‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

30


■S
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy- 
tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy- 
axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
■S
maktabgacha muassasalaming har xil turlari uchun turli 
variantlardagi dasturlami tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning 
barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati 
ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
■S
maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari 
tarmog‘ini qo‘llab-quwatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab 
chiqish.
Maktabgacha ta’lim muassasalari (bolalar bog‘chasi, bolalar 
yasli bog‘chasi, bolalami rivojlantirish markazi va h.k) bir yoshdan 
olti yoshgacha bo‘lgan bolalami tarbiyalashda oilaga yordam berish, 
ulaming jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustah- 
kamlash individual qobiliyatlarini rivojlantirish va rivojlanishdagi 
nuqsonlami tuzatishda zarur choralami ko‘rish maqsadida tashkil 
etiladi. Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim berish va 
tarbiyalash tasdiq’langan davlat talablari asosida amalga oshiriladi.
Mazkur davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan 
foydalaniladi:
talab 
- biror-bir aniq yoshdagi bolalar bilishi va bajara olishi 
shart bo‘Igan talablar majmui;
indikator 
- bolaning ko‘z bilan ko‘rishi va o‘lchashi mumkin 
bo‘ladigan ko‘nikma va malakalari ko‘rsatkichi.
Davlat talablari maktabgacha ta iim tizimida, shuningdek har 
bir oilada 7 yoshgacha boigan bolani tarbiyalash, rivojlantirish, 
maktabga samarali tayyorlash hamda unga ta’lim berishda 
qoilanilishi majburiydir.
Davlat talablari asosida:
- bolaning bilim, ko‘nikma va malaka mezonlari hamda 
ulaming o‘sish dinamikasi va rivojlanish holatlari aniqlanadi;
- bolalarning rivojlanganligi va yutuqlari baholab boriladi;
- bolaning individual rivojlanishi ta’minlanadi;
-kadrlar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yila- 
digan talablar, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish
31


darajasi hamda ota-onalarning bola rivojlanishiga oid ko‘nikma va 
malakalari belgilanadi.
Davlat talablari 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 
quyidagi ta’lim muassasalari tomonidan qoilanilishi shart:
- davlat va nodavlat maktabgacha ta iim muassasalari;
- maktabgacha ta’lim olayotgan bolalar guruhlari mavjud 
bo ig an "Mehribonlik" uylari;
- xalq ta iim i muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va 
tashkil etish tuman (shahar) boiimlarining maktabgacha va 
boshlangich ta’limni nazorat qiluvchi sho‘balari;
- kasb-hunar kollejlari va oliy о ‘quv yurtlarining maktabgacha 
va boshlangich ta iim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 
fakultetlari;
- maktabgacha va boshlangich ta iim tizimi kadrlarining 
malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin