Masala va mashqlar
1. Olimjon Neksiya avtomobilini o’tgan yili bozorda 5000000 so’mga sotmagan edi. Bu yil esa 5600000 so’m narx belgilandi. U mashinasini sotdi. Agar o’tgan yilga nisbatan narx 20% ga oshgan bo’lsa, Olimjon mashinasini sotib to’g’ri qildimi?
2. Hafta davomida 60 ming so’mdan 100 dona kostyum – shim sotildi. Ikkinchi haftada esa kostyum shim narxi 5 ming so’mga pasaytirildi. Sotilgan kostyum shim miqdori 150 donaga etdi. Uchinchi haftada esa 109 ta sotildi. To’rtinchi haftaga o’tgach, atigi 50 dona sotildi. Talab elastikligini hisoblang. Elastiklik ko’rsatkichidan kelib chiqib ishlab chiqarishga qanday topshiriq ketadi, izohlang.
3. Erkinjon Toshkent Davlat madaniyat institutida talaba. Kundalik mayda-chuyda xarajatlari uchun kollejda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirishda tashkilotchi bo’lib ishlaydi. Bajaradigan ishlaridan biri badiiy filmlar namoyish etishni tashkil etish. Asosiy ishlaridan biri kinofilm ko’rish uchun biletlarga narx belgilash. Kinoko’rsatuvlar zalida 700 o’rin, film prokati uchun to’lanadigan haq 180000 so’m, zalni ijaraga olish haqi 25000 so’m, operatorga 15000 so’m, bilet tekshiruvchi kontrolyorlarga (ikki kishi) 5000 so’m. Bilet narxiga ko’ra talab quyidagicha:
-
Narx, so’m.
|
Talab, dona bilet.
|
700
|
300
|
600
|
400
|
500
|
500
|
400
|
600
|
300
|
700
|
Umumiy xarajatlar, tushum, qoladigan daromad va me’yoriy tushumni aniqlang. Undan qanday xulosa chiqarish mumkin, izohlang.
4. Quyidagi jadvalda narxning o’zgarishiga ko’ra taklif hajmining o’zgarishi berilgan. Ma’lumotlar asosida taklif elastikligi koeffitsentini aniqlang. Jadvalni to’ldiring. Elastiklik koeffitsienti deganda nimani tushunamiz? Uni hisoblashning qanday ahamiyati bor? Elastiklik koeffitsientining birga teng bo’lishi, birdan katta yoki kichik bo’lishi nimani bildiradi? Fikringizni izohlab bering.
Tovar turlari
|
Narx, so’m
|
Taklif
Hajmi,
dona
|
Narxga ko’ra
taklif
elastikligi
koeffitsienti
|
Elastik-
ligi
|
A
|
1
2
|
2
4
|
|
|
B
|
4
4
|
6
10
|
|
|
V
|
8
10
|
12
5
|
|
|
5. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing:
«Jevons fikricha, sub’ektiv jihatdan naflilikni miqdoran aniqlash va baholash faqat tovar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining bozor bahosida namoyon bo’ladi.2
Pareto esa nazariyaga sub’ektiv naflilikning mikdoriy tushunchasi o’rniga tartibli, ya’ni sub’ektiv jihatdan tanlash afzalligini ketma-ketlik asosida alohida ne’matlarning nafliligini solishtirish o’rniga ularning to’plamini taqqoslashni kiritdi.3
Har ikki parchani tahlil qilib, ordinalistik va kardinalistik yo’nalishlari mazmunini aniqlang.
6. Quyidagi jadvalda turli omillarning talab va taklifga ta’siri ko’rsatilgan.
Omil (boshqa shartlar teng)
|
Talab egri chizig’i siljishi
|
Talab egri chizig’i bo’yicha
|
Taklif egri
chizig’i siljishi
|
Taklif
egri chizig’i
bo’yicha
|
1. Raqobatdosh tovarlarga baho o’zgarishi
|
|
|
|
|
2. Yangi texnologiya joriy qilindi
|
|
|
|
|
3. Tovarga moda o’zgardi
|
|
|
|
|
4. Daromad o’zgardi
|
|
|
|
|
5. Xom ashyoning bahosi o’zgardi
|
|
|
|
|
Omillarning ta’sirini talab va taklif egri chizig’i yordamida tushuntirib bering. Omillarning o’zgarishi egri chiziqda qanday ifodalanishini jadval ustunlari bo’yicha belgilar orqali ifodalang.
7. Aytaylik iste’molchining byudjeti 10 ming so’m. U bozordan go’sht xarid qilmoqchi. Qo’y go’shtinig kilosi 2500 so’m, mol go’shti esa 2000 so’m. Agarda puli 1500 so’mga ko’paysa yoki aksincha 5000 so’mga kamaysa, xaridor
o’z pulini go’sht olish uchun qanday sarflashi mumkin? Uni mumkin bo’lgan variantlarini ko’rsating, grafikda tasvirlangan javobingizni izohlang.
8. Erkinjondan mavjud uch xil tovar: kostyum-shim, videomagnitafon, entsiklopediya kitobini nafliligi nuqtai nazaridan sanab chiqing deyildi. Lekin video magnitafonga etadigan pul berilganda video magnitafondan ancha arzon turadigan kostyum shim sotib oldi. Iqtisodiy nuqtai nazardan uning bunday qilishi, ya’ni qarorga kelishini qanday tushuntirish mumkin?
a) Erkinjon aniq bir tovarni o’zi uchun nafliligini to’g’ri baholay olmaydigan iste’molchi;
b) olingan pulni sarflash haqida qaror qabul qilar ekan, faqat uch tovar nuqtai nazaridan emas, balki shu pulga sotib olish mumkin bo’lgan boshqa tovarlar nafliligini hisobga olgan;
v) bepulga olish mumkin bo’lgan tovarlar nafliligi bilan pul to’lab sotib olish kerak bo’lgan tovarlar nafliligi bilan taqqoslagan;
g) tovarlarni nazariy jihatdan nafliligi bilan ularni pulga sotib olgandagi nafliligi tubdan farq qiladi;
d) talab qonuni bo’yicha xaridor narxi qimmat tovarlarga nisbatan arzon tovarlarni ko’proq sotib oladi;
e) tovar bahosi tushganda sotib olish rejalashtirilgan tovarlar hajmi ortishini
yo) tovar bahosi ko’tarilganda taklifni kamayishini ko’rsatadi.
9. Quyidagilar berilgan:
Tovarga bo’lgan talab funktsiyasi Qd = 700 - P;
Taklif funktsiyasi: Qs = 2P - 200;
P - tovar narxi, so’m, Q – tovar mikdori, ming dona.
Quyidagilarni hisoblang:
1) Berilganlar asosida tovarning muvozanat bahosi va miqdorini aniqlang.
2) A), B) va V) punktlar bir-biriga bog’liq bo’lmagan vaziyatlarda:
A) davlat organlari tomonidan tovarga 200 so’m miqdorida baho (qayd qilingan) belgilab qo’yildi. Taklif miqdorini, sotilgan tovar va taqchillik miqdorini aniqlang.
V) ishlab chiqaruvchilarga har bir sotilgan tovar uchun 150 so’m miqdorida dotatsiya belgilandi. Tovarning muvozonat narxi va miqdorini aniqlang.
G) har bir tovarga 150 so’m miqdorida egri soliq (qo’shilgan qiymat solig’i) belgilandi. Yangi muvozanat narxini hisoblang.
1 2 3 4 5
14 6
13 7
12 11 10 9 8
1. Olingan daromadning qilingan xarajatlardan oshgan qismi;
2. Biror ish yuzasidan keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, oziq-ovqat va h.k;
3. Tovarlar va xizmatlarning nafliligini baholash vositasi bo’lib, ularga to’lanadigan pul miqdorini ifodalovchi tushuncha;
4. Sarflangan xarajatlarning olingan daromadlardan oshgan qismi;
5. Sotuvchi va xaridorning tovar, ish, xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash munosabati, ya’ni oldi-sotdi aloqalari va ularni ma’lum bir tartib asosida amalga oshiriladigan joy.
6. Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning tashkiliy shakli (yakka xususiy tadbirkorlik, kichik, o’rta, yirik)
7. Er va boshqa tabiiy resurslar keltiradigan daromadning va erdan foydalanganlik uchun uning egasiga to’lanadigan haqning nomi;
8. Ayirboshlash, olish-sotish bilan bog’liq muomala, savdo-sotiqdan tushgan pul, oldi-sotdi jarayonida narx ustida tortishuv, qiyishuv;
9. Bir kontragentning ikkinchisiga yuborgan o’zaro hisob-kitoblarni holati va o’zlari haqidagi xabar, axborot;
10. Qaytarish sharti bilan ma’lum bir muddat ishlatib turish uchun olingan puldan foydalanganlik uchun to’lanadigan haq;
11. Insonning biror-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash (sotish) uchun ishlab chiqarilgan ne’mat.
12. Ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi va narxlar kotirovkasini aniqlash, narx oshkoraligini ta’minlpshga xizmat qiluvchi tijorat muassasasi;
13.Hissadorlik (aktsionerlik) jamiyati sarmoyasiga qo’yilgan ulushga guvohlik qiluvchi, uning egasiga ulushiga muvofiq foydaning ma’lum bir qismini olish va shu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beradigan qimmatbaho qog’oz.
14. Bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar.
T/N
Bozor iqtisodiyotida kimning puli ko’p bo’lsa, u shuncha ko’p tovar sotib olishi mumkin .
Tovar ishlab chiqarish Hajmi va usuli ishlab chiqarish resurslari-ning bahosiga bog’liq.
Mukammal raqobatga asoslangan iqtisodiyotda alohida tovar ishlab chiqaruvchi mahsulot miqdorini kamaytirish orqali narxga ta’sir etadi.
Bozor iqtisodiyotida qanday tovar ishlab chiqarish zarurligini oxir-oqibat iste’molchilar hal qilishadi.
Avtomashinalarga benzin quyish shoxobchasi – bozorga misol bo’la oladi.
Talab egri chizig’i narxning pasayishi tufayli, talab hajmini o’sishini ko’rsatadi.
Kishilarning daromadarini ortishi barcha tovarlarga talabni oshiradi.
Resurslar bahosining Har qanday o’zgarishi talab va taklif muvozanatini taklif egri chizig’i bo’yicha yuqori yoki pastga tomon o’zgartiradi.
9. Bir vaqtning o’zida tovar taklifi va iste’molga ajratilgan daromadning o’sishi natijasida baholar o’zgarmasligi mumkin.
10. Taklif egri chizig’ini o’ngga siljishi ishlab chiqaruvchilarning har bir narx darajasida avvalgiga qaraganda kamroq tovar taklif qilinayotganini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |