‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Didaktikaning asosiy kategoriyalari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

2.Didaktikaning asosiy kategoriyalari
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushun-
chalar tizimi. 
Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda 
insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan 
bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga 
ajratiladi:
1.falsafiy tushunchalar;
2.xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan 
tushunchalar.
Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, 
“qarama-qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham 
muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy- 
ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” 
kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik 
tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
1) ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida 
ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ulaming 
bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga 
yo‘naltirilgan jarayon;
2) dars - bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar 
gurulii bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;
3) bilim olish - idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muay­
yan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, mala- 
kalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlaming takomillashib, 
boyib borish jarayoni;
4) ta’lim jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil 
etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan 
pedagogik jarayon.
* Michael 
Utjens. School Didactics and Learning: A School Didactic Mode! Framing an Analysis o f Pedagogical Implications of 
Learning 
Theory 
2008 у
75


5) о4quv fani - ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yoiga 
qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki 
mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
6) ta’lim mazmuni — davlat ta’lim standartlari asosida belgilab 
berilgan hamda ma’Ium sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha 
o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Didaktikada “idrok etish”, “o‘zlashtirish”, “mahorat”, “rivoj- 
lanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta 
aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo‘lgan tushunchalar 
ham qoilaniladi.
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam 
yangilanib va toidirilib borilmoqda.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin