‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Qayta к о ‘risk
- bu fanlar yutuqlarini taiim iy amaliyotga 
uni takomillashtirish va rekonstruksiya qilish maqsadida tadbiq 
etishga qaratilgan;
3. 
Refleksiv
- bu ilmiy izlanishlar natij alarming taiim va 
tarbiyaning amaliyotga ta’sirini baholash va ilmiy nazariy va 
amaliy faoliyatning bundan keyingi korreksiyasini ko‘zda tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda 
huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak 
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 
kadmi tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi 
asosida ta ’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini 
hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalami bajarishga e’tibor 
qaratiladi:
1. 
Ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori mala­
kali kadmi tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning 
rnohiyatini o‘rganish.
2.Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini 
aniqlash.
3.Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, 
rivojlangan xorijiy mamlakatlar taiim tizimi tajribasini o'rganish 
asosida uzluksiz ta iim tizimini takomillashtirish.
4.T aiim muassasalari hamda, ekirda faoliyat olib borayotgan 
pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
5.Ilg‘or pedagogik tajribalami umumlashtirish va amaliyotga 
joriy etish.
6.Pedagoglami pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda 
taiim -tarbiya usullari bilan qurollantirish.
7.Taiim -tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo'nalishlari 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart- 
sharoitlarini o'rganish.
8.0 ‘qitish 
hamda 
tarbiyalash 
jarayonining 
samarali 
texnologiyalarini yaratish.
6


9. Gila tarhiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota- 
onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalami ishlab chiqish.
10. Ta’limning sifati va sifatli ta’lim jarayoni bilan ta’minlash.
3.Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushun- 
chalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan 
mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. 
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha 
kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari 
shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga 
erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. 
Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, 
tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, 
ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs
- psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususi­
yatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya
- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba 
asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq- 
atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta'lim
- o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va 
malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘s- 
tirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim -
shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum 
obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan 
ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko'nikma
- shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish 
qobiliyati.
Malaka -
muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning 
avtomatlashtirilgan shakli.
M a ’lumot
— ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va 
tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar 
hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
7



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin