‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

internatlarda
(// va 
aggella
) tayyorgarlik ko‘rishgan. 
Ushbu bosqichda tana mashqlari va jismoniy chiniqishga asosiy 
ehtibor qaratilgan. Mashg‘ulotlarda harbiy o‘yinlar amaliyoti, 
musiqa va ashula aytish, raqs tushish bilan ham shug‘ullanishgan. 
Shuningdek yozish, o‘qishga o‘rgatilgan hamda aniq, ravon va 
lo'nda nutq madaniyati (“lakonik” nutq - Lakoniya hududi
79


nomidan olingan) ko‘nikmalari ham shakllantirilgan. II va 
aggellalami boshqarish 
paydonomlar
(tarbiyachilar) tomonidan 
amalga oshirilgan.
Jismoniy tayyorgarlik 
gimnastika
va 
arxeistika
(harbiy raqs, 
marosimlami aks ettiruvchi raqs) mashg‘ ulotlaridan iborat bo‘Igan. 
Gimnastika mashg'ulotlari yugurish, sakrash, suzish, buyum 
uloqtirish, ovchilik, chavandozlik, yakkakurash va boshqa jismoniy 
mashg'ulotlardan tashkil topgan.
15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smir yoshlar maxsus 
fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishgan, yahni 
eyrenlarga
aylanish- 
gan va ulaming asosiy vazifasi kichik yoshdagi tarbiyala- 
nuvchilami o‘qitishda paydonomlarga yordam berishdan iborat 
boigan. Ushbu ta’lim bosqichida o‘smirlami estetik tarbiya 
asoslari bilan tanishtirish ishlari olib borilgan. Bunda musiqa va 
ashula aytishga o‘rgatilgan, alohida e’tibor esa ulaming ma’naviy 
va vatanparvarlik tarbiyasiga qaratilgan.
20 yoshdan 30 yoshgacha boigan eyrenlar davlatning 
toiaqonli fuqarolari sifatida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini 
davom ettirishgan.
Ta’lim va tarbiyaning barcha bosqichlarida yoshlar davlatda 
o‘matilgan qonun va qoidalami so‘zsiz bajarish hamda o‘zlaridan 
katta yoshdagilarga beqiyos hurmat va itoatkorlik ruhida tarbiya 
olishgan. Plutarx (46-127 yy.) asarlari hamda saqlanib qolingan 
boshqa manbalardan maiumki, Spartada yoshlami voyaga 
yetkazishda taiim berishdan ko‘ra tarbiya (jismoniy va ma’naviy) 
ko‘proq ustunlik qilgan. II va aggellalarda - o‘ziga xos “itoatkorlik 
maktablarida” - “bo‘ysundirish va bo‘ysunush san’ati” mashq 
qildirilgan, yozish, o ‘qish va boshqa turdagi an’anaviy ta’Hmga 
hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib ehtibor qaratilgan xolos. Shu 
sababli ta’lim dasturlari asosan jismoniy va harbiy mashqlar, 
siyosat va ma’naviyat mavzularidagi suhbatlardan iborat boigan.
Aggella va illardagi taiim shakli paydonomlar yoki ulaming 
yordamchilari, va шпишап kattalaming barcha topshiriqlarini 
guruh b o iib bajarishdan iborat edi. Tarbiyaning asosiy vositasi 
sifatida kattalarga taqlid qilish va ular bajargan barcha mashqlami 
ular ortidan aniq tarzda takrorlash boigan. Nutq san’ati
80


mashg‘ulotlarida esa buyuk sarkarda va jamoat arboblari hayotidan 
tuzilgan qisqa hikoyalarni yod olish hamda ulardagi turli 
mulohazalardan iqtiboslar keltirish o‘rgatilgan.
Spartancha tarbiya tizimi 
agonistika
(musobaqalashish) 
tamoyillari asosiga qurilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar o‘zlari 
egallagan bilim va ko‘nikmalarni namoyish qilishda tengqurlari 
bilan musobaqalashish va shu orqali har bir tarbiyalanuvchi 
boshqalardan ustunligini ko‘rsatishga harakat qilishgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Sparta ta’lim va tarbiya tizimi 
murabbiy, tarbiyachi, ustoz, kattalar, siyosiy va davlat arboblariga 
so‘zsiz bo‘ysunush hamda o‘quvchilaming shaxsiy dunyoqarashi 
shakllanmaslik ustunlariga qurilgan. Ta’lim va tarbiyaning bunday 
tamoyillarini qadimgi Sharq ta’lim madaniyatida kuzatish mumkin. 
Bunday ta’lim tizimlariga konservativlik, murabbiylarga qat’iy 
bo‘ysunush, ustozi tomonidan ko‘rsatilgan namuna asosidagina 
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘Iish, ulaming harakatlarini aniq 
tarzda takrorlash xosdir.
Sparta ta’lim va tarbiya tizimining o‘ziga xos shakl, usul va 
yondashuvlari jahon pedagogika faniga yosh avlodni harbiy 
tamoyillarga asosan tarbiyalash namunasini berdi. Ko‘pchilik 
mutaxassislar tomonidan Sparta ta’lim va tarbiya tizimiga nisbatan 
jiddiy tanqidiy mulohazalar bildirilishiga qaramasdan, ushbu tizim 
kelgusida didaktik tamoyillami ishlab chiqishda o‘ziga xos namuna 
sifatida xizmat qildi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin