‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Milliy g‘urur asoslari. 
O'zining o ‘zbek millatiga mansubligini 
anglash; “o‘zbek xalqi” tushunchasining madaniy mohiyatini tu­
shunish, o‘zini o‘zi millatining farzandi deb bilib, milliy burchlarini 
anglash; ona tilini cheksiz sevish, shu tilda to‘gri so‘zlash va 
fikrlash.
Milliy odob. 
Awai salomlashib, keyin so‘z boshlash; o‘zbek 
xalqida “yaxshi”, “yomon” deb baholanuvchi xulq namunalarini 
bilish, barchani “siz”lash, o‘zidan katta va kichiklami izzatlash, 
do'stlik burchlami bilish; ustozlarini e’zozlash munosabati, uyat 
so‘z, so‘kinishga, odobsizlikka salbiy mxmosabat bildirish.
Vijdoniylik. 
Biror ishga qo‘l urishdan avval “Bu ilmga 
odamlar nima deyisharkan?” degan mulohaza va andishaga borish, 
rostgo‘ylik, yaxshi xulq va yomon xulqning farqlarini tushinish, 
yaxshi xulqqa ijobiy, yomon xulqqa salbiy munosabatini bildirish, 
ko‘nglidagi gapni ochiq aytishga o‘rganish.
Shu tushimchalar mohiyati ochib berilishi lozim.
249


Nazorat uchun va savol topshiriqlar
1. Ma’naviyat deb nimaga aytiladi?
2. Madaniyatga izoh bering.
3. Milliy tarbiya deb nimaga aytiladi?
4. Sharqona tarbiya deganda nimani tushunasiz?.
Quf'ord karim, Hadis, Sharq allomalari asarlarida komillikka 
erishishning muhim vositasi qanday ifodalangan?
250


XI BOB. TARBIYA USULLARI
l.Tarbiya usullari haqida umumiy tushuncha
Tarbiya metodlari (usullari) - o'qituvchi - tarbiyachining 
o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor 
ko‘nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ulaming hayoti 
va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri ta’sir etish yo‘llaridir.
Tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarga axloq-odob 
fazilatarini tarkib topishi maqsadida ulaming ongi va irodasiga 
ta’sir etish yoilariga aytiladi.Ilmiy adabiyotlarda tarbiya usullarini 
tarbiya metodlari deb ham ishlatiladi.
“Metod” - grekcha so'zdan olingan bo‘lib, “yoT’, “usul” 
ma’nosini bildiradi.
0 ‘tmishdan bizga ma’lumki, ota-bobolarimiz bola tarbiyasida 
turli xil ya’ni, nasihat, tushuntirish, maqtash, rag‘batlantirish, 
na’muna ko‘rsatish, tanbeh berish, taqiqlash, majbur qilish, po‘pisa 
qilish, qo‘rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Jamoa azolari 
bu usullami qo‘llashda, axloq qoidalariga suyangan holda, qilgan 
ishi, xatti-harakatining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida bolada 
ishonch hosil qilishga harakat qilganlar, unga axloqlilik va 
axloqsizlik, odillik va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning 
ma’nosini tushuntirganlar. Bu tartib tarbiyada asosiy qoida 
hisoblangan. Tushuntirishda bolalaming yoshi hisobga olingan.
Ota-onalar bolalarga axloq qoidalarini tushuntirishda, “Kam­
tarlik ham bir xislat”, “Odob-kishining zeb-u ziynati”, “Eshik ochiq 
bo‘lsa ham so‘rab kir” kabi maqollaridan foydalamshgan. Chunki 
maqollar bolalar ongiga, hissiyotiga kuchli ta’sir etgan.
Ajdodlarimiz davr sinovidan o‘tgan ajoyib insoniy fazilatlar 
hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu 
asosda yoshlarmi ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan 
kishilar qilib tarbiyalab kelganlar.
251


Bolalarda insoniy his-tuyg“ularni tarbiyalashning asosi - 
kishilarga mehr-muhabbat qo‘yish, izzat-hurmat bilan muomala 
qilish, insoniy huquqlarini himoya qilish, qadrlash, kishilar oldidagi 
o‘z burchini anglash, odamlarga nisbatan samimiy, halol, rostgo‘y 
bo‘lish kabi odob va axloq qoidalarini o‘z ichiga oladi.
0 ‘tmishda axloq tarbiyasida nasihat qilish, maslahat berish 
usuli ham keng qo‘llangan. Ota-onalar o‘z bolalariga kattalar 
o‘rtasida ular bilan so‘zlashganda mehmonga borilganda, o ‘zini 
qanday tutish haqida nasihat qilganlar, axloq qoidalariga rioya 
etgan bolalar va kattalar nomini o‘mak qilib tilga olganlar. 0 ‘ zbek 
xalq pedagogikasining muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xusiyat- 
laridan yana biri folklor materiallarida xalq pegogikasida qo‘lla- 
niladigan tarbiya yo4llari, usuli va vositalarining yoritilishidir.
Mehnatkash xalq ommasi, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, 
uzoq davrlar davomida vujudga kelgan tarbiya usullari va 
vositalaridan foydalangan. Chunonchi, tushuntirish, odatlantirish 
(o‘rgatish va mashq qildirish), bolalaming kundalik hayot tartibi, 
ibrat ko‘rsatish, maslahat berish, o‘git-nasihat, undash, ko‘ndirish, 
iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, maqtash, 
rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash, taqiq qilish, man etish, 
ta’na, gina qilish, qoralash.
Allohdan qo'rqishga undash, tanbeh berish, uzr so‘rash, majbur 
qilish, masxara-mazax qilish, zaharxandalik, ayblash, uyaltirish, 
koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, nafrat bildirish, aybiga iqror qildirish, 
ont-qasam ichirish, la’natlash, so‘kish, urish-kaltaklash; jamoa 
hukmiga havola qilish kabi usullar tarbiyada qo‘l kelganligi 
ta’kidlanadi.
Bolalami odob-axloq ruhida tarbiyalashda, asosan, quyidagi 
metodlardan foydalaniladi:

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin