‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Shaxsning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

3. Shaxsning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda
allomalarimizning fikrlari
Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga 
muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, 
uning turli yo‘na!ish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar 
jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab 
borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakl- 
lanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, 
ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta 
o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi.
Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, 
uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar hamda 
axloqiy tamoyillar mohiyati и ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini 
ifodalaydi. 0 ‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi 
shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini 
ta’minlaydi. 0 ‘z mazmunida ezgu g‘oya!ami ifoda etgan dunyo­
qarash shaxs qiyofasida namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlaming 
boyib borishiga yordam beradi. Shaxs dunyoqarashini shakllan­
tirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon 
sanaladi.
Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va 
mohiyati. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya 
muhim o‘rin tutadi.
Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi 
bilimlamii berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat bo‘lib, uni 
samarali yoiga qo‘yish asosida dunyoqarash shakllanadi.
Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy 
tarbiyani berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 1997 yilda
265


0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul 
qilingan O‘ztakiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida ham 
yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori 
maiakali 
kadrni 
tarbiyalash 
davlat 
siyosatining 
ustuvor 
yo'nalishlaridan biri ekanligiga urg‘u beriladi. Yuksak ma’naviy va 
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori maiakali kadr bo‘lib 
yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlami puxta 
egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo‘lish tabiiy 
hamda ijtimoiy jarayonlaming mohiyatini anglash, ulaming ijobiy 
va salbiy jihatlarini ko‘ra va baholay olishga imkon beradi.
Aqliy tarbiya o‘quvchilami ilm-fan, texnika, texnologiya 
hamda ishlab chiqarish sohalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar 
bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash 
ko‘nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.
Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
1. Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlami berish.
2. Ularda ilmiy bilimlami o£zlashtirishga nisbatan ongli 
munosabatni qaror toptirish.
3. Mavjud biiimlardan amaliyotda foydalanish ko‘nikma va 
malakalarini tarkib toptirish.
4. Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish 
tuyg‘usini shakllantirish.
5. Bilimlami o‘zlashtirishga yordam beradigan psixologik qo- 
biliyatlar (nutq, diqqat, hotira, tafakkur, ijodiy hayol) va xusu- 
siyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, 
mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur yuritish, osz fikrini asoslash, 
mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy 
xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.
Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijti­
moiy voqea-hodisalaming ongda to‘laqonli aks etishi, inson aqliy 
faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalaming ko‘rsati- 
shicha, aqliy tafakkuming mavjud darajasini belgilash bir qadar 
murakkab bo'lib, quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanishi mumkin:
1. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
2. Mavjud ilmiy bilimlami o‘zlashtirib olish jarayoni.
266


3. Fikrlash ko‘nikmasiga egalik.
4. Bilimlami egallashga bo'lgan qiziqish hamda ehtiyojning 
yuzaga kelganligi,
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida 
yuzaga keladi. Uning shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o'ziga 
hos o‘rin tutadi.
Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy 
tafakkuming yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ilmiy tafakkur - inson 
aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, 
jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.
E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, 
tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda 
ekologik bilimlaming takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga 
cheksiz ishonch bo‘lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda 
kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga 
ko‘ra o‘zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda 
ma’naviy-axloqiv qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. 
Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan 
chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil 
etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko‘rish taqozo etiladi. 
Uchinchi bosqichda e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor 
ma’naviy-axloqiy tamoyil bo‘lib qoladi. 0 ‘quvchi tomonidan 
o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar j arayonida keng 
qo‘llanilganda, ulaming asl mohiyati chuqur his qilingan va 
anglangandagina e’tiqodga aylanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
asarlarida yoshlaming bilimli, yuksak tafakkur egasi bolish 
borasidagi qarashlar muhim o‘rin egallagan boiib, ulaming 
intellektual salohiyatini jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omil 
ekanligiga alohida urg‘u beriiadi. Chunonchi, 
ilmu ma’rifat 
insonni yuksaklikka ko‘taradi. XXI asrda, men ishonaman, 
madaniyat uchun, ilmu ma’rifat uchun jonini beradigan va btrni 
hayotining asosiy maqsadi qilib qo‘yadigan yangi avlod paydo 
bo‘ladi. Biz ana shu avlod uchun yashayapmiz. Biz ana shu olijanob 
maqsadlarni odamlar ongiga singdirish uchun harakat qilayapmiz. 
Biz kutayotgan avlod mana shu boylikni dunyodagi eng katta
267


boylik deb bilsa, hayotini shunga bahshida etsa, bilingki, odamzod 
yorug1 kunlarga erishishi muqarrar”.
Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida bilish hamda inson aqliy 
tafakkuri masalalariga alohida o‘rin bergan. Xususan, Abu Nasr 
Forobiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini 
anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. 
Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u 
tug‘ilganda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, 
ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf- 
odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, odamlar 
bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.
Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy 
jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlami o‘zlashtirar 
ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha boigan 
ma’lumotlarni o‘zlashtira oladi, ulami yaratadi, ilmiy jihatdan 
asoslaydi.
Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu 
Rayhon Beruniy quyidagilami ilgari suradi: “Inson narsa va 
hodisalaming faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim 
olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalami taqqoslaydi, 
bir-biri bilan solishtirib ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini 
aniqlaydi”. Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlami 
o‘zlashtirilib borishi yangi bilimlaming yaratilishiga olib kelishini 
aytadi: “Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va 
xotiralar ularga qo‘shilib borsa, ko‘payadi. Odamlaming ilmlarga 
rag‘bat qilishi, ilmlami va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha iqbolning 
belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilaming ilm ahlini hurmat qilishi 
turli ilmlaming ko‘payishiga sabab boiadi.
Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida bilim tushunchasiga sharh 
berish bilan birga bilimning chuqur o‘zlashtirilishi donishmandlik 
ekaniigini alohida qayd etadi: “Ilm narsalaming inson aqli yordami 
bilan o‘rganilishidir. Bilim deb esa. narsalami idrok qilishga 
aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan 
turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar 
ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘Isa, u holda bunga 
hikmat - donishmanlik deyildi”.
268


Yusuf Hos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga boshlovchi 
bilim”) asari ta’bir joiz bo‘Isa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy ha- 
yotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuv- 
iiklami bartaraf etuvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi qomus sanaladi. 
Allomaning fikricha, bilimli boiish ezgu ishlar tantmasini ta’min- 
lovchi garov bo‘lib, uning yordamida hatto osmon sari y o i ochiladi: 
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi.
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alioma naqadar haq edi. Zero, 
oradan to‘qqiz-o‘n asr vaqt o‘tgach, inson nafaqat osmonga ucha 
oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo‘Idi.
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quwatini 
ezgulikka, ilm-ma’rifatni rivojlantirishga yo‘naltirish yetakchi 
o‘rin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat zulm va bid’atdan forig‘ 
bo‘lish yoiidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan “Hiivat dar 
anjuman”, “Safar dar vatan” g‘oyalari mavjud bilimlami suhbat 
hamda amaliyot yordamida o'zlashtirish maqsadga muvofiqligiga 
ishoradir. Zero, bahs-munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil 
bo‘lgan ilm puxta va mustahkam bo‘ladi.
Alisher Navoiy bilimlami izchil, uzluksiz o‘zlashtirish zarur- 
ligini uqtiradi. Shuningdek, ilm o‘rganish mashaqqatli yumush 
bo£lib, uni o‘rganishda ayrim qiyinchiliklami yengib o‘tishga to‘g‘- 
ri kelishi, bu yo‘lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo‘lish orqaligina 
mukammal bilimga ega bo‘lish mumkinligini ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to‘xtalar 
ekan, quyidagilami bayon etadi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning 
sharofatidir. Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdur, 
zeroki, ilm bizga o‘z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi 
ko‘rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz 
odam mevasiz daraxt kabidur”. Alloma bilim insonni jaholatdan 
qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg‘u beradi: 
“Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat 
dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, 
yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, 
saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, 
dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur”.
269


0 ‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul 
shakl, metod va vositalari bo‘lib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, 
ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzu- 
larda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar, ma’ruzalar, 
muammoli vaziyatlami yaratish asosida o‘quvchilami fikrlashga 
undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, 
ishchanlik o‘yinlari yanada samarali sanaladi.
Mustaqil ishlami tashkil etish, xususan, muayyan mavzu 
asosida o‘quvchilami kichik ilmiy izlanishlami olib borishga 
yo‘Ilash ulaming dimyoqarashlarini yanada boyib borishida 
poydevor b o iib xizmat qiladi. 0 ‘smir hamda o‘spirinlami ma’lum 
nazariya yoki ta’limotlaming g‘oyalariga nisbatan tanqidiy 
munosabat bildirish, metodologik mohiyatini ochib berish, shaxsiy 
fikrlarini bayon etishda asosli dalillarga tayangan holda ish 
ko‘rishga undash ham o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Ta ’ lim-tarbiy a j aray oninin g izchil, uzluksiz, tizimli hamda aniq 
ijtimoiy maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda tanlararo 
aloqadorlik, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda samarali 
sanaluvchi barcha mavjud omillaming birligiga tayangan holda ish 
ko'rish ko'ziangan maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur 
holat ma’lum ijtimoiy voqea-hodisalar mohiyatini turli nuqtayi 
nazardan baholash, ulaming rivojini ko‘ra bilish, bir holatdan 
ikkinchi holatga o‘tishini kuzatish, ulaming o‘zaro bogiiqligi va 
aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish imkonini 
beradi.
Та’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, 
ijtimoiy va tabiiy omillaming o‘zaro muvofiq kelishiga erishish 
omillari, atrof-muliit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs 
kamolotini ta’minlashga erishish imkomyatlaridan unumli foyda- 
lanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida 
o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asosiarining 
o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng dunyo­
qarashni shakllantirishga yordam beradi. 0 4qituvchilar o‘quvchi- 
larda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g‘amxo‘rlik qila 
borib, doimiy ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy 
bilimlami amaliyotda qo‘ llay olinishiga e’tibor berishlari zarur. Fan
270


o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ulaming mohiyati bilan 
o‘quvchilami tanishtirib borar ekanlar, o‘quvchilarga turli hayotiy 
vaziyatlarda ulardan foydalanisb yoki ularga tayanib ish ko‘rish 
lozimligini tushuntirib borishlari kerak.
Dunyoqarashning shakllanishida jamiyatda ustuvor o‘rin 
tutgan rnafkuraviy g‘oyalar va ulaming mohiyatidan to'laqonli 
xabardor bo'lish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Shu bois ta’lim 
muassasalarida yoiga qo‘yilayotgan ta’lim-tarbiya, xususan, 
ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan 
o‘quvchilami tanishtirish jarayonida 0 ‘zbekiston Respublika- 
sining ijtimoiy hayotida bosh mezon sifatida e’tirof etilgan milliy 
istiqlol g‘oyasi va mafkura mazmunida ilgari surilgan qarashlar 
xususida batafsil ma’Jumotlar berib borish, ularga nisbatan 
o‘quvchilarda muayyan munosabatni shakllantirish pedagogik 
jihatdan samarali yo‘l hisoblanadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin