‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


3. Umumiy o‘rta ta’lim



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

40


3. Umumiy o‘rta ta’lim
0 ‘rta ta’limning muddati 11 yil bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respub- 
likasida ta’limning majburiy turi hisoblanadi. 11 yillik majburiy 
o‘rta ta iim “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Bola 
huquqlari Konvensiyasi”, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitut- 
siyasi, “T aiim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliv 
dasturi”. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 
fevraldagi “0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yi- 
cha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, “Yoshlarga oid 
davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, va YUNESKOning uzluksiz 
taiim ga doir tavsiyalariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi,
11 yillik majburiy o‘rta ta iim tizimi oldiga qo‘yiladigan ijti­
moiy buyurtma va talablardan kelib chiqqan holda, 11 yillik maj­
buriy o‘rta ta iim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi 
meyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi va muntazam takomil- 
lashtiriladi.
11 yillik majburiy o‘rta ta’limning asosiy maqsadi - shaxsning 
har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, muntazam rivojlanuvchi 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda o‘zining ijodiy quvvatlarini namo­
yon qila oladigan yoshlami shakllantirish, o‘zining shaxsiy hayotiy 
manfaatlari kabi jamiyat manfaatlari yoiida ham xizmat qila 
oladigan, chunonchi, o‘zbek xalqining an’analarini davom ettiradi- 
gan, fan, madaniyat, texnika hamda texnologiyalami rivojlantira 
oladigan, avlodlaming tarixiy uzviyligini mustahkamlaydigan 
yoshlami tarbiyalab yetishtirishdan iborat.
11 yillik majburiy o ‘rta ta iim maktablarining mavjud ijtimoiy 
sharoitdagi vazifaiari:
a) o‘quvchilaming jismoniy salomatligini muhofaza qiladigan, 
ma’naviy jihatdan boy, yuksak axloqiy, bilimli, o‘zi va boshqa 
xalqlaming an’analari va madaniyatini hurmat qiladigan shaxslami 
tarbiyalaydigan maktab hayotining yangi sohasini shakllantirish;
b) o‘quvchilarda fuqarolik, fidoyilik, inson erki va huquqlarini 
hurmat qilish, o‘zi va jamiyat oldida mas’uliyatni his qilish ko‘nik- 
malarini tarbiyalash;
41


d) o'quvchilarda yaxlit tarzdagi ilmiy dunyoqarash, ekologik 
madaniyatni shakllantirish;
e) о ‘quvchilar va o ‘qituvchilaming ochiq axborot maydon- 
lariga chiqishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish;
f) o ‘quvchilarning bilish qiziqishlari, ijodiy layoqatlari, umum- 
o ‘quv ko‘nikmalari, mustaqil bilim olish malakalari, o‘zlarini 
namoyon qilish imkonini beradigan faoliyat tajribalarini har 
tomonlama rivojlantirishdan iborat.
Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish uchun:
a) o‘quvchilaming to‘laqonli rivojlanishlari uchun qulay 
pedagogik, psixologik shart-sharoitlami yaratish;
b) fan, madaniyat, iqtisodiyot, texnika, texnologiyalaming 
taraqqiyoti bilan bog‘liq holda 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim maz- 
munini muntazam yangilash;
d) ta’limning madaniyat bilan yo‘g‘rilganligiga muntazam tarz- 
da e ’tibor qaratish asosida uning shaxs m a’naviy olamining shakl- 
lanishini ta’minlash;
e) o‘quvchilaming ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashishlariga 
erishish, natijada o‘quvchilarda barqaror mayllar shakllanib, shaxs­
ning shaxsiy muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda ijtimoiy taraqqi- 
yotni ham ta’minlanadi;
f) o‘quvchilarda ilmiy bilimlar tizimini shakllantirish, ulami 
amaliy faoliyatning turli ko‘rinishlarida qo‘llay olish ko‘nikmalari- 
ni hosil qilish;
g) 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimining uzviyligini rivoj­
lantirish, uning darajalari va bosqichlari orasidagi uzviylikni 
ta ’minlash;
h) o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
i) o‘quv dasturlarining ko‘p variantliligiga erishish orqali 
ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish;
j) o‘quvchilarning salomatligi va hayotini muhofaza qilish;
к) о‘quv jarayonini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish, ax­
borot va telekommunikatsiyalaming yangi vositalarini o‘zlashtirish;
e) masofadan turib o‘qitish tizimini rivojlantirish;
m) iqtidorli o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash tizimini takomil- 
lashtirish;
42


n) imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash tarmoqlari 
va ta iim muassasalari faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, 
pedagogik-psixologik korreksiyalash bilan b ogiiq chora-tadbir- 
lami amalga oshirish talab qilinadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin