga, kon sanoati, rangli va nodir metallar, oltingugurt, ozokerit, volfram, molibden, toshkumir, tuz, grafit kazib olishga karatilgan edi. Respublika sanoati sobik ittifokni xom ashyo karamligidan xalos etishga yordam beradigan yirik mintakaga aylandi. Jumladan respublikaning oltin sanoati butun Ittifokning tulov balansini mustaxkamlash uchun katta-katta mablaglarni berib turdi. Uzbekiston Ittifokning iktisodiy mustakilligiga ulkan xissa kushdi, uni chet el xomashyosiga karamlikdan kutkardi. Ikkinchi jaxon urushi arafasida respublikaning sanoat saloxiyatini 1445 ta yirik va urta sanoat korxonalari tashkil etar edi. Birok Oktyabr tuntarishidan oldin sanoat rivojlanishidagi asosiy tendentsiya, ya‘ni asosan xom ashyoni dastlabki kayta ishlab chikaruvchi sanoat va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish saklanib kolindi. Shubxasiz, respublika sanoatidagi tezkor sur‘atlar ijobiy xodisa edi, ayni paytda u dexkonlar ommasini talash evaziga amalga oshirildi, sanoatni rivojlantirish esa bir yoklama xususiyat kasb etdi, iktisodiyot strukturasidagi ishlab beruvchi va mashinasozlik sanoati soxalari nixoyatda past darajadaligicha kolaverdi.
Uzbekistonning kishlok xujaligi xam uziga xos murakkab tarakkiyot yulini bosib utdi. Aloxida ta‘kidlash lozimki, ulkaning kishlok xujaligi oldiga mustabid rus chorizmi xukmronligi davrida kuyilgan bosh vazifa-kimmatli sanoat xom ashyolari-paxta, pilla, kabilar bilan ta‘minlash vazifasi. Sovet xokimiyati yillarida yana xam kat‘iyrok kilib kun tartibiga kuyildi. 1925-1928 yillarda utkazilgan yer-suv isloxoti natijasida barcha yer resurslarining umumdavlat monopoliyasiga olinishi, irrigatsiya-milioratsiya ishlarini kat‘iy rivojlantirishga intilish sobik Ittifokning paxta mustakilligini ta‘minlashga erishish yulidagi dastlabki kadamlar ediki, bu vazifani bajarish asosan Uzbekiston zimmasiga yuklangan edi. Shu tarika respublikada paxta-yakka xokimligi joriy etildi. Bu jarayon kishlok xujaligini yoppasiga jamoalashtirish siyosati bilan birga olib borildi.
1929 yili noyabrda Stalinning “Buyuk burilish yili” makolasi e‘lon kilingan bulib unda, avvalgi ixtiyoriylik printsipi inkor etilib, dexkonlarni zurlash yuli bilan kolxozlarga jalb etishga da‘vat etildi.Ommaviy jamoalashtirish jarayonida maxalliy sharoitlar, milliy psixologiya, urf-odatlar xisobga olinmadi. Boz ustiga, uning sur‘atlari jadallashtirilib, ba‘zi joylarda turar joy binolari umumlashtirilib yuborildi, urta xol va, xatto, kambagal xujaliklar xam musodara kilindi.
1930 yil 1 fevraldan esa “kuloklar”ni sinf sifatida tugatish siyosati amalga oshirila boshlandi. Bu inson xukuklarini poymol etuvchi siyosat nafakat uziga tuk “kulok” dexkonlarni, balki urta xol amaldorlarga yokmagan kambagal dexkon xujaliklarini xam musodara etishga olib keldi. Jadal jamoalashtirish va “kulok kilish” siyosati, urta xol dexkonlarga nisbatan zurlik kilish respublikaning ayrim joylarida dexkonlarning norozilik chikishlariga sabab buldi. Masalan, 1930 yil fevral oyida Fargona, Andijon, Toshkent, Xorazm, Samarkand okruglarida dexkonlarning ommaviy chikishlari bulib utdi.
Uzbekistonda 1930-33 yillada “kulok kilish” siyosati natijasida 5,5 ming dexkon xujaliklari oila a‘zolari bilan kuvgin kilinib, kupchiligi Ukraina, va Sibirga surgun kilindi. Birinchi besh yillik oxiriga kelib 91,7 %, 1939 yilda esa 99,5 % dexkon xujaliklari jamoalashtirildi. Shu tarika, yerga nisbatan davlat mulkidan tashkari mulkchilik shakllari bekor kilindi. Yeerni amalda davlatlashtirish dexkon ommasini mulkdan xamda ishlab chikarish vositalaridan, ishlab chikariladigan maxsulotlardan, jamiyatda yaratilayotgan boyliklardan begonalashtirildi. Jamoalashtirish jarayonida inson xukuklari kupol ravishda buzilib, aslida kolxozchilar sovet davri “krepostnoylariga” aylandilar, chunki ularga Xrushchev isloxotlariga kadar pasport berish takiklanib, boshka joyga keta olmas edilar. Mexnat kuning majburiy minimumi joriy etilishi-barshchinaning sotsialistik kurinishi edi.
Jamoalashtirish paxta yakka xokimligi zamin yaratdi. 1932 yilda Uzbekiston sobik Ittifok paxtasining 60% yetkazib berdi va uning paxta mustakilligini ta‘minlab, chetdan paxta olib kelishni tuxtatdi; 1940 yilda Ittifokning 63% paxtasi respublikamizda yetkazib berilgan.
Ba‘zi iktisodiy muvaffakiyatlarga karamay, jamoalashtirish natijasida dexkonlarga xos butun turmush tartibi buzildi, ma‘naviy va axlokiy kadriyatlar zavol kurdi. Ma‘muriy-buyrukbozlikning ustun bulganligi tufayli dexkonning shaxsiy mafaati inobatga olinmadi. Xamma narsa: nima ekish, kachon ekish, kachon yigim-terim ishlarini boshlash “yukoridan” belgilab turildi. Natijada kishlok xujaligi oksay boshladi.
Urta Osiyoda bu davrda ijtimoiy soxada xotin-kizlar orasida olib borilgan ish aloxida muxim axamiyatni kasb etdi. Xotin-kizlarning asrlar davomida muayyan urf-odatlar va sharoit mezonlari bilan shakllangan ijtimoiy mavkeini ularni ozodlikka chikarish va erkaklar bilan teng xukukli kilish shiori ostida partiya - sovet tashkilotlari tomonidan favkulodda va shiddatli kompaniyasi kup tuknashuvlar va kurbonlar bulishiga sabab buldi. 1927 yili boshlangan ”Xujum” xarakati davomida bu kampaniya avjiga chikdi. Xotin-kizlardan iborat ishlab-chikarish yacheykalari, klublar, maktablar tashkil etildi. Birok bu xarakat asriy an‘analarni xisobga olmagan xolda karorlar, kursatmalar asosida, kup xollarda esa zurlik ishlatish bilan olib borildi. Shoshma-shosharlik bilan olib borilgan bu xarakat maxalliy axolining, ayniksa kishlok axolisining kattik karshiligiga uchradi. Shu bilan birga, natijalarga kura muxim bu tadbirlar uzbek ayollarini ozodlikka chikarish jaraenini, reaktsion taxdidga karamasdan, kaytmas tusga kiritdi.
2. 20-30 yillarda Uzbekistonda madaniy xayot soxasida ijobiy ishlar kilindi, bu ishlarni albatta keng xalk ommasi, milliy yetakchilar, ziyolilarning yaratuvchilik mexnati va faoliyatisiz tasavvur kilib bulmaydi.
Bu davrning asosiy tomonlaridan biri savodsizlikni tugatish maksadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va majburiy ta‘limni joriy etishdir. Xamza Xakimzoda Nieziy, T. Shermuxammedov, T.Kori Niyozov, E. Komilov, A. Nabixujaev, M.Kodirova, G. Nazarov, K.Abdurashidov va boshkalar yangi maktab yaratish va uni rivojlantirishda faol ishtirok etdilar.
Davlat karamogidagi ibtidoiy maktablardan tashkari 20-yillarda mingdan ortik savodsizlikni tugatish maktablari tashkil etildi. 1939 yilda 9 yoshdan 49 yoshgacha bulgan axolining 78,7% savodxon edi. 20 - yillarda uch xil maktablar, sovet maktablari, vakf maktablari va eski maktab - madrasalar mavjud edi. Garchi kommunistik mafkuraga asosan shurolar davlati dastlab eski maktablar faoliyatiga tuskinlik kilmagan bulsa-da, birok 1929 yilga kelib eski maktablar butunlay tugatildi. Natijada xakikiy milliy e‘tikod asoslarini urgatuvchi manbalaridan biri yukotildi.
Ittifok xududida barcha maktablar bir xil tartibda ishlaydigan buldi va ularning ta‘lim-tarbiya mazmuni xam bir xil kommunistik dunekarashni shakllantirishga milliy zamindan uzoklantirishga karatilgan edi. 1930 yilda majburiy boshlangich ta‘lim, 30-yillar oxirida - umumiy yetti yiillik ta‘lim joriy etildi.
1918 yilda Toshkentda bir gurux tarakkiyparvarlar tomonidan birinchi oliy ukuv yurtiga asos solindi, keyinchalik 1920 yilda uning negizida Turkiston davlat universiteti tashkil etildi. (Xozirgi kunda Uz MU) keng kulamda avj olgan ta‘lim sistemasining takomillashuvi va xalk xujaligining turli soxalariga malakali mutaxassislarga bulgan extiyojning oshib borishi Urta Osiyo davlat Universiteti (bu nom 1923y berildi) fakul‘tetlari negizida bir necha oliy ukuv yurtlari ochilishga olib keldi. Jumladan, Urta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya, politexnika, Urta Osiyo kurilish,Urta Osiyo kishlok xujaligi, Urta Osiyo meditsina va boshka institutlar.
SHu bilan birga respublikada yangi oliy ukuv yurtlari xam ochildi: 1932 yilda Urta Osiyo temir yullari muxandislari instituti, Samarkand kishlok xujaligi instituti, Samarkand avtomobil‘ yullari instituti, 1935 yilda - Toshkent pedagogika instituti, 1936 yilda Toshkent Konservatoriyasi, 1937 yilda- Toshkent farmatsevtika instituti va boshkalar Mazkur Oliy ukuv yurtlari va xunar texnika ta‘lim tizimidagi ukuv yurtlari milliy ziyolilarni shakllanishiga katta xissa kushdilar. Birok, 20 - yillar oxiri 30-yillarning boshlarida eski ziyolilarning kuchiligi ta‘kib ostiga olindi va katagon kilindi. Respublika uzining kuchli kadrlaridan ayrildi.
1941 yilning boshlarida iktisodiyot va madaniyat soxalarida 55 mingga yakin diplomli mutaxassislar ishlar edi. Birok ularning soni va Vatanimiz ravnakiga kushishgan xissasi yanada kuprok bulishi mumkin edi, agar sovet tuzimi ularni ta‘kib ostiga olmaganda. Oldin aytib utganimizdek, bu yillardagi katagonlar milliy madaniyatimiz uchun daxshatli fojiaga aylandi.
Sovet xokimiyati tomonidan nafakat milliy ziyolilarimiz balki milliy alifbomiz xam katagon kilindi. 1929 yilda arab alifbosi asosidagi eski uzbek imlosi rad etilib lotin alifbosiga utildi, keyinchalik esa, 1940 yilda u xam rus (kirillcha) imlosiga almashtirildi. Natijada maxalliy xalk uz utmishidan uzildi, yosh avlod uz ajdodlarining ming yillar mobaynida yaratgan umumbashariy axamiyatga boglik ma‘naviy merosidan, milliy madaniyat manbalaridan uzilib koldi, uni urganishdan maxrum buldi.
Bu yillarda milliy adabiyot va san‘atni saklab kolish, uning ilgor an‘analarini tiklash uchun xarakat avj oldi. Agar 20-yillar adabietiga nazar tashlaydigan bulsak, Uzbekiston xalklari azal-azaldan orzu kilib kelgan ozodlik mavzularini yorituvchi asarlar kuplab yaratilganini guvoxi bulamiz. 30-yillarga kelib esa yangi inson va yangi turmush, mexnat va umuminsoniy kadriyatlar muammosini kamrab olgan asarlar paydo bula boshladi.
Uzbek adabiyoti tarixida bu davrda yangi janr-uzbek romanchilik janri vujudga keldi. Abdulla Kodiriy “Utgan kunlar” va “Mexrobda chayon” nomli asarlar yaratib, uzbek romanchiligiga Tamal toshini kuydi. A.Fitratning “Kiyomat kun” va “Abulfayzxon” asarlari, Chulponning “CHuri-kiz isyoni”, “Yorkinoy” va “Zulmkor” nomli asarlarida xalk ommasi, shuningdek shark ayollari fojiasi tulakonli ravishda aks ettirildi.
30-yillarda adabiyot soxasiga Gayratiy, Oybek, Gafur Gulom, Botu, Xamid Olimjon, Usmon Nosir, Abdulla Kaxxor kabi yozuvchi va shoirlar kirib keladilar va xalk orasida tanila boshlaydilar.
20-30 yillarda uzbek teatr san‘ati shakllana boshlaydi. Uzbek professional teatr beshigi xisoblangan akademik teatr tashkil topdi. Uzbek kino san‘ati asosiga Tamal toshi kuyildi.
20-30 yillar Uzbekistonda ilmiy muassasalarining tarmogi rivojlandi va kuplab olimlar yetishib chikdilar. Bu davrda mashxur geolog olimlardan X. Abdullaev, G. Mavlonov, matematiklardan T.Kori - Niyozov, T. Sarimsokov, biologlardan T.Zoxidov, D.Saidov, A. Muzaffarov, A.Tulaganov, kimyogarlardan M.Yunusov, O.Sodikov, A.Sattorov, X.Usmonov, K. Axmedov, faylasuflardan I.Muminov, arxeologlardan Ya.Gulomov kabilar yetishib chikdilar. Uzbek fanining tarakkiyoti va milliy kadrlarni yetishtirishda rus olimlaridan V. Romanovskiy, A.Uklonskiy, N.Korjenevskiy, I.Raykova, A.Titov va boshkalar katta yordam kursatdilar.
Bu davrda madaniy okartuv muassasalari tarmogi xam usdi. Birok kompartiya mafkurasining yakka xokimligi, ma‘muriy-buyrukbozlik tizimining keng kuloch yoyishi, “shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat” nazariyasining yaratilishi, “sotsialistik realizm” uslubiyotini xukmronligini urnatilishi madaniy xayotga jiddiy salbiy ta‘sir kursatdi.
Xullas, Uzbekistonda shurolar davrida sodir bulgan ijtimoiy - iktisodiy siyosiy tanglik va ma‘naviy buzilishlar negizi, xuddi shu yillarga borib takaladi.
20 yillarning ikkinchi yarmida shakllanib 30- yillarda tulik karor topgan totalitarizm boshkaruv shakli paydo bulishida 1922 yil 30 dekabrda SSSRni tuzish shartnomasi katta urin tutadi. Bu shartnomaga kura rasman federativ davlat shaklida tuzilishi e‘lon kilingan bulsa-da, amalda unitar-uta markazlashgan davlat tuzildi. Markaz moliya va byudjet, armiya va tashki savdo, ichki va tashki siyosat, kommunikatsiya va aloka masalalarini uz tasarrufiga oldi, milliy respublikalar esa ma‘muriy-xududiy bulinmalarga aylandi. 1924 yilda milliy-davlat chegaralanishi va 1925 yilda yagona ma‘muriy-xududiy bulinish utkazildi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda urf-odatlar, iktisodiy alokalar xisobga olinmay xatoliklarga yul kuyildi. Ma‘muriy-buyrukbozlik tizimi “xarbiy kommunizm” an‘anasini davom ettirdi va butun mamlakatda 30 yillarda tulik karor topdi. Kommunistik parttiya jamiyatda yagona xukmron kuch bulib oldi va barcha tashkilot, muassasalar uz faoliyatini sof goyaviy-siyosiy va sinfiy asoslarda olib borishga majbur etildi.
Uzbekiston Respublikasi tashkil etilganda mustakil, suveren deb e‘lon kilingan bulsa-da, aslida, karam xudud edi, xar bir iktisodiy, siyosiy, madaniy masala Markaz tomonidan xal etilar edi. 1924, 1936, 1977 yillardagi Konstitutsiyalar esa milliy respublikalarning tobora mustakilligini, suverenitit va erkinliklarini yukka chikarishda xamda kommunistik partiya va Markazning yakkaxokimligini urnatishda boskichlarni utadi.
Boshkaruv idoralari, xususan Davlat rejalashtirish kumitasi faoliyati xam markazlashtirildi. 20-yillar oxiridan ichki partiyaviy tartib kuchaydi, demokratik usullarni tugatish, siyosiy zuravonliklarni amalga oshirish uchun “sotsializm mustaxkamlanib borgan sari sinfiy kurashning tobora keskinlashib borishi, dushman karshiligi xam shunchalik kuchayib borishi” tugrisidagi “nazariya”,- stalincha soxta goya yaratildi. Vaktli matbuot xalk dushmani siymosini yaratish ishini kuchaytirib yubordi. Maxalliy millatga mansub raxbarlardan xibsga olish va ularni xalk dushmani sifatida maxv etish boshlandi. Bundan kuzlangan maksad maxalliy millat ziyolilarini yukotib, markazning xukmronligini oshirish edi.
SHurolar davrida karor topgan totalitar davlatning moxiyati kuyidagilardan iborat: siyosiy soxada-xalkning xokimiyatdan chetlantirilishi, davlat apparatini partiya a‘zolari tomonidan egallanishi va byurokratlashtirishi, shaxsga siginish, tor doira komfirka a‘zolari tomonidan xokimiyatni monopollashtirish, rus bulmagan xalklarni milliy manfaatlari bilan xisoblashmaslik; iktisodiy soxada-barcha mulkchilik shakllarini mutlako davlat tasarrufiga olish, majburiy mexnat tizimini joriy kilish, ishlab chikarishni rejalashtirish siyosati orkali maxsulotni taksimlashdan chetlashtirish va x.; ma‘naviy soxada-barcha joylarda kommunistik ma‘naviyat institutlarini tashkil kilish, Turkiston xalklari ongiga xayoliy akidalarga asoslangan sinfiylik dunyokarashini, kommunistik mafkurani majburan singdirish, umuminsoniy kadriyatlar va utmish ma‘naviyatimizning milliy an‘analariga zid bulgan “sotsialistik madaniyat” ni kiritish, milliy tizimni asta-sekin xayotning muxim soxalaridan sikib chikarish, milliy ma‘naviy va goyalarga asoslangan tarakkiyot sari intilishlarni, yot xisoblab fikrlar xilma-xilligiga yul kuymaslikdan iborat edi. Shunday murakkab va ogir sharoitlarda xam xalk , uning asl farzandlari Uzbekistonning yorug kelajagiga umid bilan asriy kadriyatlarimizga sodiklik kayfiyatlarini yukotmadilar. Yukorida ta‘kidlaganimizdek, markaz olib borgan siyosatga ochikdan-ochik norozilik bildirib bulmay kolganda xam, notugri siyosatni tankid kilishga jurat, etib shurolar xukmronligi yillari davomida yashirin kurash olib bordilar.
Mazkur yashirin kurash jarayonini boskichma-boskich taxlil kilib chikish va uning okibatida berilgan kurbonlarni aloxida kayd etish e‘tiborga molikdir.
Dastlabki yillarda ya‘ni 1918-1919 yillarda milliy yetakchilar va maxalliy xalk vakillari faol sa‘yi-xarakatlari bilan ayrim natijalarga erishildi. 1919 yil martida Turkiston ulka sovetlarining VII favkulodda s‘ezdi va Turkiston Kompartiyasining II konferentsiyasida, uzok va keskin munozaralardan sung, sovet xokimiyati boshkaruv va idora ishlariga musulmon mexnatkashlarini jalb etish xakida karor kabul kilindi. Xalk ishonchi va e‘tiborini kozonish maksadida maxalliy vakillardan foydalanish uchun TKP Ulka Komiteti koshida 1919 yil mart oyida ulka musulmonlari byurosi tashkil etildi. Bu byuro tarkibiga T. Riskulov (rais), A. Muxiddinov, N. Xujaev, Yu. Ibragimov, Yu.Alievlar kiritildi. Musulmonlar byurosi bor yugi un oy davomida faoliyat kursatdi. Birok shu davr ichida shurolar xokimiyati tomonidan unga yuklatilgan targibot va tashvikot ishlari bilan bir katorda sovet xokimiyatining amaldagi siyosatini asl moxiyatini, mustamlakachilik asoslari saklanib kolganligini, milliy siyosatdagi adolatsizliklarni keskin tankid ostiga oldi. Xususan, Musbyuroning I Konferentsiyasida ( iyul, 1919 y.) T. Riskulov shunday degan edi: “Ishchi dexkon xukumatining Turkiston sharoitidagi ikki yillik mamlakat boshkaruvi, afsuski uzaro ishonchsizlikni kuchaytirib, chukurlashtirib, teskari natijaga olib keldi. Musulmonlar inkilobiy goyalarini amaldagi faoliyatga nomuvofikligini uzaro kurib ishondilar. Mamlakatning barcha burchaklaridan xokimiyatdan norozilik ovozlari eshitilmokda. Ulka axolisi 95 foizining xukuki xisobga olinmadi”.
SHunday kilib, uz faoliyatining dastlabki kunlaridanok Musbyuro asosiy e‘tiborini milliy ixtiloflar, tengsizliklar (asosan maxalliy va rus millatlari orasida) mavjudligi, davlat kurilishida musulmonlarni ishtirok etmaganini, maorif va yer masalasida ruslar imtiyozli axvoldaligini tankid kilib, maxalliy axolining manfaatlarini yoklab chikdi. 1919 yil sentyabr oyida bulib utgan II Kkonferentsiyasida ochikdan-ochik misollar asosida Turkistonda faoliyat kursatayotgan yevropalik kommunistlar Kazakov, K. Uspenskiy, Sorokinlarning shovunistik faoliyatini T. Riskulov keskin tankib kilib, “bizning talablarimiz va markazdan kursatmalarga karamay, Turkistonda uning manfaatlariga zid siesat yurgizilmokda. Ishonchsizlik bildirib, sizga xokimiyat berilsa barbod buladi, siz xali tayer emassiz, - deyishmokda. Biz bundan norozimiz” deb, ta‘kidlaydi.
1919 yil oktyabrda Turkkomissiya tuzilib, u Turkistonda oliy darajadagi partiya nazorati va raxbarligini amalga oshirish uchun yuborildi. Turkkomissiya Ulka Musbyurosini “uziga davlat muassasasi funktsiyalarini uzlashtirib olganlikda” ayblab uni musulmonlar Kommunistik partiyasi tuzishga intilishda koraladi, bu tashkilot uz tarixiy vazifasini, ya‘ni musulmonlar orasida tashkiliy ish olib borish, ularning siyosiy faolligini oshirish vazifasini bajarib bulgan tashkilot sifatida tugatish, lozim deb topdi. Aslida esa Musbyuro maxalliy axoli orasida katta ishonch va obru kozonib, ta‘sir kuchi oshib boraetgani, oshkora tankid ruxi bilan sovet xokimiyatiga xalal berayotgani, uning xatolarini fosh etib, aybini ochib beraetgani, maxalliy tashkilot sifatida sovet xokimiyatining ulkani butunlay jilovlash siyosatiga karshi katta kuchga aylanib boraetgani uni tarkatilishiga sabab buldi. Birok, shunga karamay Musbyuroning oxigi III Konferentsiyasida (yanvar 1920 y.) va Turkiston KP V Umumpartiya Konferentsiyasida maxalliy raxbarlar T.Riskulov boshligida “Turkistonning turkiy xalklar kommunistik partiyasi” va Turkistonni Turk respublikasi deb atash goyalari bilan chikdilar. T. Riskulov uz nutkida Turkiston suvereniteti uchun printsipial bulgan masalalarga e‘tibor berdi, ya‘ni maxalliy turmushga muvofik yangi konstitutsiya kabul kilish, turkiy xalklarni bulib yuborishga chek kuyish, Turkiston xukumatiga ikki konunchilikda katta xukuklar berish, turk tilini davlat tili sifatida e‘lon kilish Kizil Armiyaning musulmon bulmagan kismlarini olib chikish va musulmon armiyasini tuzish. Bu takliflar asosida Musbyuro III konferentsiyasida maxsus rezolyutsiyalar kabul kilindi, birok ular markaz tomonidan koralandi, T.Riskulov va uning maslakdoshlari bu takliflar uchun 1920 yildayok Turkistonning siyosiy xayotidan chetlatilib “millat”chilik sari ogishuvchilikda ayblanishdi. Shu paytda mustakillik uchun oshkora xarbiy kurash olib borganlarga “bosmachilar”, goyaviy kura olib borganlarga “millatchilar” tamgasi bosildi, milliy yetakchilar aloxida nazorat ostiga olindi, dastlabki goyaviy tazyiklar boshlandi. Bunday sharoit xokimiyat saflarida uz xizmat mansablarini saklab turgan xolda el-yurt manfaatlarini imkon darajasida ba‘zan oshkor, ba‘zan yashirin yullar bilan ximoya kilishga utishni takozo etdi. Ulkadagi kuplab milliy ziyolilar shu yuldan bordilar.
3. Aynan 20 - yillar boshlaridaek shurolar xokimiyatining katagon mashinasi xam ishga tushirilib, xukumat siyosatiga zid goyalari bilan chikkanlar jismoniy yuk kilina boshlandi. Birinchi bulib tatar kommunisti Mirsaid Sulton-Galiev kurbon buldi. Bu xakda 1923 yil yozdagi kengashda suzga chikkan T. Riskulov, A. Ikromovlar, Turkistonda mustabid tuzum saklanganligi va partiyada kurkuv muxiti yaratilayotganligini ochik aytganlari sababli uzlari xam 30-yillar oxirlarida katagon kurbonlari buldilar.
1925 yilning kuzida xalk komissarlari va boshka raxbarlardan iborat kator xodimlar Uzbekistonda 1925-1929 yillarda olib borilgan yer-suv isloxoti uslublariga karshi chikib, norozi bulib baenot e‘lon kildilar. Ularga “18 lar guruxi” yorligi berildi. Xozirgi kunda bu guruxni chikishlarida F. Xujaev xam ishtirok etib, kullab-kuvvatlagani ma‘lum va xattoki gurux ishtirokchilari kattik ta‘kib kilinganiga karamasdan ularga xayrixox bulganini inkor etmagan. Aslida bu gurux a‘zolari maxalliy shart-sharoitlarni xisobga olmagan xolda yer-suv isloxotining sur‘ati va uslublarini kayta kurib chikishni talab kilsa-da, ular xokimiyat siyosatiga karshi chikishda ayblanib katagonga uchradilar.
Ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishning mukobil yullarini amalga oshirishga milliy madaniyatni kayta tiklashga uringan kishilarga “guruxbozlikka karshi kurash” shiori ostida ayblar kuyildi. “Inogomovchilik” ishi tukilishining sababi, millatimizning madaniyati, maorifni rivojlantirishga, milliy ta‘lim shakllarini yoyishga intilgan maorif vaziri R. Inogomov raxbarligidagi bir gurux ziyolilar partiyaning madaniy soxadagi siyosatiga mos kelmas edi.
1929 yil oxirida atokli ma‘rifatchi Munavvar Kori Abdurashidxonov boshchiligidagi “Milliy istiklol” tashkilotining a‘zolari asossiz xibsga olindi. Bu tashkilotning kamalgan 85 nafar a‘zosidan 15 nafari otib tashlandi. Jumladan, Munavvar Kori Abdurashidxonov Moskvaga olib ketilib, usha yerda katl etildi (pinxona Vagan‘kov kabristoniga kumilgan). Yirik jamoat arboblari Mannon Abdullaev (Ramz), Nosir Saidov, Maxmud Xodiev, (Botu), Xosil Vasilov, Sobir Kodirovlar ulim jazosiga xukm kilindi, keyinchalik bu xukm uzok muddatli kamokka almashtirildi.
20 yillarda xufyona boshlangan zurlik va katagon siyosati 30 yillarda uz chukkisiga yetdi. 1930 yili Davlat banki apparatida tozalash utkazilib, bir kancha raxbar xodimlar kamokka olindi. UzSSR Oliy sudining raisi Sa‘dulla Kosimov millatchilikda, “Milliy Istiklol” tashkiloti bilan xamkorlikda ayblanib yangi “ish” tukildi va unga “Kosimovchilik” deb nom berildi. Sud ishlarining xammasi asosan ilgor siyosiy arboblarni yuk kilishga karatilgan edi. Bu katagon Uzbekistonda davlat apparatida xizmat kilayotgan urta bugin xodimlarini uz girdobiga oldi.
1932 yil “Kosimovchilik” ishini davomi sifatida “Xudoyberganovchilik” ishi tukib chikildi va u xam davlat apparati xodimlariga karshi karatilgan edi.
Uzbekistonda yalpi katagonliklar 1937 yilda partiya va davlatning tanikli arboblarini kamokka olishdan boshlandi. F.Xujaev, A.Ikromov, S.Segezboev, A.Karimova, K.Otaboev kabilar xususida “sovetlarga karshi, kuporuvchilik” uydirma ishlar tukib chikarildi. Birgina 1937 yilning avgust-sentyabr oylarida necha yuzlab kamalganlar orasida S.Boltaboev, I.Xudoykulov, M.SHermuxammedov, M.Usmonov, I.Ortikov, T.Riskulov, K.Boltaev, Y.Irisboev va boshkalar bor edi. Kamokka olinganlar kattik jazolarga maxkum etildi.
1930 yillardagi katagonlar milliy madaniyat uchun daxshatli fojiaga aylandi. Uzbek xalkining mashxur adabiyot va san‘at arboblari - Abdulla Kodiriy, Chulpon, Fitrat, Shokir Sulaymonov, Ziyo Said, Elbek, A‘zam Ayub, Usmon Nosir, Muxammad Xasan, Gozi Olim, Gozi Yunus, Abdusalom Nieziy va boshkalar “millatchilik”da ayblanib stalincha istibdodning begunox kurbonlari buldilar. Katagon kilingan va ta‘kib ostiga olingan shoir va yezuvchilarning asarlari xam takiklandi.
Aynan shu davrda dinni, ruxoniylar va dindorlarning ta‘kib kilinishi xam kuchaydi. Kuplab masjid va madrasalar bekitildi, buzib tashlandi yoki xujalik omborlariga aylantirildi. Diniy adabiyotlar yukotildi, inson xukuklari amalda poymol kilindi. Ruxoniylarning asosiy kismi 30-yillarda kontsentratsion lagerga junatildi.
Biz yukorida Uzbekistonning moxiyatan mustamlakaga aylantirilgan totalitar tuzum va shurolar davrida amalga oshirilgan katagonlik siyosati xakida suzladik, birok usha davrda respublikamiz rivojlanishida muayan ijobiy uzgarishlar xam bulganligini inkor etmaslik kerak. Bu uzgarishlar asosan xalkning, mexnatkashlarning ogir va fidokorona mexnatlari, milliy yetakchilarimiz va raxbarlarning Markazdan kelgan buyruklarni imkoniyati darajasida yumshatib, maxalliy xalklarga kamrok ozor yetadigan kilib amalaga oshirish evaziga bulgan. Zero “tariximizni yoritishda, - deb kursatadi. I.A.Karimov, - biz uni davrni uzgaruvchan karashlari foydasiga buzib talkin etishni koralaymiz... Utmishda kechgan xamma narsa-yaxshisi xam, yomoni xam-bizning tarix, ajdodlarimiz xotirasi”.
Tekshiruv savollar:

  1. Totalitar, ma‘muriy-buyrukbozlik tuzumining karor topishi xakida suzlab bering. Uning moxiyati nimadan iborat?

  2. “Musbyuro” va uning faoliyati xakida suzlab bering.

  3. 20-30-yillardagi katagonlar xakida gapirib bering.

  4. Sovet xokimiyatining din va diniy tashkilotlarga munosabati kay tarzda edi?

  5. Sovet xokimiyatining katagonlik siyosati kanday okibatlarga olib keldi?

  6. Uzbekistonda industrlashtirish siyosati kanday olib borildi va kanday okibatlarga olib keldi?

  7. Kishlok xujaligini jamoalashtirish Uzbekistonda kanday amalga oshirildi?

  8. Kishlok xujaligini jamoalashtirish kanday okibatlarga olib keldi?

  9. 20-30-yillarda madaniy soxada kanday uzgarishlar ruy berdi?

  10. “Xujum” siyosatining moxiyati va okibatlari nimalardan iborat?


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin