‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Elementar matematik bilim va ko‘nikmalar bosqichida



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Elementar matematik bilim va ko‘nikmalar bosqichida
bola:
~
son-sanoq va hisoblashga oid bilimlarini namoyon qilishi;
- predmeti am i toifalash, guruhlash va tartib bo‘yicha 
joylashtirish qobiliyatini namoyon qilishi lozim.
Atrof-muhit to ‘g ‘risidagi bilimlar bosqichida bola:
- jonli va jonsiz tabiatni kuzatishi va ta’riflay olishi;
- inson tana a’zolarini bilishi lozim.
Ijod bosqichida bola:
- turli tovush va ovozlami farqlay olishi;
- tovushlami balandligi va tembriga ko‘ra farqlay olishi;
- jamoa b o iib musiqiy faoliyatlarda ishtirok etishga qiziqish 
bildirishi;
- cholg‘ularda chalish malakalarini namoyon etishi;
- amaliy faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirishi lozim.
V. 
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarning 
psixologik
xususiyatlari
2 yoshgacha boigan bolalarning psixologik xususiyatlari:
- fikrlash - ко‘ rgazmali-harakatli tafakkur;
- nutq - nutqni tushunish va uzuq-yuluq ovozlar;
- ixtiyoriy bilish jarayoni - ixtiyorsiz diqqat va xotira;
- fiziologik sezgirlik - katta yoshdagilaming ta’siriga 
nisbatan yuqori sezgirlik;
36


- bilish obyektlari - atrofidagi predmetlar va o‘zidan katta 
yoshdagilar;
- bilish usullari - sezish (ko‘rish, eshitish, ta’m bilish);
- muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - bolaga nisbatan 
mehribon bo‘lish va muloqot qilish;
- muloqot yuritish shakli - bevosita hissiy muloqot;
- tengdoshlari bilan munosabatlar - qiziqish mavjud emas;
- katta yoshdagilar bilan munosabatlar - fiziologik va 
himoyalanish ehtiyojlarini qondirish manbai;
- nizolar mavjudligi - tengdoshlari bilan;
- his-hayajonlar - ekspressiv imo-ishoralar orqali;
- o‘yin faoliyati - turli predmetlami o‘ynaydi.
2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik 
xususiyatlari:
- fikrlash - ko‘rgazmali-harakatli tafakkur;
- nutq - so‘z birikmalari va fe’llami tushunadi;
- ixtiyoriy bilish jarayoni - ixtiyorsiz diqqat va xotira;
- fiziologik sezgirlik - noqulaylikka nisbatan yuqori sezgirlik;
- bilish obyektlari - turli predmetlar va ulaming ichki tuzilishi;
- bilish usullari - predmetlardan turli maqsadlarda foyda­
lanish, ulami qismlarga ajratish va yig‘ish;
- muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - rivojlantiruvchi 
muhitning turli-tumanligi bolaga nisbatan mehribon bo‘lish va 
muloqot qilish;
- muloqot yuritish shakli - vaziyatli shaxsiy muloqot;
- tengdoshlari bilan munosabatlar - qiziqish kam;
- katta yoshdagilar bilan munosabatlar - himoyalanish, 
erkalanish va yordam berish manbai;
- nizolar mavjudligi - katta yoshdagilar bilan ("men - o‘zim" 
tamoyili);
- his-hayajonlar - kuchli his-tuyg‘uli, keskin o ‘zgarishlar;
- o‘yin faoliyati - turli predmetlarni o‘ynaydi, shuningdek 
tengdoshlari bilan o‘ynaydi.
3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘Igan bolalarning psixologik 
xususiyatlari:
37


- fikrlash - ko‘rgazmali-obrazli tafakkur;
~ nutq - ravon nutq shakllanadi va sifatlami tushuna boshlaydi;
- ixtiyoriy bilish jarayoni - ixtiyorsiz diqqat va xotira;
- fiziologik sezgirlik - noqulaylikka nisbatan yuqori sezgirlik;
- bilish obyektlari - predmetlar, ularning xususiyatlari va 
vazifaiari;
- bilish usullari - tajriba qilish va konstruksiya yaratish;
- muvaffaqiyatli o ‘zlashtirish shartlari - rivojlantiruvchi 
muhit va katta yoshdagilar bilan hamkorlik munosabatlari;
- muloqot yuritish shakli - vaziyatli amaliy;
- tengdoshlari bilan munosabatlar - qiziqish kam;
- katta yoshdagilar bilan munosabatlar - faoliyat usullarini 
tanlashga yordam berish manbai hamda o‘yin va ijod bo‘yicha 
sherik;
- nizolar mavjudligi - katta yoshdagilar bilan ("men - o‘zim" 
tamoyili);
- his-hayajonlar - kuchli his-tuyg‘uli, keskin o‘zgarishlar;
- o‘yin faoliyati - katta yoshdagilar bilan sherik b o iib , 
o‘yinchoqlarni esa, mustaqil o ‘ynaydi.

yoshdan 5 yoshgacha bo ig an bolalarning psixologik 
xususiyatlari:
- fikrlash - ko‘rgazmali-obrazli tafakkur;
- nutq - faol nutq shakllanishi yakunlanadi, fikrlami bayon 
etish;
- ixtiyoriy bilish jarayoni - ixtiyorsiz diqqat va xotira, shu- 
ningdek o‘yin vaqtida ixtiyoriy ravishda eslab qolish rivojlanadi;
- fiziologik sezgirlik - noqulaylikka nisbatan sezgirlik 
kamayadi;
- bilish obyektlari - bevosita idrok etilmaydigan predmetlar 
va hodisalar;
- bilish usullari - katta yoshdagilaming hikoyalari va tajriba 
qilish;
- muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - shaxsiy dunyoqarash;
- muloqot yuritish shakli - vaziyatdan tashqari muloqot;
38


- tengdoshlari bilan munosabatlar - voqeaga boy bo‘Igan 
o‘yinlarda sherik sifatida qiziqarli kechadi;
- katta yoshdagilar bilan munosabatlar - axborot olish 
manbai;
- nizolar mavjudligi - mavjud emas;
- his-hayajonlar - yanada ravon va o‘zini nazorat qilishga 
urinadi;
- o‘yin faoliyati - tengdoshlari bilan jamoaviy va rolga 
kirishgan holda o ‘ynaydi, o‘yinIi vaziyatlami ijro qiladi.

yoshdan 6 yoshgacha bo‘Igan bolalarning psixologik 
xususiyatlari:
- fikrlash - ko‘rgazmali-obrazli tafakkur, tasvirli-sxemali 
jarayon shakllana boshlaydi;
- nutq - nutqni rejalashtirish malakasi shakllanadi;
- ixtiyoriy bilish jarayoni - maqsadga yo‘naitirilgan eslab 
qolish qobiliyati rivojlanadi;
- fiziologik sezgirlik - noqulaylikka nisbatan sezgirlik 
kamayadi;
- bilish obyektlari - bevosita idrok etilmaydigan predmetlar 
va hodisalar, axloqiy normalar;
- bilish usullari - katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan 
muloqot qilish, mustaqil faoliyat, tajriba qilish;
- muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - shaxsiy dunyo- 
qarash;
- muloqot yuritish shakli - vaziyatdan tashqari muloqot va 
uddaburonlik;
- tengdoshlari bilan munosabatlar - o ‘yinlarda sherik sifatida 
unga qiziqish chuqurlashadi hamda muloqot yuritishda moyillik 
sezadi;
- katta yoshdagilar bilan munosabatlar - axborot olish 
manbai va suhbatdosh;
- nizolar mavjudligi - mavjud emas;
- his-hayajonlar - mo‘tadil darajadagi his-tuyg‘u, yuqori 
kayfiyat ustun turishi;
39


- o‘yin faoliyati - o‘yin haqida fikrlari shakllanadi, 
shuningdek davomli o‘yinlar, birlashmalar shakllanadi.

yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik 
xususiyatlari:
- fikrlash - mantiqiy tafakkur ко‘rgazmali-obrazli jarayon 
asosida rivojlanadi;
- nutq - ichki nutqning rivojlanishi;
- ixtiyoriy bilish jarayoni - o‘zlashtirish jarayonida ixtiyoriy 
ravishda o‘z fikrini jamlashga kirishadi;
- fiziologik sezgirlik - individual ravishda, aksariyat hollarda 
past darajada;
- bilish obyektlari - predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi 
sabab-oqibatli bog‘liqlik;
- bilish usullari - mustaqil faoliyat, bilish uchun katta 
yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqot qilish;
- muvaffaqiyatli o ‘zlashtirish shartlari - shaxsiy dunyo- 
qarash, har bir ishda o ‘z fikrini bildirish;
- muloqot yuritish shakli - vaziyatdan tashqari shaxsiy 
muloqot;
- tengdoshlari bilan munosabatlar - suhbatdosh va faoliyat 
bo‘yicha sherik;
- katta yoshdagilar bilan munosabatlar - hissiy ko‘mak 
manbai;
- nizolar mavjudligi - 7 yoshga kelib tanazzulga uchrash, 
ijtimoiy raining o‘zgarishi;
- his-hayajonlar - yuqori darajadagi his-tuyg‘ ularga ega 
bo‘lish;
- o‘yin faoliyati - zimmasiga olgan rolga muvofiq o‘zini 
tutish shakllanadi, shuningdek birgalashib o'ynaydi. Davlat 
talablari asosida namunaviy mashg‘ulot rejalari tasdiqlanadi. 
Dastur maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari, ota-onalar, 
bolalar tarbiyasi bilan qiziquvchi barcha mutaxassis va 
metodistlarga mo‘ljallangan.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin