‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

I BO‘LIM
I BOB. PEDAGOGIKANING ILM IY ASOSLARI.
PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA UNING PREDMETI
MAQSAD VA VAZIFALARI
1.Pedagogika predm eti
Pedagogika (yunoncha “paidagogike” bo'lib. “paidagogos”- 
“bola” va ‘'yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyat- 
lari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh 
avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va 
muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimi- 
ga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalami milliy istiqlol 
g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga taiim berish muammolarini 
o'rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati -
uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tibomi qaratganligi bois 
didaktika (taiim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim 
tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Ko‘p sonli fanlaming ta’limni oiganishdagi ijtimoiy fenomeni 
sifatidagi hissasi shubhasiz bebaho va zarurdir. Biroq bu fanlar 
insonningkundaliko‘sishi va rivojlanish jarayoni bilan bogiiq b o i­
gan, o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘z rivojlanish davridagi o‘zaro 
munosabatlari va unga mos institutaviy struktura bilan bogiiq 
taiim ning tub jihatlariga daxl qilmaydi. Va bu tamomila haqqo- 
niy,chunki maxsus jihatlarni o‘rganish obyekt (taiim ) ning shunday 
qismini aniqlaydiki, buni maxsus fan pedagogika o‘rganishi kerak.
Pedagogika - bu aniq maqsadlar asosida maxsus ijtimoiy 
institutlar (oila, ta iim va madaniy tarbiyaviy muassasalar) da 
tashkil etilgan aniq yaxlit pedagogik jarayon sifatidagi ta’limdir. 
Pedagogika bu holda o‘zini pedagogik jarayon (taiim)ning 
mohiyati, qonuniyatlari, tendensiyalari va rivojlanish istiqbollarini
4


o‘rganuvchi fan sifatida namoyon etadi. Shu asosda pedagogika uni 
tashkil etining nazariya va texnologiyalarini, pedagog faoliyati 
(pedagogik faoliyat) ning shakli va rivojlantirish metodlarini va 
o‘quvchilaming turli koiinishdagi faoliyatlarini, shuningdek 
ularning o‘zaro munosabatlaridagi strategiva va usullarini ishlab 
chiqadi.
2. Pedagogika fanining vazifaiari
Pedagogika fani shaxsni shakilantirishdek ijtimoiy buyurtmani 
bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa 
qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida 
ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning 
hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim 
ahamiyatga ega.
Pedagogika fanining vazifaiari. Pedagogikaning fan sifatidagi 
vazifaiari uning predmetlariga bogiiq. Bular nazariy va texnologik 
vazifalar b oiib, ular uzviy ravishda amalga oshiriladi. Peda­
gogikaning nazariy vazifaiari uch xil darajada amalga oshiriladi:
-
Tavsiflashyoki tushuntirish -
iig'or va novatorlik pedagogik 
tajribalami o‘rganish;
-
Diagnostik
- pedagogik hodisalaming holatini, pedagog va 
o'qituvchi 
faoliyatining muvaffaqiyati yoki samaradorligini 
aniqlash, ularni ta’minlovchi shart va sabablarini oiganish;
-
Prognostik-
pedagog faoliyatlarini ilmiy tadqiqotlar orqali 
o'rganish va u!ar asosida bu faoliyatni o‘zgartirish modulini qurish. 
Nazariy vazifalarni prognostik darajasi pedagogik hodisalaming 
mohiyatini oehish, pedagog jarayonlaridagi teran hodisalami 
topish, taxmin qilingan czgarishlarni ilmiy asoslash bilan bogiiq. 
Bu darajada taiim iy amaliyotdan oldin turuvchi ta’lim tarbiya 
nazariyasi va pedagogik tizim modeli yaratiladi.
Pedagogikaning texnologik vazifalarini amalga oshirishning 
uchta darajasi mavjud: Proeksion, qayta qurish, refleksiv.
1. 
Proeksion -
bu o‘z ichiga nazariy 
konsepsiyalami 
oluvchi va pedagogik faoliyatlar rejasini, uning mazmunini va


xarakterini aniqlovchi mos metodik materiailar (o‘quv rejasi, 
dasturlar, darsliklar, o‘quv qoilanm alar va pedagogik tavsiyalar) ni 
ishlash bilan bogiiq;
2. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin