‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Bolalar ijodini o‘rganish metodi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Bolalar ijodini o‘rganish metodi. 
Mazkur metod o‘quv- 
chilaming muayyan yo‘nalishlardagi iayoqati, qobiliyati, shuning- 
dek, m aium fan sohalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari 
darajasini aniqlash maqsadida qoilaniladi. Uni qoilashda 
o‘quvchilarning ijodiy ishlari - kundaliklari, insholari, yozma 
ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Metodning afzalligi shundaki, u m aium o‘quvchiga xos boigan 
individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish 
uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1) fan olimpiadalari;
2) turli mavzulardagi tanlovlar;
3) maktab ko‘rgazmalari;
4) festivallar;
5) musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment — lotincha “sinab ko‘rish”,
“tajriba qilib ko‘rish") metodi. 
Pedagogik tajriba metodidan 
muammo yechimini topish imkoniyatiarini o'rganish, mavjud 
pedagogik sharoitlaming maqsadga erishishning kafolatlay olishi, 
ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega 
b o ia olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foyda- 
laniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan 
pedagogik tajriba m aium doirada, soni aniq belgilangan 
respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan 
foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus 
metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi 
zarur. Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra quyidagi 
guruhlarga boiinadi:
3- chizma. Pedagogik tajriba turlari
19


Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda 
tashkil etiladi. Xususan:
1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
3) tadqiqot obyektlari va usullarining to ‘g‘ri tanlanishi;
4) tajriba o‘tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, 
vositalar)ning yaratilganligi;
6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va 
natij alarm qayta ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib 
umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab 
chiqiladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin