‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Tibbiy fanlar -
shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri 
rivojlanishini ta’minlash. uning organizmida namoyon bolayotgan


ayrim nuqsonlami bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek
nuqsonli bolalami o ‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini 
o‘rganishda ko‘maklashadi.
Gigiyena
- o ‘quvchilaming salomatligini muhofazalash, 
ulaming jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy 
g‘oyalari bilan yordam beradi.
Pedagogikaning meditsina bilan aloqasi pedagogik bilimlarni 
maxsus sohasi korreksion pedagogikaning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Uning predmeti rivojlanishida orttirilgan yoki tug'ma 
nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalarga ta’lim berishdir.U tibbiy 
vositalar tizimi bilan o‘zaro aloqa ishlab chiqadi. Uning yordamida 
terapevtik 
samaraga 
erishiladi 
va 
shunday 
pozitsiyalar 
o‘zlashtiriladiki, ulaming roli qimmati mavjud nuqsonlar o in in i 
bosuvchi yoki ularni og‘irliklarini kamaytiruvchi sotsializatsiya 
jarayonini yengillashtiradi.
Tarix
- pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayon- 
larining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuning- 
dek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun 
yo‘naltiriladi.
Madaniyatshunoslik —
o‘quvchilarda insoniyat tomonidan 
yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyat asoslari haqidagi 
tasawum i shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini 
tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
5. Pedagogika fanlari tizimi
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasining rivojlanishi 
pedagogikaning yangi sohalari chegaraviy ilmiy fanlarning ajralib 
chiqishiga olib keladi. Bugimgi kunda pedagogika pedagogik 
fanlarning murakkab tizimi sifatida namoyon boMmoqda.Uning 
tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Umumiy pedagogika - maktab yoshidagi bolalami 
tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
2.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi - maktabgacha ta’lim yo­
shidagi bolalami tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy 
va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
10


3.Boshlangich ta'lim pedagogikasi - boshlang‘ich sinf 
o'quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ulaming o ‘ziga xos 
psixologik 
hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq 
etish, 
shuningdek, ulami intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy 
jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi.
4.Korreksion (maxsus) pedagogika - rivojlanishi da turli 
psixologik va fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalami tarbiyalash va 
o'qitish bilan bog'liq muammolami o‘rganadi.
0 ‘z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus peda­
gogika va psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir:
1. 
Surdopedagogika va surdopsixologiya - eshitish qobiliyati 
buzilgan bolalami rivojlantirish, o'qilish va tarbiyalash masala­
larini o‘rganadi.
2.01igofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya - aqli zaif 
bolalami rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini 
o‘rganadi.
3.Tiflopedagogika va tiflopsixologiya - ko‘rish qobiliyati 
buzilgan bolalami rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masa­
lalarini o'rganadi.
4.Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi -- nutqi, 
shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlari 
bo‘lgan bolalar (ko‘r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o‘qitish 
va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
5. Metodika - xususiy fanlami o‘qitish xususiyatlarini 
o'rganadi.
6. Pedagogika tarixi - ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, 
taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o‘rin egallagan 
pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o'rganadi.
7. Pedagogik texnologiya - ta’lim va tarbiya jarayonida zamo­
naviy pedagogik texnologiyalami qoilash, texnologik yondashuv 
asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish 
muammolarini o‘rganadi.
8. Pedagogik mahorat - bo'lajak o‘qituvchilarning kasbiy 
mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o'rganadi.
11


9. Taiim ni boshqarish — ta’lim muassasalarining faoliyatini 
y o ig a qo‘yish, boshqarish. nazorat qilish hamda istiqbollarini 
belgilash masalalarini o'rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy munosabatlar jarayonida 
pedagogik g'oyalaming tutgan o‘rni va roli, shaxsni kasbiy va 
ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi.
6. Pedagogika fanining metodologiyasi
Fan faqat u yangidan yangi bilimlar bilan olib borilgan holda- 
gina rivojlanishi mumkin. 0 ‘z navbatida, ulami to‘plash va talqin 
qilsh uchun ilmiy asoslangan izlanish kerak boiadi. Oxirgisi o‘z 
bogianishlarini fanshunoslikda metodologik nomini olgan nazariy 
prinsiplar majmuasidan topadi. Na faqat pedagog amaliyotchilar, 
balki tadqiqotchilar ham ko‘pincha “metodologiya” tushunchasi 
ortida real hayotdan va ta’limiy amaliyotdan uzoqda boigan (qan­
daydir abstrakt) narsani ko‘radilar. Shu bilan birga metodologiya
— bu “nazariy va amaliy faoliyatlami tashkil etish va qurishning 
prinsip va usullari tizimidir” 1. Psixolog S.L.Rubinshteyn “Katta 
nazariyalar savollari, bu ish bilan birga katta ahamiyatga ega 
bo ig an amaliy savollar hamdir. Yirik 
nazariy muammolami 
haqiqatdan ko’rish bu ulaming hayotning aniq masalalari bilan 
munosabatda ko‘rish demakdir”2 deb yozadi.
Pedagog kasbiy tayyorgarligining yuqori darajasi unda 
metodologik madaniyatning mavjudligidan iborat. Bu madani- 
yatning asosiy alomatlari quyidagilarda namoyon boiadi:
- falsafa kategoriyalari bilan pedagogik fanlarning kont- 
septual qobigini tashkil etuvchi asosiy tushunchalar bilan 
“mustahkamlangan” jarayonlami tushunish;
- Taiim ni turli tushunchalarini abstraktlikdan konkretlik- 
kacha ko‘tarilib borish pog'onalari sifatida anglash;
- anglash faoliyati metodida pedagogik nazariyalami qayta 
o‘zgartirishni o‘rganish;
1 Философский энциклопедический словар. — М., 1983. — С. 365.
2
Рубинштейн С.Л. Бытие и сознание: О месте психического во всеобщей взаимосвязи 
явлений. — М., 1957. — С. 3.
12


- pedagog tafakkurining pedagogik shakllariga genezisiga 
yo‘nalganligi va ularning “to ia yasovchi” xossasi;
- pedagogning tushunchasi atamalar tizimida ta’lim amali- 
yotini amalga oshirish ehtiyoji;
- pedagogik bilimlaming tarixiy rivojlanish davridagi 
yaxlitiigi va izchilligini aniqlashga intilish;
- “o‘z-o‘zidan ko‘rinib turgan” vaziyatlarga odatdagi pedago­
gik ong tekisligida 
yotuvchi 
dalillarga 
nisbatan 
tanqidiy 
munosabat;
- shaxsiy bilish faoliyati jarayoni va natijalariga, shuningdek, 
pedagog jarayonining boshqa qatnashchilari fikrlari harakatiga 
dastlabki shart-sharoitlar bo‘yicha refleksiya;
- insonni bilish sohasidagi ilmga qarshi pozitsiyalarni asosli 
inkor etish;
- pedagogikaning dunyoqarashlik, insonparvarlik funksiya- 
larini tushunish.
Metodologiyani o‘rganish bilan o‘qituvchi uning prinsiplariga 
suyangan holda fikrlay boshlaydi va prinsipial bo‘lib boradi. 
Xususiy ilmiy metodologiya darajasida ta’lim va ijtimoiy 
siyosatning yagonaligi, yondashuvning bir butunligi, ta’limning 
birlikdagi subyektining kengayishi yaxlit pedagogik jarayonda 
tarbiyaviy maqsadlaming ustivorligi prinsiplarini o'zlashtirish, 
ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
B oiajak pedagogning metodologik madaniyatini shakllantirish 
bilish 
metodologiyasi 
va 
pedagogik 
jarayonlami 
qayta 
o‘zgartirishning mohiyatini tushunishga tayanadi. Metodologiya 
haqidagi faqat ilmiy izlanishlar mantiqiga tegishli prinsiplar tizimi 
sifatida rasm qilib borayotgan tasavvurlarni yengib o‘tish, ularning 
ahamiyatini ta’lim va tarbiyaning kundalik amaliyoti uchun ochib 
berish, yaxlit pedagogik jarayonni boshqarislmi takomillashtirish 
muhimdir. Boiajak o‘qituvchida metodologik madaniyatni 
shakllantirishga qaratilgan dialektik yondashuv bir qator ketma-ket 
avj olib borilgan bo‘g‘inlami o‘z ichiga oladi: talabalaming ularga 
taqdim etilgan vaziyatlardagi qarama-qarshilik (ziddiyatlarni) 
tushimtirib o'tishga va hal qilishga bo‘Igan intilishlari: Shundayin
13


tajribalar, sogiom fikrli mulohazalar, ulaming bir yoqlama 
ekanligini ko‘rsatish metoftzikligiga tayangan holda yechimining 
samarasizligini ochib berish;
- dialektik mantiq talablari asosida muammoli vaziyatlarni 
samarali hal qilish yo‘llarini namoyish qilish;
- taklif etilgan topshiriqlar ustida olib borilgan ish tajriba- 
larini va o ‘zlashtmlgan mantiqni pedagogik amaliyotni turli 
sohalariga olib o‘tish imkoniyatlarini umumlashtirish.
7. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metod!ari
Shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, 
puxta ilmiy bilimlami berishga berish tamoyillari, obyektiv va 
subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki 
mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish 
usullaridir.
Ayni vaqtda, 0 ‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalish- 
da olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga 
asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ulaming qonuniyatlarini 
aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlaming 
umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning 
fiziologik rivoji iming psixologik, intellektual jihatdan takomil- 
lashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs 
kamolotini ta’minlashdagi o‘mi va roli. shuningdek, dialektika 
kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlami amalga oshirish murakkab, 
muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik 
hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘Igan jarayon bo‘lib. 
uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. 
Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlaming to‘g'ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilan­
ganligi;
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
14


5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respon- 
dentlaming yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, 
shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning 
natijalarini aytib o‘tish;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni 
olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. T aiim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Pedagogik tahlil metodi.
8. Bolalar ijodini oi-ganish metodi.
9. Pedagogik tajriba metodi.
10. Matematik-statistik metod.
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qoilash jarayonida, taiim
muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida 
tadqiq etilayotgan muammo holat aniqianadi, tajriba- aw ali va 
yakunida q o ig a 
kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi 
farq 
to‘g'risidagi maiumotga ega boiinadi. Pedagogik kuzatish 
murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad 
asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan 
natijani q o ig a kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuza­
tish taiim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllan- 
tirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga y o i qo'ymaslik 
muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yoiga qo‘yish;
3) kuzatislming har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal 
etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab oiganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
15


S uhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega 
bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho 
berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedago­
gik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari 
imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. 
Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda 
ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning 
imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon boiishga erishish muhimdir. 
Uning samarali boiishi uchun quyidagilarga amai qilish maqsadga 
muvofiq:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgila- 
nuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o‘rtasidagi 
mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga 
kelish;
4) suhbatdosh to‘g‘risida aw aldan muayyan ma’lumotlarga 
ega bo'lish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda boiish;
6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi 
uchun sharoit yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.
A nketa metodi (fransuzcha - tekshirish). Ushbu metod 
yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan 
dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida 
respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa 
savollariga javoblar, ko‘p hollarda, yozma ravishda olinadi. 
0 ‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa 
savollari quyidagicha bo‘ladi:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil 
javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar “ha”, “yo‘q”, “qisman” 
yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzidagi javob 
variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
i6


Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish 
zarur. Ular quyidagilardir:
1) anketa 
savollari 
tadqiq 
etilayotgan 
muammoning 
mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
3} anketa savollari o‘quvchilaming dunyoqarashi, yosh va
psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
4) anketa savollari respondentlar tomonidan to‘la javoblar 
berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;
5) anketa 
o‘quvchilarning 
pedagogik 
va 
psixologik 
tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
6) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil 
etilishi shart.
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan 
muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan 
munosabat 
bildirilishini 
ta’minlaydi. 
Intervyu 
respondent 
e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. 
Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi 
tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
T a’lim muassasasi h u jjatlarn i tahlil qilish metodi. 
Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida taTim 
muassasalari faoliyati mazmimini yorituvchi ma'lumotlami 
tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod 0 ‘zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” talablarining ta’lim muassasalari 
amaliyotidagi bajarilish holatini o‘rganish, bu boradagi faollik 
darajasi, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo'yilgan kamchiliklarni 
aniqlash, ilg'or tajribalami ommalashtirish va ta’lim muassasasi 
pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qoilaniladi.
Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar 
quyidagilardan iborat: 0 ‘quv mashg'ulotlarining jadvali, o‘quv 
dasturi, guruh (yoki sinf) jumallari, o‘quvchilaming shaxsiy 
varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari 
yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi 
smetasi hamda pasporti. tarbiyaviy ishlar rejasi,-, o‘quv-tarbiya 
ishlarini tashkil etish boras idagi hfeabotlar, ta’lim muassasasi

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin