‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

4.Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni
Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga 
kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan me’у or va qoidalardan 
iborat bo‘lib, ular kishilaming jamiyatga boigan munosaba.tla.rini 
tartibga soladi. Bu me’yor va tartib qoidalar kishilardan jcimiyat 
uchun zarur bo‘Igan axloqqa ega bo‘lishlikni talab qiladi. Shunga 
muvofiq, biror shaxsning xulq-atvori, yurish-turishiga axloqli yoki 
axloqsiz deb baholashga imkon beradi.
0 ‘zbek milliy pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha 
ta’rif beradi: “Axloq insonlami yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlik- 
dan qaytaruvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlaming yaxshiligini, yoroon 
xulqlaming yomonligini dalil va isboiiar ila bayon qiladurgan 
kitobni axloq deyilur”. Axloq - inson hayotida o‘z-o‘ zini idora 
qilish me’yolarini, boshqalar bilan munosabatda bo‘lish 
madaniyatini, halol ishlab, to‘g‘ri hayot kechirish mezonlarini 
o'rgatadi. Ibn Sino ham “axloq har bir kishi uchun o‘z-o‘zini 
idora
qilshi ilmidur” deb uning mazmunini ifodalab bergan edi. Axloq 
me’yori va qoidalari tarixiy taraqqiyot davomida tarkib topib, 
takomillashib borgan va kishilarda birgalikda yashash sharoitidan,
271


tabiiy ehtiyojidan, ijtimoiy manfaatlari va hayotiy talablaridan kelib 
chiqqan va ular muayyan tarixiy davrdagi kishilarning xatti- 
harakati, yurish-turishi va boshqalarga bo‘lgan munosabatlarida 
namoyon bo‘lgan. Ana shu tartib-qoidalarsiz biron-bir jamiyat 
bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.
Axloqiy faziiatlar hech qachon o‘z~o' zidan vujudga keimaydi, 
balki ulaming keiib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib 
chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. 
Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat 
natijasida vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib 
boradi. Demak, axloqning rivojlanishi obyektiv shart-sharoitlari 
bilan subyektiv omillaming o‘zaro munosabati qay darajada 
ekanligi bilan bog£Iiqdir.
Inson ijtimoiy hayotga aralashar ekan, ijtimoiy munosabatlar 
ta’siriga tushadi. Ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishi bilan shaxsning 
ma’naviy qiyofasi, yangi dunyoqarash, g‘oya va tasawurlari, 
jumladan axloqi ham, shuningdek, unga boigan qarashlari ham 
o‘zgarib boradi. Har qanday shaxs o‘z dunyoqarashi, axloqiy 
qoidalarini va ular ta’sirida shakllangan odat va ko4nikmalarini 
o‘zlashtirib borishi bilan birga, aniq ijtimoiy voqealarga, o‘zini 
o‘rab olgan narsa va hodisalarga, kishilarning xatti-harakatlariga. 
yurish-turishlari va muomalalariga muayyan hayotiy mavqeda 
turib, maqsadga muvofiq tarzda baho beradi.
“Axloq” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, “hulq” so‘zining 
ko‘plik shaklidir. “Axloq” iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy 
tushuncha sifatida farming tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan 
tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng 
qamrovli qismini bildiradi.
Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida 
aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan 
kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob
- inson haqida yoqimli taassurot uyg'otadigan, lekin 
jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga 
ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti- 
harakatlami o ‘z ichiga oladi.
272


Xulq
- oila, jamoa, mahaIla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘l- 
gan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsat- 
maydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlaming majmui.
Axloq
esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun na’muna 
bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir. Axloq 
me’yorlari hulq atvoming regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid 
xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, 
huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir.
Axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog‘liq boiib, 
bu talablar o ‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish 
darajasi va jamiyatda yoshlami o‘qitish va tarbiyalash ishlarining 
hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllanti- 
rishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat. 
qilishi lozim. Yoshlami ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini 
takomillashtirishda boshlang‘ich maktab muhim o‘rin egallaydi. 
Insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, salbiy 
illatlarga qarshi nafrat uyg‘otish. ongli intizomni tarbiyalash, komil 
insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir.
Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga 
bo‘lgan munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir.
Iymon va insof, so‘z va ish birligi, insonparvarlik - yangi 
qurilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo‘lib qoladi. Shun- 
day ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun 
kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal 
qilishi lozim. Yoshlami tarbiyalashda sharqona va milliy axloq- 
odob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, 
mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda 
bolish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Axloqiy tarbiya 
odamlami nomusli. vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar 
bo‘lishga o‘rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. 
Axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kura- 
shiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilaming 
axloqiy mukammallashish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda ong bilan 
xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat va vatanga, mehnatga, 
kishilarga, o‘z hulqiga munosabatlami quyidagilarda o‘z aksini 
topgan:
273


— jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash;
— mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash;
— atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat, yuqori muomala 
madanlyatiga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish;
— shaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga, axloqiy munosabatni 
tarbiyalash.
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, 
To‘maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari; A.Temur, Ulug'bek, 
Bobur singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, 
Beruniy kabi olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat 
qilishimiz, yoshlami Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning 
asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon 
standartlariga ham e ’tibomi qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha 
kengma’noga ega bo‘lib shaxsni tabiat va jamiyatdan go‘zalliklarni 
ideal nuqtayi nazardan idrok etishga o‘rgatadi.1
Tarbiya turlarining hammasi bir-birlari bilan o‘zaro uzviy 
bogTiq, lekin shunga qaramasdan o‘z mazmunidan kelib chiqqan 
holda, ular o‘z spetsifikasiga ham egadir. Endi biz quyidagi: aqliy 
tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, huquqiy 
tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi 
tarbiya turlarining har biriga alohida-alohida to‘xtaiib o‘tamiz.
Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma 
sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning 
huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy 
bilimlami o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini 
ana shu nonnalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy 
tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror 
ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha 
kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi.
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib 
beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash - 
tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixo- 
logik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jara- 
yondir. Axloqiy bilimlami ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina
1 Mirjalilova Yu. “ Milliy va umummsoniy qadriyatlar asosida talaba shaxsini axloqiy jihatdan 
tarbiyalash” Biliruv 
malakaviy ishi. 2004
yii.
274


o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar 
yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab oiishga yordam 
beradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin