‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Ma ’ naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish usullari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

5. Ma ’ naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish usullari
Axloq-kishming atrofidagi kishilarga munasobatiga ko‘ra 
uning burchini belgilaydigan normalar sistemasi, qisqa qilib ayt- 
ganda, inson xulqining qoidalaridir. Qizig‘i shundaki, bu qoidalar 
hech qaysi Kodeksda ko‘rsatilmagan. Axloq me’yorini ham, ax- 
loqlilik yoki axloqsizlik haqidagi bahoni ham xalq beradi. Xalq 
nazaridan qolishning o‘zi axloqsizlik uchun berilgan engoliy 
jazodir.
Shuni alohida ta’kidiash lozirnki, axloq, avvalo, tarixiy va 
milliy xarakterga ega. Chunki birinchi xalq, uchim axloqiy fazilat 
bo‘lgan xislat ikkinchi bir xalq uchun axloqsizlik sanaladi.
Axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o ‘z ifodasini
topadi:
1. Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu 
xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, 
baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida 
vatan boyliklarini ko'paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga 
qaratilgan amaliy ishlarida namoyon boiadi.
2. Mehmtga axloqiy munosabatni tarbiyalash. Bu axloqiy 
munosabat shaxsning melmat jarayonida namoyon bo‘ladigan 
yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va 
jamoa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalandi,
3. Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. Shaxsning jamoat- 
chilik, ko‘pchilik manfaatini o‘z shaxsiv manfaatidan ustun qo‘- 
yishidir.
4. Shaxsning o‘ziga, o !z hulqiga axloqiy munosabatni tarbiya- 
lashi - bu o‘quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo ‘Uari.
Maktabda o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil 
usullar qoilaniladi:
- dars, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo'shib olib borish;
275


- ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya 
berish;
- to‘g‘ri rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlami tashkil etish 
orqali;
- maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish orqali. Masalan, 
Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami;
- barcha o‘quvchilaming maktabdagi umumiy va yagona 
tartib qoidaga rioya qildirish orqali;
- turli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag‘batlantirish, 
jazolash usuilaridan foydalanish orqali;
- tarbiyaviy soatlar, “Odobnoma”, “Ma'naviyat asoslari” 
darslari saviyasini oshirish orqali;
- mehnat ilg‘orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat faxriylari, 
hojilar bilan uchrashuvlar uyushtirish orqali;
- maktabda turli kechalar, olimpiada, festival, musobaqalar 
o‘tkazish, turli axloqiy-ma'rifiy teleradio eshittirishlaridan foy­
dalanish;
- dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat va 
an'analarimiz aks etgan asarlami o‘qib-o‘rganish orqali.
Insonning ma'naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan 
tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va 
siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi va tarkib topadi. Axloq, odob 
haqidagi tushuncha, tasawurlami, odatlarni tarkib topshirishda 
xalq, og‘zaki ijodining, oilaning, atrof-muhitning tarbiyaviy ta’siri 
beqiyosdir. Bayramlarimiz, urf-odatlarimiz, marosimlarimiz, 
udumlarimiz ham bolalarda axloqiy fazilatlami shakllantirishda 
nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
Axloqiy tarbiya usullariga tushuntirish, na’muna ko‘rsatish, 
odatlantirish o‘rgatish, mashq qildirish) iltimos qilish, tilak-istak 
bildirish, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo‘i tilash) kabilar 
kiradi. Ta’kidlash, ta’na (gina, o‘pka) qilish, masxara qilish, majbur 
qilish, tanbeh berish, koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, uzr so‘rash, la’- 
natlash, urish, kaltaklash singari tarbiya usullari ham keng 
tarqalgan.
Axloqiy tarbiya vositalaridan biri maqollardir. Maqollar 
odamlaming hayoti va turmush jarayonida to‘plangan tajribalari
276


dunyoqarashi, o‘zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo‘lgan 
munosabati, o‘tmish hayoti va uning ibratli saboqlari, shaxsning 
ruhiy holati, umid va orzularini ifodalaydi. Shuning uchun ham ular 
bola tarbiyasida, xususan axloq va odobiga ijobiy ta’sir etadi. 
0 ‘zbek maqollari tinglovchiga o‘git-nasihat tarzida band 
o'xshatishlar orqaii aytiladi:
Oltin olma, duo ol,
Duo oltin emasmi.
Onangga boshingni ham qil,
Otangga gapingni kam qil.
Ertak va dostonlatda bola tarbiyasmmg deyarli hamma tarkibiy 
jismiari tarkib topishgan oid materiallar ko‘p.
Masalan: “qorasoch pari” ertagida Nodira yosh chogHda otadan 
yetim o‘sgandi. Onasi Nodirani safarga jo ‘natishdan oldin unga 3 
nasihat aytadi:
1) Birovga hiyonat qilma.
2) Birovning dilini og‘ritma.
3) Qaysi shaharga borsang, o‘sha shahaming qariyalari bilan 
suhbatlash. U onasining nasihatiga kirib, murod-maqsadiga yetadi.
Yoki o‘z farzandini salomlashishga odatlantirolgan ota- 
ona ulug‘lanadi;
Qizil-qizil olma terdim,tepa shoxdan egilib,
Qizlaijon o ‘tib boradir, soch bosh yerga tegib,
Salom bersam alik oldi, tol xivichdek egilib,
0 ‘stirgan onangga rahmat, oimagaysan ko‘z tegib.
Yoki ota-ona qoralanadi, ta’na va isnodga qoladi:
Ikki yuzing pishgan olma, .
Noz etib hargiz buralma.
Ishdan hech bo‘yin tovlama,
Chiroylisan ko‘rdik, kelin.
Onang seni o'stirgan xom,
So‘zlariirmi uqding tamom.
Kattalarga bergil salom,
Shimda qadring ortar kelin.
277


Qo‘shiqlarda ham salomlashish yoshlaming odobli yoki 
odobsizliklarini belgilaydigan omil ekanligi ko‘rsatiladi.
Aka, yoringni ko‘rdik,
Dalada yurgan ekan,
Qaytarilib saiom bersam,
Tili yo‘q, hayvon ekan.
Yoki allani ko‘raylik:
Har daraxtning mevasi ko‘p bo‘lsa, boshi ham kelur,
Har kishining dardi bo‘Isa, diydasidan nam kelur,
Shodmonlik istasang oxir boshingga g‘am kelur,
Nola qilsam, qo‘rqaman-majlisga nomahram kelur, 
Marhabojon, bibing aylansin bolam, dod allayo.
Yoki «Usta Nishon» ertagini o‘qigan bolada yaxshi xulqli 
bo‘lish, duo olish, ota-onaga rahmat keltirish ishtiyoqi uyg‘onadi. 
Yoki kuyida qoralash usulining qarg‘ish shakli ishlatilgan:
Sen, juvonmarg, eshit mening tilimni,
Nega sen yig‘latding mening ulimni 
Nega urding echki boqar kalimni 
Senda odam, bilib yurgin yo‘iingni!
Otang hurmati siylab turayin 
E juvonmarg, bilganimday qilayin,
Qarab turgin, sen ham meni bilasan,
Echki boqar-kalga tegsang, oiasan.
Shu satrlami o‘qigan bolada yomon yo‘ldan yurish, odobsiz 
bo‘lishdan chekinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
Yoki «Zumrad va qimmat» ertagini olaylik. Zumrad aqlli, 
odobli, xushmuomala bo‘lgani uchun ham, u ertalab suvga 
borganda yo‘lda gullar ochilib, egilib salom berishadi, qushlar 
sayrab Zumradni maqtashadi, Qimmat suvga chiqsa, gullar 
qovog‘ini uyib, yumilib oladi, qushlar jim bo‘lib qolishadi.
Chunki Qimmat gullami oyog‘i bilan ezib, yulib tashlar, 
gullarga toshlar otar edi.
Buni eshitgan bolalar Zumradga o‘xshab odobli bo‘lishni, 
Qimmatga o‘xsharnaslikka harakat qilishadi.
Ertaklaming tarbiyaviy ahamiyati shundaki, unda ezgulik va 
yovuzlik o ‘rtasida kurash ketadi va oxirida yaxshi bo‘lsang, albatta
278


murodingga yetasan degan xulosaga kelishadi va yaxshilikka intili- 
shadi. Axloqiy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri hadisdir.
Umuman Sharq xalqlarida odob-axloq, izzat-hurmat, hayo- 
andisha uning insoniylik qiyofasini belgilovchi asosiy omildir. 
Darhaqiqat, Sharq xalqlarining ibrat bo‘larli axloqiy fazilatlari 
benihoya ko‘pdir.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin