Ўзбекистон республикаси олий ва


Tarqatma materiallardan namunalar



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə28/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

Tarqatma materiallardan namunalar:


1-tarqatma material

Chizmalardagi bildirilgan fikrlarga siz yana nimalarni qo’shgan bo’lar edingiz?






2-tarqatma material
Bozor (aralash) iqtisodiyotiga o’tish modelini ishlab chiqishda hisobga olingan O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari.


Tarqatma material 2


3-tarqatma material


MDH mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot (1991 yilga nisbatan % hisobida)
Jadvalni keyingi yillar ma’lumotlari bilan to’ldiring. YaIM 1991 yilga nisbatan o’sishi bo’yicha O’zbekiston MDH mamlakatlari orasida etakchilikni saqlab kelmoqda.
Jadval ma’lumotlari asosida yana qanday xulosalar chiqarish mumkin?




1999

2000

2001

2002

2003

O’zbekiston

94,0

98,6

102,7

107,0

111,4

Ozarbayjon

53,3

59,3

65,1

72,0

80,1

Armaniston

72,5

76,8

84,2

95,0

108,2

Belorusiya

84,8

89,7

94,0

98,7

105,4

Gurjiston

46,7

47,6

49,8

52,5

57,1

Qozog’iston

71,0

78,0

88,5

97,2

106,1

Qirg’iziston

68,5

72,2

76,1

76,1

81,2

Moldova

41,0

42,0

45,0

48,5

51,6

Rossiya

64,4

70,8

74,3

77,8

83,3

Tojikiston

38,0

41,0

45,0

49,3

54,3

Ukraina

44,7

47,4

51,7

54,2

58,8

Manba: MDH statistika qo’mitasi ma’lumotlari va muallif Hisob-kitoblari




Javoblar:
Asosiy tayanch tushunchalar:
1v); 2a); 3g); 4b); 5e); 6d); 7j); 8yo).
Masala va mashqlar:
1.
1),8),10) Mulkiy munosabatlarini isloh qilishga.
4),5) Agrar islohotlar
3),7) Moliya – kredit va narx – navo islohoti
2),6),9),14),16),19) Boshqarish tizimini islox qilish va bozor infrastrukturasini yaratish
11),12),17) Tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti
13),15),18) Ijtimoiy islohotlar.

2. Guruhga taalluqli bo’lmagani beshinchisi, qolganlari «O’zbekiston modeli»ning o’ziga xos tomoni, boshqa mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish modellaridan farqini mujassamlashtiruvchi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari




T/N
1T; 2N; 3T; 4T; 5N; 6T; 7T; 8T; 9N; 10T;
Testlar:
1a); 2a); 3v); 4g); 5d); 6b); 7a); 8v).


9-mavzu. Bozor va uning tuzilishi


Asosiy tayanch tushunchalar



1. Bozor
2. Bozorning to’yinish darajasi
3. Bozor tuzilishi
4. Bozor hajmi
5. Bozor infrastrukturasi

6. Tovar, xom ashyo birjasi
7. Milliy bozor
8. Jahon bozori
9. Bozor segmenti

a) Har xil mezonlar asosida bozor tarkibini turkumlash.


b) Nazariy jihatdan sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar, aloqalardir.
v) Bozorning talabni qondirish darajasini ko’rsatadi.
g) Turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida ayirboshlashni normal amalga oshirilishini ta’minlaydi.
d) Bozordagi tovaroborot hajmi bilan aniqlanadi.
e) Mehnat orqali bir-biriga bog’langan turli mamlakatlar o’rtasida barqaror ayirboshlash munosabatlaridir.
yo) Har bir mamlakatning milliy chegarasi doirasidagi bozori.
j) Ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini bajaruvchi korxonadir.
z) Savdo-sotiqning shart-sharoitlariga ma’lum belgi, alomatlari, mezonlariga qarab bo’g’inlarga ajratish.


Masala, mashqlar
1. Bozorning vujudga kelishi shart-sharoitlariga quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
a) ijtimoiy mehnat taqsimoti;
b) pulning vujudga kelishi;
v) xususiy mulkka asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi;
g) markazlashgan davlatning vujudga kelishi;
d) ayirboshlashning vujudga kelishi;
e) xo’jaliklarda yaratilgan ortiqcha mahsulotni sotish zaruriyati.
Sizningcha to’g’ri javob qanday bo’lishi kerak?

2. Viloyat hududida ikkita bozor mavjud bo’lib, har ikkisining maydoni 5 gektarni tashkil etadi.


Birida 1000 ta savdo o’rni bo’lib, 500 tasida kuniga o’rtacha 10 donadan o’rtacha narxi 12 ming so’mlik mol sotiladi. 300 tasida 30 ming so’mdan 5 donadan mol sotilsa, 100 tasida 5 ming so’mdan 20 donadan, qolgan 100 tasida o’rtacha 50 ming so’mlikdan oldi-sotdi qilinadi.
Ikkinchi bozorda esa 900 ta savdo o’rni bor bo’lib, rastalar o’rtasidagi yo’lak birinchi bozorga nisbatan kengroq qoldirilgan. 400 ta savdo o’rnidan kuniga o’rtacha 11 ming so’mdan 15 donadan tovar sotiladi. 300 tasida esa 20 ming so’mdan 10 donadan, 100 tasida 4 ming so’mdan 20 donadan, qolgan 100 tasi o’rtacha 55 ming so’mlik oldi-sotdi qiladi. Qaysi bozor hajmi katta? Aniqlang. Bozor hajmiga savdo o’rni, tovar miqdoridan tashqari yana qanday omillar ta’sir qiladi, ko’rsating?

3. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Ulardan qay birini qaysi bozor iqtisodiyoti sub’ektiga: uy xo’jaligi, firma (korxona), moliyaviy institut, davlat tarkibiga kiritiladi.


a) jismoniy shaxsning shaxsiy iste’moli uchun sarflashga mo’ljallangan bankdagi joriy raqami;
b) aktsiya egasi;
v) fermer xo’jaligi;
d) metallar birjasi;
e) Moliya instituti professor o’qituvchilari;
yo) Yo’ldoshevlar oilasi byudjeti;
j) korxonaning bankdagi joriy schyoti;
z) er ijarachisi;
i) ish qidirayotgan institut bitiruvchisi;
y) fond birjasi;
k) «Paxta bank» aktsionerlik tijorat banki.

4. Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi biri bozor, qaysi birlari nobozor aloqa faoliyatlarni bildiradi?


a) gazetaga reklama berish;
b) uy sharoitida ovqat tayyorlash;
v) davlat tomonidan ishsizlik nafaqasi tayinlash;
g) davlatning harbiy texnika sotib olishi;
d) o’z ehtiyoji uchun tomorqada kartoshka, sabzavotlar etishtirish;
e) dehqon bozorida kartoshka sotildi;
yo) bozorda sotish uchun qulupnay etishtirildi

5. Quyidagilarni diqqat bilan o’qib chiqing:


1) ayirboshlash orqali iste’mol bilan ishlab chiqarishni bog’lash;
2) iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish bozori;
3) ishlab chiqarish vositalarini korxona tashkilotlarga etkazib berish orqali iqtisodiyotning moddiy asosini takror yaratish va rivojlantirish;
4) jamiyat a’zolari talab ehtiyojlarini ishlab chiqaruvchilarga etkazish;
5) resurslar bozori;
6) tovar ishlab chiqarishga ketgan sarf xarajatlarni, ularni jamiyat tomonidan qay darajada tan olinishini aniqlaydi, xarajatlarni pasaytirishga undaydi;
7) regional bozor;
8) qimmat baho qog’ozlar bozori – fond birjalari;
9) narxlarni o’zgarishi orqali talab va taklifni moslashtirish, pulni tovarlar bilan ta’minlash orqali pul muomalasini barqaror bo’lishini ta’minlash;
10) milliy bozor;
11) intellektual tovarlar bozori;
12) axborot bozori
13) xalqaro va davlatlar o’rtasidagi bir-biriga bog’liqlikni kuchaytirish, teng huquqli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash;
14) mehnat bozori;
15) jahon bozori;
16) ko’chmas mulk bozori.

Sanab o’tilganlardan qaysi birlari:


a) bozorning funktsiya, vazifalarini;
b) ta’sir doirasi, hududiy qamrovi jihatidan;
v) ayirboshlash munosabatlarining ob’ekti jihatidan bozor tuzilishini ifodalaydi, ko’rsating?
6. Topqirlik mashqi.
Katakchalarga mos ravishda iqtisodiy tushunchalarning harfini joylashtiring.

































































































































































































1. Har xil mezonlar asosida bozor tarkibini turkumlash


2. Talab va taklifni miqdor va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi.
3. Turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida faoliyat yuritish, ayirboshlashni normal amalga oshirilishini ta’minlaydigan soha.
4. Turli – tuman mulkchilik va iqtisodiy faoliyat erkinligiga, aralash tarzda tartibga solishga asoslangan, xar bir insonni o’z faoliyat natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga undovchi demokratik iqtisodiyot
5. Savdo-sotiqning shart-sharoitlariga, ma’lum belgi, alomatlari, mezonlariga qarab, bo’g’inlarga ajratish.
T / N
1) Bozor resurslarni samarali taqsimlashni amalga oshiradi
2) Ishlab chiqarilgan tovar (xizmat)lar naqadar sifatli, talabga javob bera olishini bozorda aniqlash qiyin. Uni ishlab chiqaruvchilar maxsus nazorat orqali aniqlab sortlarga ajratishlari zarur.
3) Bozor resurslarni tejashga, xarajatlarni iqtisod qilishga undaydi.
4) Avtomashinalarga benzin quyish shoxobchasi – bozorga misol bo’la oladi
5) Ko’p qavatli uylar oldida kichkina bozorchalardagi mayda chayqovchilik ko’pincha tanqid qilinsa ham ixtiyoriy ayirboshlash asosida sotuvchi ham, xaridor uchun ham o’zaro manfaatli.
6) Bozor maydoni qancha katta bo’lsa, bozor hajmi ham shuncha katta bo’ladi.
7) Bozorni rivojlanishi uchun bozor infrastrukturasini shakllantirish shart emas.
8) Ikkilamchi bozorni shakllantirmay qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirib bo’lmaydi.
9) «Bozor» deganda odamlar gavjum savdo-sotiq qilinadigan joy, dehqon bozori, iste’mol mollari ya’ni kiyim-kechak, uy-ro’zg’or uchun zarur narsalar sotiladigan joyni tushuniladi. Bu bir yoqlamalilik, bozor bu faqat oldi-sotti qilinadigan maxsus joy emas.
10) Bozor deganda sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi ayirboshlash, oldi-sotti munosabati, savdo amalga oshiriladigan joy, ayirboshlashni amalga oshirish tartibotlarini tushunamiz
11) Taqchil bozor tovarlar talabga etarli darajada bo’lgani uchun narxlar barqarorligi bilan ajralib turadi
12) Ko’chmas mulk bozorida obligatsiyalar, valyuta, ssuda kapitali, tovar va xizmatlar oldi-sotdi qilinadi.

Testlar


1. Qaysi bozor monopolist bo’lishi mumkin?
a) don bozori;
b) gullar bozori;
v) shokolad mahsulotlari bozori;
g) qishloqdagi benzin quyish shoxobchasi;
d) non bozori.

2. Birjada tovarlar oldi-sotdisini amalga oshirilishi uchun:


a) sotuvchi va xaridor qatnashishi shart;
b) tovar naqd bo’lishi kerak;
v) xaridor oladigan tovarini sifatini o’zi ko’rib, tekshirishi kerak;
g) tovardan namuna bo’lishi shart emas;
d) tovardan namuna, sertifikati etarli.

3. Doiraviy aylanish modeli jihatidan qarasak bozor


a) ikki: resurslar va tovar, xizmatlar bozoridan;
b) uch: resurslar, ishlab chiqarish omillari, ishlab chiqarish vositalari bozoridan;
v) ikki: tovar, xizmatlar va kapital bozoridan;
g) to’rt: er, kapital, mehnat, tadbirkorlik omillari bozoridan;
d) uch: tovarlar, xizmatlar, kapital bozoridan iborat.

4. Doiraviy aylanish modeli nuqtai nazaridan bozorda qatnashuvchi sub’ektlar:


a) ikki guruh: uy xo’jaligi, individual faoliyat yurituvchi oilaviy xo’jalik;
b) ikki guruh: firma (korxona)lar, uy xo’jaligi;
v) uch guruh: savdo muassasalari, birjalar, savdo shoxobchalari;
g) uch guruh: firma, korxona, savdo muassasalari;
d) ikki guruh: uy xo’jaligi, savdo tashkilotlari.

5. Mehnat bozori boshqa bozorlardan,


a) mehnat omili egasi, ish kuchi bilan unga muhtoj o’rtasidagi munosabati bilan;
b) ish kuchi uning egasini mulki bo’lib qolaverishi va ishga yollanishida mehnat shartnomalari tuzilishi bilan;
v) ishga vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida yollanish bilan;
g) ish kuchining boshqa tovarlardan farq qilib ishga yollanishi bilan;
d) shartnoma tuzilgach mehnat omiliga aylanishi bilan farqlanadi.

6. Birlamchi va ikkilamchi bozorlar …


a) ssuda kapitali bozoriga;
b) valyuta bozoriga;
v) sug’urta bozoriga;
g) qimmatli qog’ozlar bozoriga;
d) pul (pul majburiyatlari) bozoriga xos.

7. Mehnat birjalari … bilan shug’ullanadi.


a) ishsizlarni ro’yxatga olish, ularni o’qitish, ishga joylash, oilaviy sharoitini o’rganish bilan;
b) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, korxonalardagi bo’sh o’rinlarni aniqlash;
v) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy himoya qilish;
g) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, farzandlari sonini aniqlash;
d) ishsizlarni ishga joylash, yangi kasbga o’rgatish, ishsizlik nafaqasini tayinlash.

8. Hozirgi paytda birjalarning asosiy roli …


a) tovarlar narxi va kotirovkasini aniqlash, narx oshkoraligini ta’minlash, real talab va taklifni aniqlash, narxlar tebranishini sug’urta qilish;
b) tovar narxlarni kotirovkasi, tovarlarni bitim bo’yicha etkazib berishni ta’minlash;
v) narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim asosida tovarni etkazib berish;
g) tovarlar narxi kotirovkasi real talab va taklifni aniqlab, ularni muvozanatga keltirish;
d) tovarlarga real talab va taklifni aniqlash, ularni reklama qilish, narx tebranishlarini sug’urta qilish.



Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin