‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 yillik majburiy o ‘rta ta ’limning ikkinchi bosqichi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

11 yillik majburiy o ‘rta ta ’limning ikkinchi bosqichi
tayanch 
umumiy o ‘rta ta’lim bo‘lib, V-IX sinflami qamrab oladi. Ta’lim­
ning davomiyligi 5 yilni tashkil qiladi. Bu bosqich o‘quvchilaming 
o‘smirlik davriga to‘g‘ri kelib, ulaming jadal rivojlanishi, axloqiy 
meyorlami egallashi amalga oshadi. 0 ‘smir yoshdagi o‘quvchilar 
o‘z oldilariga shaxsiy ahamiyatga ega bo‘Igan maqsadlar qo‘ya- 
dilar, ularda kasbiy mo‘ljallar hosil bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, 
o ‘quvchilami kasbiy faoliyatning turli turlariga yo‘naltiradi. Shu 
bilan bir qatorda ularda o‘zlik, o ‘zlikni anglash hissi tarkib topa 
boshlaydi. Mazkur tuyg‘u ularga o‘z mavqelarini aniqlash imkonini 
beradi. Bu bosqichda V-IX sinf o ‘quvchilarida tabiat, jamiyat, 
insonga oid bilimlami o ‘zlashtirish, amaliy, bilish hamda m a’naviy 
faoliyat tajribasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi.
Bu davrda o‘quvchilami ijtimoiylashtirishga alohida e ’tibor 
qaratiladi. Ularda huquqiy bilimdonlik va mas’uliyat hissi tarkib 
toptiriladi. Shuningdek, o‘quv faoliyati shakllarining o‘zlashtiri- 
lishi bilan bir qatorda o ‘z faoliyatlarini tashkil qilish mexanizmlari, 
nazariy fikrlash usullari, ilmiy bilish metodlari, kasbiy bilish hamda 
kasbiy mo‘ljallar, faoliyatning turli turlariga nisbatan dastlabki 
yo‘nalishlar hosil bo‘ladi. Bu bosqichda ta’lim mazmunini nisbatan 
yakunlangan о ‘quv bloklari tashkil etadi. Mazkur о'quv bloklari X- 
XI sinflardata’limni davom ettirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ushbu bosqichda o ‘quvchilami ta ’limning keyingi bosqichiga 
tayyorlash va muayyan sohani tanlashlari uchun sharoit yaratiladi. 
Bu esa ulaming ijtimoiy jihatdan o ‘z mavqelarini aniqlashlari va 
mustaqil bilim olishlarini ta’minlaydi. 0 ‘quvchilaming shaxsiy 
imkoniyatlari va mayllarini hisobga olgan holda ta’lim muassasasi 
sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan ta’limni joriy etishi mumkin. 15-16 
yoshli o ‘quvchilar o‘z xohish-istaklariga ko‘ra ixtisoslashgan 
sinflarda o ‘qishni tanlash imkoniyatiga ega boiadilar.
V-IX sinflardagi ta ’lim jarayonida o‘quvchilarda bilimlarning 
izchil tizimi, ilmiy axborotlami taqdim etish orqali ularda ilmiy, 
falsafiy, huquqiy, siyosiy dunyoqarash, mustaqil hamda tanqidiy
44


fikrlash, tahliliy faoliyat tajribasi, kasbiy tafakkur, kasbiy tanlov 
ko‘nikmalari va eng zarur hayotiy kompetensiyalar hosil qilinadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin