‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy, tarkibiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy, tarkibiy
qismlari. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiya 
jarayoninigina qamrab olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
munosabatlami ham o ‘z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, 
uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlaming 
o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o ‘zaro aloqadorlik asosida 
“Yuksak m a’naviy va axloqiy talablarga javob bemvchi yuqori 
malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi” mohiyatini aks 
ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi (2-chizma).
25


KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI
Milliy modelning bosh maqsadi-koinil inson va 
yetuk malakali yetishtirish
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida kadrlar tayyorlash 
milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o‘ ziga 
xos xususiyati mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda 
uch yillik o ‘rta maxsus, kasb-hunar taiim ini joriy etilishi bilan 
belgilanadi. Bu esa o ‘z navbatida umumiy ta’lim dasturlaridan o'rta 
maxsus, kasb-hunar taiim i dasturlariga o ‘tilishiga zamin yaratadi1.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari 
quyidagilardan iboratdir:
Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, 
ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga 
oshiruvchidir.
Shaxs uzluksiz ta iim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni 
o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish 
sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o ‘zida ijtimoiy ta’sirlar 
yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlami tarbiyalab boradi. Shaxsda 
o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba 
asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy- 
axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega b o iish
uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda 
unga erishish y o iid a tinimsiz izlanishi, o ‘qib-o‘rganishi lozim.
1 O'sha manba, 34-bet.
26


Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib 
shakllanadi.
0 ‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta’lim sohasidagi 
xizmatlardan toMaqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy 
bilimlami puxta o ‘zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis 
bo‘la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, 
uning o ‘ziga bog‘liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning 
kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
“Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat 
ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o‘tish kafolatlanadi. 
Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda 
etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli 
malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, 
madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z 
bilimi hamda tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi” 1.
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi 
kadrlami tayyorlash va ulami qabul qilib olishning kafillaridir.
Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat 
taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. 
Binobarin, fuqarolari yuksak ma’naviyatga ega jamiyat har 
tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlat (jamiyat) o ‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xu- 
susiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarola- 
rining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chi- 
qarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit 
yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat va jamiyat 
shaxsning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi 
uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o‘z 
zimmasiga oluvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat va jamiyat ta iim muassasalarining yuqori malakali 
raqobatbardosh mutaxassislami tayyorlash yolidagi faoliyatini 
ham uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:
1 O'lha manba, 30-bet.
27


- fuqarolaming bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini 
oshirish huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;
- majburiy umumiy o‘rta ta iim hamda akademik litsey yoki 
kasb-hunar kollejida ta iim olish yo‘nalishini tanlash huquqi 
asosida majburiy o ‘rta maxsus, kasb-hunar taiim i ni olishga;
- davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta iim va 
oliy o ‘quv yurtidan keyingi taiim ni olish huquqiga;
- davlat ta iim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
- ta iim ohwchilaming o‘qishi, turmushi va dam olishi uchim 
shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalaming hal etilishida 
jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
- ta iim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan q o ilab - 
quwatlashga;
- so giiq va rivojlanishida nuqsoni boigan shaxslaming ta iim
olishiga1.
Uzluksiz ta iim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyor- 
lashning asosi b o iib , taiim ning barcha turlari, davlat ta iim
standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat 
ko‘rsatish muhitini o ‘z ichiga oladi.
Uzluksiz 
ta iim
kadrlar 
tayyorlash 
tizimining 
asosi, 
0 ‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini 
ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, 
ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondimvchi ustuvor soha 
b o iib , ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi 
va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlaming jadal tayyorlanishi 
uchun zarur shart-sharoitlami yaratadi2.
Uzluksiz ta iim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror 
topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan 
asoslari hamda kasb-hunar maiumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak 
ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida 
kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta iim Davlat ta’lim stan- 
dartlari hamda o ‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.
' 0 ‘sha 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin