‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


II. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

II. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi
Mazkur yo‘nalishda bolaning rivojlanish jarayoni quyidagi 
bosqichlar orqali kechadi:
- ijtimoiy rivojlanish - bunda bola ijtimoiy muhit va 
atrofidagilar bilan hamkorlik qiladi;
- hissiy rivojlanish - bunda bolada o‘zini va o ‘z hissiyotlarini 
anglash rivojlanadi.
Ijtimoiy rivojlanish bosqichida bola:
- tanish va notanish kishilami farqlashi;
-boshqa bolalar va katta yoshdagilar bilan muloqot qilish 
malakalarini qo‘llay olishi lozim.
Hissiy rivojlanish bosqichida bola:
-
"men" konsepsiyasini anglashi;
- o‘zgalar va o‘z hislarini anglashi lozim.
III. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik yo‘nalishi
Mazkur yo‘nalishda rivojlanish jarayoni quyidagi bosqichlar
orqali kechadi:
- nutq - bunda bola so‘zlashuv tiliga zarur darajada ta’sir- 
lanadi, so'zlamt tushuna boshlaydi va atrofdagilar bilan muloqotga 
kirishadi;
- o‘qish va savodga tayyorgarlik - bunda bolada bosma ma­
teriailar, yozuv belgilari va harflarga bo‘lgan qiziqish rivojlanadi.
Nutq bosqichida bola:
-
nutqni tinglashi va tushuna olishi;
- gapirishi va so‘zlasha olishi lozim.
0 ‘qish va savodga tayyorgarlik bosqichida bola:
- bosma materiailar, harflar va belgilarga qiziqish bildiradi;
- yozishga oid ko‘nikmalar hosil qiladi.
IV. Bilish jarayoni va atrof muhit to‘g‘risidagi bilimlarga
ega bo‘lish yo‘nalishi
Mazkur yo‘nalishda rivojlanish jarayoni quyidagi bosqichlar 
orqali kechadi:
35


- elementar matematik bilim va ko‘nikmalar - bunda bola­
ning matematik, jumladan son-sanoq malakalarini rivojlantirish 
orqali matematik bilimlarini orttirish, mantiqiy fikrlash va muam­
molarini hal qilish qobiliyatlarim, son-sanoq, miqdor, shakl, 
kattaliklar va oichov birliklaridan foydalanish malakalarini 
rivojlantirishga erishiladi;
- atrof muhit to‘g‘risidagi bilimlar - bunda bola kuzatish va 
amaliyot orqali atrof muhit to‘g‘risida axborot oladi;
- ijod - bunda bola milliy m a’naviy meros va madaniyatni 
hurmat qilishga hamda o‘z hissiyotlarini musiqa, teatr va tasviriy 
faoliyat orqali ifodalashga o‘rganadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin