‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

17
Ut 

,
VvA
<*3
7


jihozlari (o‘quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va 
hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar. Mazkur metod 
muayyan yo‘nalishlarda o'quv-tarbiya ishlari samaradorligi 
darajasi, o ‘quvchilarda hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
hajmi, ilg‘or pedagogik tajribalar mazmunini o'rganishda muhim 
ahamiyatga ega.
Test metodi. 
Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan 
fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha 
o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar 
darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o ‘z mohiyatiga ko‘ra 
quyidagi savollardan iborat:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil 
javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar “ha”, “yo‘q”, “qisman” 
yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob 
variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar 
o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini 
belgilaydilar).
Test metodini qo‘Ilashda aniqlanishi zarur bo‘lgan bilim, 
ko‘nikma va malakalami turkurn asosida berilishiga e’tibor berish 
maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning alzalligi respondentlar 
javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mav- 
judligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod 
ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda 
javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif 
etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois 
respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyatiga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. 
Tadqiqotni olib borish jarayonida 
ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muam­
moning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo‘nalishlarda 
o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi 
ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini 
asoslashga xizmat qiladi.
18



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin