Masala va mashqlar: 1. O’tgan yili 5 mln. so’m bu yilgi 6 mln. so’mga to’g’ri keladi. 5 x 120 = 6 mln. so’m. Yil davomida eskirganini hisobga olsak, aytaylik, amortizatsiya 10% bo’lsa, 50000 desak 5,95 mln. so’m bo’ladi. O’tgan yilga qaraganda arzon sotdi.
2. Ikkinchi haftada talab elastikligi koeffitsienti 1,4 ga, birinchi haftaga nisbatan uchinchi haftada E = 1ga, to’rtinchi xaftada esa E = 0,46 ga teng. Bozor bunday kostyui-shimlarga to’yinib borayapti, xarajatlarni pasaytirib, yana narxini tushirish, buning iloji bo’lmasa ishlab chiqarish Hajmini qisqartirish va boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o’tish kerak.
3.
Narx, so’m
Talab, dona, bilet
Tushum, so’m
Talab elastikligi
Normal foyda
700
600
500
400
300
300
400
500
600
700
210000
240000
250000
240000
210000
-
1,14
1,19
1,14
1,00
-15000
15000
25000
15000
-15000
Umumiy xarajatlar 225000 so’m. Eng optimal varianti 500 so’mdan narx belgilash
4.
Tovar
turlari
Narx, so’m
Taklif
Hajmi, dona
Narxga ko’ra
taklif
Elastikligi koeffitsienti
Elastikligi
A
1
2
2
4
E=1
Yagona elastik
B
4
4
6
10
E=0,6
Noelastik
V
8
10
12
5
E=1,44
Elastik.
5. Kardinalizm naflilikni absolyut miqdorini o’lchash yo’llarini qidirsa, ordinalizm naflilikni nisbatan tarzda o’lchashni taklif qiladi.
6.
Omil (boshqa shartlar teng)
Talab egri chizig’i siljishi
Talab egri chizig’i bo’yicha
Taklif egri chi-
zig’i sil-
jishi
Taklif egri chizig’i bo’yicha
1. Raqobatdosh tovarlarga baho o’zgarishi
+
+
2. Yangi texnologiya joriy qilindi
+
+
3. Tovarga moda o’zgardi
+
+
4. Daromad o’zgardi
+
+
5. Xom ashyoning bahosi o’zgardi
+
+
7. Echish:
Iste’molchining cheklangan daromadi (puli) bo’yicha olishi mumkin bo’lgan mahsulot
Byudjet chizig’i (A, D) iste’molchining mol go’shti bilan qo’y go’shtini tanlashda murosali tanlovini ko’rsatadi.
Qo’y go’shti
A
B
V
G
D
Mol go’shti
8. b) javob to’g’ri;
9. Muvozanat narxi 300 so’m, muvozanat miqdori 400 ming dona.
Masalaning ikkinchi sharti bo’yicha: A) taklif miqdori 200 ming dona; tovar taqchilligi 300 ming dona;
B) muvozanat bahosi 200 so’m; miqdori 500 ming dona.
V) muvozanat narxi 400 so’m, miqdori 300 ming dona. Krossvordning javobi:
1. Foyda; 2. Avans; 3. Narx; 4. Zarar; 5. Bozor; 6. Biznes; 7. Renta; 8. Savdo; 9. Avizo; 10. Foiz; 11. Tovar; 12. Birja; 13. Aktsiya; 14. Taklif.
11-mavzu. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik kapitali
Asosiy tushunchalar
1. Tadbirkorlik
2. Biznes.
3. Tadbirkor
4. Biznesning tashkiliy shakli
5. Firma
6. Tadbirkorlik ob’ekti.
7. Mudofaaga asoslangan strategiya
8.Asosiy kapital
9. Hujumkorlikka asoslangan
strategiya
10. Aylanma kapital
11. Aktiv kapital
12. Passiv kapital
13. Amortizatsiya
14. Oborot mablag’lari
a) Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning tashkiliy shakli.
b) Risk qilgan holda mablag’larni samarali sarflab, faoliyat yuritishning tashkiliy shakli.
v) Maksimal darajada daromad olish maqsadida ishlab chiqarish omillari (er, kapital, mehnat)ni eng smarali nisbatini topib ishga tushirish.
g) Bir yoki bir necha korxona va faoliyat turini amalga oshiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ekt.
d) Raqiblar faoliyatini kuzatish asosida, ular erishgan natijadan foydalanib ish yuritish strategiyasi.
e) Tadbirkorlik qilish qobiliyatiga ega inson.
yo) Yangiliklarni joriy qilishga, boshqalar qo’llamagan usullarni qo’llashga asoslangan strategiya.
j) Mulkiy maqomi, tashkiliy-huquqiy asoslari, xo’jalik yuritish, boshqarish uslublariga ko’ra faoliyat yuritishning namoyon bo’lishi.
z) Kapitalning ko’p yil xizmat qilib, bir necha ishlab chiqarish tsiklida(doiraviy aylanish)da qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan tovarga asta -sekinlik bilan o’tkazadigan, ishlab chiqarish jarayonida o’z xossasini o’zgartirmaydigan qismi.
i) Aylanma kapital va muomaladagi kapitalning birgalikdagi ifodasi.
y) Asosiy kapitalning mahsulot yaratish uchun zarur miqdorining bahosi, ya’ni mahsulotga ko’chgan, xarajatlarda ifodalangan qismi.
k) Kapitalning bir ishlab chiqarish tsikli (doiraviy aylanish)da qatnashib, o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga to’la o’tkazadigan, ishlab chiqarish jarayonida o’z xossasini o’zgartiradigan qismi
l) Asosiy kapitalning ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan qismi; odatda mashina, mexanizmlar, asbob-uskuna kabilar kiritiladi.
m) Asosiy kapitalning faoliyat yuritish uchun sharoit yaratuvchi, ancha uzoq xizmat qiluvchi, ishlab chiqarishda passiv qatnashuvchi qismi.